Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   261
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-rasm. Gingivit 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Parodontit 


202 
Bundan tashq’ari, maxsus LPS saq’lashi hisobiga, mikroblar suyak 
to’q’imasini 
destrukstiyasiga 
olib 
keluvchi, 
immunpatologik 
mexanizmlarning sababchisi bo’lishi mumkin. Parodontitda ajratib 
olingan yashil streptokokklar o’rganilganda, ularning 47% ida 
gialouronidaza va 23% ida — beta-glyukoronidaza topilgan. Lekin 
milkdan ajratib olingan shtammlarda me’yorda bu fermentlar 
aniq’lanmagan. 
Parodont mikroflorasining miq’doriy va sifatiy tarkibi mikroskopik 
va bakteriologik usullar yordamida o’rganiladi.
Sog’lom parodont to’q’imasi, milk ostidagi tish yuzasida 
joylashgan, kam miq’dordagi flora bilan bog’langan. Parodont 
mikroblari 1 dan 20 tagacha hujayra bo’lgan q’alinlikdagi q’atlamni 
tashkil q’iladi. Elektron mikroskop bilan tekshirilganda milk sohasida 
asosan grammusbat kokklardan tashkil topgan juda yupq’a q’atlam (60 
mm atrofida) aniq’langan. Q’orong’ilatilgan maydonda tekshirishlar 
shuni ko’rsatdiki, ushbu bakterial populyasiyaning 3/4 q’ismi 
kokklardan iborat, tayoq’chasimonlar bilan birgalikda esa – 90% ni 
tashkil q’iladi. Spiroxetalar kam 1,8 % holatda uchraydi. Sog’lom 
to’q’imalarda harakatchan shakllarning harakatsiz shakllarga nisbati 
1:49 ni tashkil q’iladi.
Mikrob turini identifikasiya q’ilish imkoniyatining yo’q’ligi 
mikroskopik 
usulning 
kamchiligi 
hisoblanadi. 
Bakteriologik 
tekshirishlar esa, milkda bioplenka asosan grammusbat fakultativ 
anaerob kokklardan va tayoq’chasimonlardan iboratligini aniq’lashga 
imkon beradi (barcha izolyatlarning deyarli 1/4 Str. sanguis, 1/8 esa Str. 
mitis tashkil etadi). Kam miq’dorda mikrokokklar,
St. epidermidis, 
peptostreptokokklar 
bo’ladi.
Grammusbat 
fakultativ 
anaerob 
tayoq’chasimonlardan 35% ini q’uyidagi aktinomisetlar tashkil etadi: A. 
israeli, A. naeslundi, A. viscosus, A. odontoliticus, Rothia dentocariosa, 
Arachnia propionica (Propionibacterium). 
Gingivitda mikroblarning umumiy soni sog’lom parodontga 
nisbatan 10-20 marotaba ko’p bo’ladi. Klinik belgilar yuzaga 
chiq’masdan oldin mikroskopiya orq’ali mikroflora tarkibining 
o’zgarishini aniq’lash mumkin: bunda kokklar o’rnini tayoq’chasimonlar 


203 
egallaydi va grammanfiy floraning ko’payishi kuzatiladi. Milk chetlarida 
joylashgan 
tish 
karashi 
bakteriologik 
tekshirilganda 
gingivit 
rivojlanmasdan oldingi davrda turli xildagi aktinomisetlarning 
ko’payishi aniq’lanadi. Uzoq’ davom etgan gingivitlarda milk osti 
florasi grammanfiy tayoq’chasimonlar: fuzobakteriyalar, bakteroidlar, 
gemofil tayoq’chasi, kampilobakteriyalar sonining ortishi bilan 
xarakterlanadi va ular butun floraning deyarli 45% ini tashkil q’iladi. 
Grammusbat fakultativ-anaerob tayoq’chalar, asosan Actinomyces 
naeslundli, A. viscosus. A. israelii 25%  holatda, grammusbat fakultativ-
anaerob streptokokklar esa 27% holatda topiladi. Juda kam miq’dorda 
propionbakteriyalar va eubakteriyalar ajratib olinadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling