Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Mavzuni mustaqil o„zlashtirish


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Mavzuni mustaqil o„zlashtirish. Bolalar jismoniy tarbiyasi fani xususiyati
talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan 
alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun topshiriladi. 
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan 
tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga qaratish, 
asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish lozim. Topshiriqni bajarish 


jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‗quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu 
mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan xolda 
mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‗zlashtirish qiyin 
bo‗lsa, savollar paydo bo‗lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta 
olmasa va x.k.) o‗qituvchidan maslahat oladilar. 
Mustaqil o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya 
qilinadi. 
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, 
qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‗lgan biror mavzu bo‗yicha referat 
tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari ko‗shimcha 
adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan 
ma‘lumotlar, elektron kutubxona materiallari va x.k.) foydalanib materiallar yig‗adi, 
taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‗yicha imkon darajasida to‗liq, keng 
ma‘lumot berishga xarakat qiladi. Zarur xollarda o‗qituvchidan maslaxat va 
ko‗rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida ximoya 
qilinadi. 
Ko„rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
va yaxshiroq o‗zlashtirish uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar 
(taqdimotlar (prezentatsiya), jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, 
modellar, grafiklar, namunalar va x.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‗qituvchi 
tomonidan aniqlanib, talabaga ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-yo‗riqlar beriladi. 
Ko‗rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil 
tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‗yicha bir necha talabaga topshirish xam 
mumkin. 
Talaba ko‗rgazmali materiallardan foydalanish bo‗yicha yozma ravishda 
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada ximoya qiladi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling