Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

"Jismoniy tarbiya" - Jismoniy kamolotga erishish uchun yo‗naltirilgan ‗edagogik jarayon bo‗lib 
harakat malaka va ko‗nikmalarda o‗rtacha va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Jismoniy 
tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, nafosat va mehnat tarbiyasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Jismoniy 
tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklardan mavjud. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilmagan jarayon bo‗lib, uning mazmunini 
faoliyatning har bir turlarida keng umumiy yo‗nalishlarga qaratilgandir. Maxsus jismoniy 
tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya turlari bo‗lib chuqurlashtirilgan ob‘ekt sifatida 
tanlab olingandir. Bularni sport turlarida yoki mehnatga-kasbga yo‗naltirilgan mashqlarda kuzatishimiz 
mumkin. 
Misol: Qa‘la himoyasi o‗yini, uzunlikka sakrash. Aniq kasb xususiyatiga bogliq ravishda 
jismoniy mashqlarni o‗tkazishning maxsus metodikasi, vositalari, vazifalari bilan xarakterlanadi. 
«Jismoniy ta‟limot» - maxsus bilimlarni, harakat ko‗nikmalarni va malakalarini o‗z ichiga oladigan 
jismoniy tarbiyaning bir tomoni. 
"Jismoniy mashqlar" - jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan 
harakatlar, harakat faoliyati, shuningdek harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‗yinlar) kiradi, 
harakat faoliyati deb inson harakat apparatining faolligi asos bo‗lgan har qanday faoliyatga aytiladi. 
"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayonining ahamiyatida ham 
qo‗llaniladi. 
Sport - bu sportning shaxsiy faoliyati bo‗lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo‗ladigan, jismoniy 
mashqlarning qaysi bir turlarida yuqori natijalarga erishish uchun yo‗naltirilgan maxsus faoliyat bo‗lib 
hisoblanadi. 
"Jismoniy madaniyat" atama, umumiy "madaniyat" atamalar kabi ko‗p ma‘nolidir. Zamonaviy 
adabiyotda "madaniyat" deganda inson ("jamiyat") faoliyatining ayrim turlari, shuningdek uning shaxs va 
jamiyat uchun qimmat baho bo‗lgan natijasiga aytiladi. 
"Madaniyat"ning umumiy tushunchasini aniqlashda odatda "tabiat" tushunchasi bilan taqqoslaydilar. 
Ma‘lumki, tabiatda tabiat qonunlari bo‗yicha insonga bog‗liq bo‗lgan hamma narsa tegishlidir, hamda uning 
faoliyati natijasi (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudotdir). Madaniyat hodisalariga kishi 
(jamiyat) qayta ishlash faoliyatining usullari va natijalari, ya‘ni tabiatni o‗zgartirishga yo‗naltirilgan 
faoliyat tegishlidir. 
Madaniyatning rivojlanish jarayonida faoliyatning asosiy turi (shakli, usullari) bo‗lib, insoniyatning 
takomillashuviga, o‗z xususi tabiatini "o‗zgartirishga" yo‗naltirilganlar kiradi. Madaniyatning mana shu 
kom‘onentlariga jismoniy tarbiya tegishlidir. 



Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling