Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanish monitoringini


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanish monitoringini 
olib borish 
Mavzu rejasi: 
1. Maktabgacha ta‘lim muassalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni tashkil etishga 
mas‘ul bo‘lgan shaxslar. 
2.Mudira,katta tarbiyachi,tarbiyachi, musiqa rahbari faoliyati 
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy-pedagogik 
nazorat olib borish
11- Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg‟ulotlarida sanitar gigiyenik sharoitlar 
Mavzu rejasi: 
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sanitar gigiyenik sharoitlarga va bolalarning 
kiyimlariga qo‘yiladigan talablar. 
2.Jismoniy 
mashq 
jihoz 
va 
inventarlarga 
qo‘yilgan 
talablar 
 
 
 
 
 
 


MUSTAQIL TA`LIM TOPSHIRIQLARI 
“Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari” fani yo„nalishida 
talabalar mustaqil ishini (TMI) tashkil etish bo„yicha 
USLUBIY KO„RSATMA 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir 
qatorda tanlangan sohasi bo‗yicha mustaqil faoliyat ko‗rsata oladigan o‗z malakasini 
mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan xolda muammoli 
vaziyatlarni to‗g‗ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma‘lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur‘atlar bilan kengayib borayotgan 
xozirgi sharoitda barcha ma‘lumotlarni faqat dars mashg‗ulotlari paytida talabalarga 
etkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‗ullansa va o‗z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‗zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, ko‗nikma va malakalari mustaqil ta‘lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat ko‗rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish 
paydo bo‗ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta‘lim olishlarini rejalashtirish, tadbiq 
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars 
mashg‗ulotlarida talabalarni o‗qitish bilan bir qatorda ularni ko‗proq mustaqil 
o‗qishga o‗rgatish, bilim olish yo‗llarini ko‗rsatish, mustaqil ta‘lim olish uchun 
yo‗llanma berish oliy ta‘lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. 
―Bolalar jismoniy tarbiyasi‖ fani bo‗yicha talabaning mustaqil ishi (TMI) – fan 
dasturida belgilangan ko‗nikma va malakalarning ma‘lum qismi talaba tomonidan fan 
o‗qituvchisi tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‗zlashtirishga 
yo‗naltirilgan tizimli faoliyat hisoblanadi. 
O‗qishning boshlang‗ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar 
bilan bog‗liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining oliy ta‘lim talablarga ko‗nikishi 
qiyin kechadi. Chunki ular ta‘lim olish jarayonida o‗z mustaqil faoliyatlarini tashkil 
qilishni deyarli bilishmaydi. Ma‘lumotlarni qaysi manbadan qanday qilib 
topish,ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solib konspektlashtirish
o‗z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‗z vaqtlarini to‗g‗ri taqsimlash, shuningdek
aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‗g‗ri baxolash, ular uchun katta muammmo 
hisoblanadi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta‘lim olishga ruxan tayyor bo‗lishmaydi. 
Shuning uchun xar bir professor-o‗qituvchi dastlab talabada o‗z qobiliyati va 
amaliy imkoniyatlariga ishonch uyg‗otishi, ularni sabr-toqat bilan bosqichma-bosqich 
mustaqil bilim olishni to‗g‗ri tashkil qilishga o‗rgatib borishi lozim. Talabalar 
tomonidan mustaqil ravishda o‗zlashtiriladigan bilim va ko‗nikmalarning kursdan 
kursga murakkablashib, kengayib borishini xisobga olgan xolda ularning 
tashabbuskorlik rolini oshirib borish zarur. SHunda mustaqil ta‘limga ko‗nika 


boshlagan talaba o‗qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, 
o‗zining qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‗zi zarur deb xisoblagan qo‗shimcha 
bilimlarini mustaqil ravishda tanlab o‗zlashtirishga o‗rganib boradi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling