Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


III. Yuq’umli kasalliklar va ularni og’iz bo’shlig’ida namoyon bo’lishi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   261
 
III. Yuq’umli kasalliklar va ularni og’iz bo’shlig’ida namoyon bo’lishi 
Chaq’aloq’larda gonokokkli stomatit kam uchraydi: asosan bu 
zararlangan tug’ruq’ yo’llaridan bola tug’ilayotganda uning og’iz 
bo’shlig’iga gonokokklarning tushishidan kelib chiq’adi. K.A.Karishev 
(2009) ma’lumotlariga ko’ra, bu kasallik kattalarga nisbatan bolalarda 
ko’p uchraydi, lekin jarayon diagnostikadagi kamchiliklar tufayli 
aniq’lanmay q’oladi. Shu bilan birgalikda kasallikning sub’ektiv 
belgilarsiz kechishi, bemorlarni o’zini o’zi davolashi kabi holatlar 
tufayli bemorlar shifokorlar nazoratidan chetda q’olmoq’da. 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining zararlanishi gomoseksualist 
erkaklarda va orogenital jinsiy aloq’ada bo’lganlarda q’ayd etiladi. 
B.M.Pashkov (1963) fikricha 2 ta yuq’ish yo’li mavjud. Bevosita va tez-tez 
uchraydigan yuq’ish yo’li – bu gonokokklarning og’iz bo’shlig’iga ekzogen 
yuq’ishi hisoblanadi (autoinokulyastiya). 2-yo’l limfo- va gematogen yo’ldir. 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati so’zagi simptomsiz kechadi. Kam hollarda 
tomoq’da og’riq’ kuzatilib, tana harorati oshadi. Gonokokkli stomatitning 


216 
birinchi belgilari: og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati giperemiyasi, shish, 
eroziyalar va shilliq’-yiringli ajralmalardir. Davolanilmasa lunj, til, va 
milklarda eroziyalar va yaralar soni oshadi. Yaralar odatda kichik o’lchamda, 
yuzaki, chetlari notekis, kam og’riq’li, sariq’-kulrang ajralmali bo’lib, bu 
ajralmadan gonokokklarni topish mumkin.
Gonokokkli stomatit tilda yara hosil bo’lishi bilan ham boshlanadi
(Lachner I. va hammual., 1987).
Kasallikning tarq’algan bosq’ichining xarakterli belgisi – tilning 
markaziy papillyar atrofiyasi hisoblanadi (Escobar V. va hammual., 1984).
Undan q’irma olib tekshirilganda ko’p miq’dorda Neisseria 
gonorrhoeae topiladi (10-rasm). Shuni yoddan chiq’armaslik kerakki, 
bunday klinik belgilar leykoplakiyada hamda kandidozda ham uchraydi 
(biroq’ so’zakda atrofiya o’chog’i yuzasi silliq’ va bir xil bo’lib, oq’ish 
parda bilan q’oplanmagan bo’ladi) (11-rasm).
Tilning zararlanishi doimo membranozli-yara xarakteriga ega 
bo’ladi. Umuman, boshida tilning ventral ustki q’ismi, keyinchalik esa 
hamma tomoni shikastlanishi mumkin. Shilliq’ q’avat och q’izil va 
shishgan ko’rinishda bo’lib, ekssudatli papula paydo bo’ladi, kasallik 
zo’rayganida shikastlangan joylardan sariq’-yiringli ajralmalar ajraladi 
va bu ajralmalarda gonokokklar aniq’lanadi. Har q’anday tashq’i 
ta’sirlar (masterastiya, mayda jarohatlar) eroziya va yoriq’larni yuzaga 
keltiradi, ular esa tezda yaraga aylanib, q’onaydi va sariq’-kulrang 
karash bilan q’oplanadi. Tilning orq’a ustki q’ismidagi ko’p sonli 
eroziyalar va yaralar o’tkir allergik glossitni eslatadi. 
Escobar V. hammualliflari bilan (1984), gonokokk bilan 
shikastlangan o’choq’lar, ko’pincha ikkilamchi infeksiya hisobiga 
og’irlashishini va maxsus davolash usullari q’o’llanilmasa, uzoq’ 
vaq’tgacha saq’lanib q’olishini ko’rsatib berdi. Q’o’llaniladigan 
mahalliy antiseptiklar ikkilamchi infeksiya bilan kurashishga yordam 
beradi, ammo yaralarning epitelizasiyasiga deyarli yordam bermaydi. 
Skarlatinaisitmalash, intoksikastiya, o’tkir tonzillit va ko’p 
mayda toshmalar bilan ta’riflanadigan o’tkir yuq’umli kasallik. 
Skarlatina q’o’zg’atuvchilari - toksigen streptokokklarning A guruhiga 
mansub, ya’ni ekzotoksin (sin. – Dik toksini, skarlatinali toksin) ishlab 
chiq’aruvchi mikroorganizmlardir (12-rasm). 


217 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling