Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Asosiy adabiyotlar 
1.Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma. 
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil 


10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. 
Mavzu rejasi: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlar. 
2.Kuch, epchillik,chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarini shakillantirish
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan 
bog‘liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik,matonat singari sifatlarkiradi. 
Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish 
ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy 
jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. 
Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida 
umumiy yuksalish sodir bo‘ladi. Lekin baribir yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy 
sifatlarning har birini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. 
Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo bo‘ladigan kutilmagan shartsharoitlarga 
binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. 
Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini rivojlantirish, ularning sur‘ati 
va ko‘lamini, muskullarning zo‘riqishi va bo‘shashi darajasini bir-biridan farq qilish, 
shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mo‘ljal olabilish mahorati asosida sodir 
bo‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini 
rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un holatda hamda bir joydan ikkinchi 
joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik 
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat 
analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro‘y beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-
sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi.Harakatlarni bajarishdagi 
epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim 
xususiyatdir. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling