Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
- Bu sahifa navigatsiya:
- G„ildirakli konkilarda uchish
Samokatda,
sportrollerda uchish .Samokat va sportrollerlarda uchish katta guruhlarda tashkil etiladi. Dastlab bolalar yurish qoidalari bilan tanishtiriladi, so‗ngra samokat, sportrollerga minish, undan tushish, to‗g‗riga haydash, o‗ngga, chapga, ortga burilish, tormoz berish va to‗xtashga o‗rgatiladi. Topshiriqlar asta-sekin murakkablashtiriladi: bolalarga aylana bo‗ylab, «ilon izi» bo‗lib uchish, «Yo‗l harakati qoidalari» o‗yinini o‗ynash taklif etiladi. Tarbiyachi bolalarning samokatda, sportrollerda uchganda goh o‗ng, goh chap oyog‗i bilan siltanishini kuzatib boradi. Masalan, bola yo‗lkadan bir tomonga qarab uchganda birinchi oyog‗i, orqaga tomon uchganda ikkinchi oyog‗i bilan siltanadi. Yuklamaning ikkala oyoqqa baravar taqsimlanishi mushaklarning proportsional rivojlanishiga yordam beradi. Velosiped va samokat uchish navbatlashib turadi. G„ildirakli konkilarda uchish G‗ildirakli konkilarda uchish maktabgacha katta yoshda tavsiya etiladi. Bolalarni yurishga, burilishlarga (o‗ngga, chapga) tormozlashga, to‗xtashga o‗rgatiladi. Tarbiyachi bir necha bolani bir vaqtda g‗ildirakli konkida uchishga o‗rgatadi. U oldinga siljish texnikasini tushuntiradi va ko‗rsatadi hamda bolalarga bu harakatni bajarishda yordam beradi. Tayanib uchish bir necha kun davom yetadi. Bolalar goh o‘ng, goh chap oyoqda siltanib siljishga o‘rgatiladi. Oyoq va qo‘llar harakati muzda uchishdagi kabi mos bo‘lishi kerak. Keyinchalik ularni yugurish va ikki oyoqda sirg‘alishni qo‘shib olib borishga (goh u, goh bu oyoq bilan siltanib) o‘rgatiladi. Bola 3-4 marta navbatma-navbat kuch bilan siltanib oyoqlarini kichik masofada bir-biriga parallel qo‘yadi. So‘ng sekinlab va to‘xtab qolguncha sirg‘aladi. Harakat paytida burilishdan oldin uchish sekinlatiladi, so‘ngra gavdasini kerakli tomonga biroz engashtirib to‘la burilish amalga oshiriladi. Shundan so‘ng harakat yangi yo‘nalishda davom ettiriladi.G‗ildirakli konkilarda uchish ko‗nikmalarini mustahkamlashda harakatli o‗yinlardan foydalanish mumkin. Mashg‗ulotlar davomiyligi asta-sekin 10- 15 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar butun guruh bolalari g‗ildirakli konkida uchish ko‗nikmalarini egallagan bo‗lsalar, mashg‗ulotlar barcha bolalar bilan bir paytda aylana yo‗lkada o‗tkaziladi. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling