85. Umumiy chidamlilik deb nimaga aytiladi?
A. Umumiy chidamlilik deb ishni bajarish samaradorligini pasaytirmasdan o’rtacha quvvatda uzoq vaqt bajarish qobiliyatiga aytiladi;
B. Umumiy chidamlilik deb ishni shiddatini sezilarli darajada pasaytirmasdan uzoq vaqt bajara olish qobiliyatiga aytiladi;
S. Umumiy chidamlilik deb hamma mushak apparati ishtirok etuvchi uzoq vaqtli ishda charchashga qarshi turish qobiliyatiga aytiladi;
D. Umumiy chidamlilik deb uzoq vaqt davomida mushak ishlarini bajarish kuni va barqarorlikda bajarish qobiliyatiga aytiladi.
86. Sportchining kuch chidamliligini tarbiyalovchi asosiy vosita bo’lib,,,,
A. Siklik sport turlari mashqlar;
B. Umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik mashqlari;
S. Uzoq vaqt davom etadigan o’zgaruvchan rejimda bajarilishi;
D. Musobaqaga yaqinlashtirilgan mashqlar.
87. egiluvchanlik bu - ...
A. Harakat boshlangunga qadar mushaklarda elektr faolligining paydo bo’lishi;
B. Harakat-tayanch apparatining majmuaviy morfologik xususiyati bo’lib, inson gavdasining alohida bo’g’imlaridagi bir-biriga nisbatan bo’lgan harakatdir;
S. Harakatning eng katta amplitudasi bo’lib, ya’ni gavdaga, harakatlanayotgan qo’shimcha tashqi kuchning ta’siridir.
D. Harakatning katta amplitudasiga erishgan inson qobiliyati bo’lib, bo’g’imlardan o’tuvchi mushak guruhlarining qisqarishi tufayli paydo bo’ladi.
88. Inson gavdasining hamma bo’g’imlaridagi harakatchanlik bo’lib, yuqori amplitudada turli harakatlarni bajarish, bu - .... .
A. Umumiy egiluvchanlik; B. Maxsus egiluvchanlik;
S. Faol egiluvchanlik; D. Sust egiluvchanlik.
89. Barcha cho’zilish mashqlari mushaklarning ishlash tartibiga ko’ra necha guruxga bo’linadi?
A. 2; B. 3; S. 4; D. 5.
90. ..... bu - harakatning eng katta amplitudasi bo’lib, ya’ni gavdaga, harakatlanayotgan qo’shimcha tashqi kuchning ta’siridir.
A. Umumiy egiluvchanlik; B. Maxsus egiluvchanlik;
S. Faol egiluvchanlik; D. Sust egiluvchanlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |