“Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari” fani bo„yicha TMI
shakli
va xajmini beligalashda quyidagi jixatlar e‟tiborga olinishi lozim:
- o‗qish bosqichi;
- Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining o‗ziga xos xususiyati va o‗zlashtirishdagi
qiyinchilik darajasi;
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch
bilimi);
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan-semestrga ko‗nikmalar xosil bo‗lishiga muvofiq ravishda
o‗zgarib borishi lozim. Ya‘ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi
darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy
yondashishga o‗rgatib borish kerak bo‗ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o‗zlashtirish darajasi va qobiliyatini
xisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
- Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining ayrim mavzularini o‗quv adabiyotlar yordamida
mustaqil o‗zlashtirish, axborot manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rib kelish;
- ma‘lum mavzu bo‗yicha referat tayyorlash;
- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
- bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‗plash;
- Bolalar jismoniy tarbiyasi fani doirasida mavjud muammoning echimini topish, test,
munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
- ilmiy maqola, tezis va ma‘ruzalar tayyorlash;
- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Bolalar jismoniy tarbiyasi fani xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil
ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar xam topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi
turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar
puxta o‗ylab ishlab chiqilgan va ma‘lum maqsadga yo‗naltirilgan bo‗lib,
talabalarning auditoriya mashg‗ulotlarida olgan bilimlarini mustaxkamlash,
chuqurlashtirish, kengaytirish va to‗ldirishga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |