Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261
a)
b)
 
10-rasm. Gonokokklarning sof kulturasi (Gram bo’yicha bo’yalgan)
 
(a),
 
yiringdan olingan surtmadagi gonokokklar (metilen ko’ki bilan bo’yalgan) 
(b). 
 
11 - rasm. Gonokokkli stomatit. 
11 - rasm. Gonokokkli stomatit. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-rasm. Q’on surtmasidagi streptokokklar (Gram usulida bo’yalgan). 


218 
Infeksiya manbai - ko’pincha skarlatina bilan, kam hollarda esa 
angina
bilan og’rigan bemorlar va streptokokklar toksigen shtammlarini 
tashuvchilardir (sog’lom yoki streptokokkli kasalliklardan keyingi 
rekonvalessentlar). Streptokokklarning asosiy yuq’ish yo’li havo-tomchi 
yo’li hisoblanadi. Maishiy aloq’a yo’li (bog’lov ashyolari, kasalning 
buyumlari va maishiy buyumlar) va oziq’-ovq’at mahsulotlari orq’ali 
kasallanish ikkilamchi ahamiyatga ega. Kirish darvozalari bo’lib, og’iz-
halq’um shilliq’ q’avati yoki jarohat (kuygan joy) yuzasi, ayrim hollarda 
o’pkalar xizmat q’iladi. V.D.Sizerling (1978) ma’lumotlari bo’yicha, 
streptokokkli infeksiyaning birinchi o’chog’i 97% hollarda og’iz-
halq’umda, 2% hollarda terida va 1% holatda o’pkada bo’ladi. 
Patogenezi. Dikning eritrogen toksiniga q’arshi immuniteti 
bo’lmagan odamlarning A guruh streptokokklari toksigen shtammlari 
bilan kasallanishi natijasida streptokokkozlarga xos mahalliy va umumiy 
belgilar rivojlanadi. Bu belgilar makroorganizmning q’o’zg’atuvchi 
antigenlari va hayot faoliyati mahsulotlari bilan ta’sirlashishi hisobiga 
yuzaga keladi. Streptokokklarning q’obig’ida joylashgan lipoteyxoeva 
kislotasi ularni limfoid hujayralarga birikishini ta’minlaydi, M-oq’sili 
fagositlar faoliyatni susaytiradi. Mikrob hujayrasining kapsulasi esa 
makroorganizm biologik suyuq’liklaridagi proteolitik fermentlarga 
q’arshi chidamliligini ta’minlaydi. Mahalliy ta’siri, kirish darvozalari 
hisoblanadigan to’q’imalarda yallig’lanish reaksiyasi bilan tavsiflansa
umumiysi esa makroorganizm markaziy nerv, yurak-tomir va boshq’a 
tizimlarning toksik shikastlanishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. 
Skarlatinali toshma, streptotoksikozning klinik belgisi hisoblanadi. U 
morfologik, teri usti q’avatlarining yallig’lanishi, mayda q’on 
tomirlarning keskin kengayishi va keyinchalik epiteliyning nekrozi bilan 
xarakterlanadi. 
Skarlatinada yashirin davr 1 kundan 12 kungacha (ko’pincha 1-3 
kun) davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorda
q’altirash, 
umumiy holsizlik, bosh og’rig’i, yutishda og’riq’ paydo bo’ladi, ishtaha 
buziladi va bir necha soat ichida tana harorati ko’tariladi (38-39
0
S). 
Keyinchalik intoksikasiya belgilari (umumiy holsizlik, bosh og’rig’i 
kuchayadi, ishtaha yo’q’oladi, bolalarda ko’ngil aynish va q’ayt q’ilish 


219 
q’o’shiladi) va o’tkir tonzillit simptomlari (yutishda tomoq’dagi og’riq’, 
og’iz-halq’um shilliq’ q’avati giperemiyasi, jag’ osti limfa tugunlarining 
kattalashishi va og’riq’liligi) kuchayib boradi. Shu bilan bir vaq’tda, 
yumshoq’ tanglay limfoid hujayralari shishadi (13-rasm). Ular 1-1,5 mm 
diametrdagi och-q’izil rangdagi bo’rtmachalar ko’rinishini oladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling