Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida etarli darajadagi 
jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash 
organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish bilan, 
asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib 
boradigan kuchli zo‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida 
organizmda paydo bo‘ladigan ko‘nikish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 
bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o‘zlari ko‘nikib qolgan vazifaga 
qaragandayuqoriroq jismoniy ta‘sir ko‘rsatadigan mashqlar va o‘yinlar qo‘llaniladi. 
Maktabgacha 
yoshdagi 
kichik 
gruxlarda 
matonatni 
tarbiyalash 
bilan 
bog‘liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida 
matonatni tarbiyalash uchun o‘yin va mashqlardan foydalaniladi.Bunday o‘yin va 
mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zo‘riqish talab qilinadi. 
Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e‘tiborni- ir erga jamlab, mashqlarni takrorlashda 
etarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga dam oldirish lozim. Bu yoshdagi 
bolalarda matonat avvalo yurish, yugurish, sakrash, chang‘ida yurish, raq tushish
suzish va harakatli o‘yinlar o‘ynash va mustaqil faoliyat ko‘rsatish vaqtida 
rivojlanadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam 
o‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini 
mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalarni 


muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli
atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va 
ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, 
axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat 
qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda 
o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya 
maydonchasida o‘tkaziladi. «Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun 
belgilangan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. 
Mazmuniga ko‘ra xilmaxil mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin 
bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh 
va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg‘ulotlar tuzilishi jismoniy 
mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, 
nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh 
bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining 
dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan 
biridir.
1.Kirish tayyorgarlik. 
2.Asosiy qism. 
3. Yakuniy qism. 
Ta‘limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi 
uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.Mashg‘ulotning kirish qismini mazmuni va 
vazifalari Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi ko‘yilgan vazifalar va 
uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. 
Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish vaemotsional 
kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim 
harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning 
asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. 
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini 
olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, 
bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini 
bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: 
- saflanish mashqlari turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; 
- turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; 
- tarqalib engil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonnava hakozo 
bo‘lib saflanish; 
- turli ko‘rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagiyurishlar tovonda, 
oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.


Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‘rttadan bo‘lib saflanishi, tarqalishi bilan 
yakunlanadi. 
Bu 
bolalarni 
mashgulotning 
asosiy 
qismi 
boshlanishidagi 
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi. Bu qism 
kichik gruhlarda 2-4 dakikagacha, o‘rta gruhlarda 3 dan 5 dakikagacha, katta 
gruhlarda 4 dan 6 gacha davom etadi. Mashg‘ulotning asosiy qismi vazifalari va 
mazmuni. Mashg‘ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni 
umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‘ngra asosiy harakatlarga o‘rgatish va jismoniy 
sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat 
mashqlariga o‘rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan 
tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, 
mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishni ko‘zda 
tutadi. Shundan so‘ng barchabolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli 
o‘yinlar o‘tkaziladi. Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga 
olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi 
material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish). 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling