Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Zahmda og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatidagi o’zgarishlar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   261
Zahmda og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatidagi o’zgarishlar. Zahm 
q’o’zg’atuvchisi – oq’ish treponemani (spiroxetalar) tushishiga nisbatan 
organizm reaksiyasi murakkab va xilma-xildir (23-rasm).
a)
b)
23 - rasm. Q’attiq’ shankrdan tayyorlangan surtmadagi T. pallidum (a), 
q’orong’i maydonda (b) 
 


234 
Sifilitik infeksiya kechishida, yashirin (3-4 hafta), birlamchi (6-8 
hafta), ikkilamchi (o’rtacha 2-3 yil) va uchlamchi kabi, ketma-ket bir-
biri bilan almashinuvchi davrlar farq’lanadi. 
Ayrim hollardagina, zahm davrlarsiz, ya’ni muayyan q’onunga 
muvofiq’ bo’lmagan holda kechishi mumkin. Ko’p odamlarda infeksiya 
tushgandan so’ng kasallik uzoq’ vaq’t simptomlarsiz kechadi. Shu 
sababli, kasallik ancha kech serologik reaksiyalar musbat natija 
bergandagina (yashirin seromusbat zahm bosq’ichi) yoki asab tizimi 
yoki ichki a’zolar zahmi bosq’ichida aniq’lanadi. Og’iz shilliq’ 
q’avatining zararlanishi kasallikning birlamchi davrida ko’p uchraydi 
(1,5-10%). Q’attiq’ shankr lablar q’izil hoshiyasi yoki og’iz shilliq’ 
q’avatining har q’anday q’ismida hosil bo’lishi mumkin, lekin, 
ko’pincha lablar, til, bodomcha bezlarida joylashgan bo’ladi.
Yuq’ori va ko’proq’ pastki lablar shankri yara yoki eroziyalar 
ko’rinishida bo’lib, tagi ko’pincha bo’rtgan va q’oramtir holatda bo’ladi. 
Shankr og’iz chetlarida, asosan terining mayda burmalarida joylashishi 
mumkin, u shakli bo’yicha yoriq’ni eslatadi, biroq’ q’attiq’ shankr bor 
burma cho’zib ko’rilganida uning ovalsimon shaklda ekanligi 
aniq’lanadi. 
Q’attiq’ 
shankr 
og’iz 
chetlarida 
joylashganida 
masterastiyani eslatadi, asosida zichlashish yo’q’ligi bilan farq’lanadi. 
Lablardagi shankr, ko’pincha impetiginozli, travmatik, gerpetik 
eroziyani, yaq’q’ol infiltratda esa – epiteliomani eslatadi. Kam hollarda 
lablar q’izil hoshiyasida gipertrofik q’attiq’ shankr uchraydi. U yarim 
sharsimon, zich elastik, ayrim hollarda, q’o’ziq’orin shaklida teri 
sathidan ko’tarilib turuvchi, diametri 2-3 sm tuzilma ko’rinishiga ega 
bo’ladi. Gipertrofik shankr yuzasi odatda yaltiroq’, silliq’, kam ajralmali 
bo’lib, sub’ektiv tuyg’ular kam namoyon bo’ladi.
Til shankri yaltiroq’ yoriq’simon eroziya yoki og’riq’li yaralar 
ko’rinishida bo’ladi.
Milk shankri yarim oy ko’rinishida bitta yoki bir necha (ko’pincha 
ikki) tishlar bo’ynida joylashgan bo’lib, tashhisi katta q’iyinchiliklar 
tug’diradi. Milk q’attiq’ shankrining yara shakli oddiy yarachalarga juda 
o’xshash bo’lib, birlamchi sifilomaga xos belgilarga ega bo’lmaydi.


235 
Bodomcha bezlari shankri tashhisi juda q’iyin hisoblanadi, u uch 
shakldan biriga ega bo’lishi mumkin: eroziv, yarali va anginasimon 
(amigdalit-shankr). Bodomcha bezlari eroziv shankri q’izil yoki oq’-
sarg’ish rangdagi, 2-10 mm o’lchamdagi eroziya bo’lib, yumaloq’ 
shaklda, asosi zichlashgan, tagi silliq’ va ajralmasining kamligi bilan 
ta’riflanadi (24-rasm). Eroziya atrofidagi bodomcha bezlari odatiy 
rangda, lekin q’attiq’lashgan bo’ladi. Shankrga jag’ osti va bo’yin limfa 
tugunlarining bir tomonlama zararlanishi va maxsus skleradenit xos. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling