Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat saqlash mashqlari.
Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish.
Gimnastika devoriga tirmashib chiqish mashqlari: 1.Oyoq va qo'llarni navbatma-navbat almashtirib yuqoriga tirmashib chiqish, pastga tushish va yonbosh tomonlarga yurish; 2.Shuning o‗zi, lekin ikki qo‗l bilan baravariga ushlab tirmashib chiqishyuqoriga sakrab, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq bajarilganda muhofazaga e‘tibomi kuchaytirish zarur); 3.Devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish. Arqonga tirmashib chiqish. Osilgan arqonda aralash osilib tirmashib chiqishning uch usuli mavjud: bukilgan qo‗llarda tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Uch harakat usulida tirmashib chiqish xotin-qizlar va o‗rta maktab yoshidagi bolalar mashg'ulotlarida qo‗llamladi, chunki kuch faqatgina qo‗l va yelka bo‗g‗imi mushaklariga tushmasdan, oyoq mushaklariga ham tushadi. Arqonning qattiqligi va yo‗g‗onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan bir oyoqning taqimi va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi. Bunda arqon bir oyoqni soni va boldi-rining tashqarisidan o‗tadi va oyoq kafti ichki tomonlari bilan qisib ushlanadi. Ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Ikki harakat usulida tirmashib chiqishning ikki turi mavjud. Birinchi turi (129-rasmda) ko‗rsatilgan. Birinchi usul - qo‗llarga tortilib, oyoqlar tizzada buldladi va ular bilan arqon qisiladi.Ikkinchi usul - oyoqlarni to‗g‗rilab (depsinib) qo'llarni almashtirib, arqonning yuqorisidan ushlanadi, ya‘ni to‗g‗ri qo‗llarga osilish holatiga o‗tiladi. Tirmashib chiqishning bu usuli harakat muvofiqligi bo'yicha uncha murakkab emas. Muvozanat saqlash mashqlari. Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og'irlik marka-zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni qanchalik katta bo'isa, muvozanat shunchalik turg‗un bo‗ladi. Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta. ahamiyatga ega, chunki ulami bajarayotganda bel hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‗rindig‗i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg‗ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‗pincha balandroq tayanch joyda bajariladi.Turgan joyda bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‗l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda), shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burihshlar, bir va ikki oyoqda o‗tirishlar kiradi.Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq holatga o‗tish va teskarisi - balandroq holatdan pastroq holatga (shu juinladan, yotish holatiga ham) o‗tish, o‗tirgan holatdan siltanib o‗tish mashqlari bajarilishi mumkin.Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka bilan oldinga yurish, ko'zlarni yumib engashib yoki boshni burib yurish), yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilish kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko‗proq qismini qo‗l va gav-daning qo'shimcha harakatlari, to‗xtash, engashish, burilish va h.k.lar bilan yurish tashkil qiladi.To‗siqlarni oshib o‗tish, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‗tarib o‗tish, ikki kishi bo‗lib almashib o‗tish va aralash tayanish-larda harakat qilish katta amaliy ahamiyatga ega. Xodada muvozanat saqlash mashqlarini bajarganda arg‗amchilar, tayoqchalar (sakrab o‗tish yoki ostidan o'rmalab o'tish uchun), to‗ldirma to‗plar (ular ustidan hatlab o‗tish uchun) va h.k.lar to‗siq bo'lib xizmat qilishi mumkin.Ko‗tarib o‗tish uchun yuk sifatida to‗ldirma to'plardan foyda- laniladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan guruhlarda sherigini ko‗tarib o‗tish mumkin. Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‗lib, almashib o‗tishning ikki asosiy usulibor: Sheriklardan biri xodaga ko‗ndalang cho‗qqayib, tayanadi yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa uning ustidan hatlab o‗tadi. Xoda ustida sheriklar uchrashganda bir-birining yelkalaridan ushlashib, o‗ng oyoqlari kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar oldinga uzatadilar va bir-birini ushlagancha. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling