Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

 
2. Gimnastikaning 
sog„lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlariBu 
mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, 
atletik va ritmik gimnastikani o‗z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari 
shug‗ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri 
dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, 
takomillashtirish hamda gimnastikani targ‗ibot-tashviqot qilish maqsadida 
qo'llaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‗plami 
shaklida ham bajarilishi mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi 
mashqlar insonga ko'nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi, inson shu 
yo‗sindagi faoliyatida o‗z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish 
maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‗lgan yaxlit harakatlantiruvchi 
faoliyatni takrorlashda 
foydalanadi. 
3. Gigiyenik gimnastika Gigiyenik gimnastika, yuqorida bayon etilganidek, 
kishilarni sog'lomlashtirish, jismonan va aqlan tarbiyalash vositasi, shuning-dek, 
ularning kuchi, tetikligi va harakat faoliyatining bitmas-tugan-mas manbayidir. 


Hozirgi davrda gimnastika sog‗ayishni tezlashtirishi kasallanishning oldini olishi, 
tetiklik va kuch-g‗ayratga to‗ldirishi kishi sog‗lig‗ini saqlab, uning umrini uzaytirishi 
isbot talab qiimay-digan haqiqat bo‗lib qoldi.Shifokorlar nazorati orqali 
aniqlanishicha, gigiyenik gimnastika kishi organizmi uchun juda btta ahamiyatga ega. 
Gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlari muntazam o‗tkazilsa, uning ta‘sirida mushak va 
to‗qimalarda qon aylanishi yaxshilanadi, arterial qon bosimi pa-sayadi, yurak-qon 
tomiri tizimining faoliyati yaxshilanadi, o‗pka-ning nafas olish va tiriklik sig‗imi 
oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy asab tarmog'i va asab-mushak 
apparatining faoliyati kuchayadi. Gigiyenik gimnastika insonning ruhiy holatiga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatib, uning tetikligini, o‗z kuchiga bo‗lgan ishonchini oshiradj va 
ruhlantiradi. A. N. Krestovnikov, V. N. Mashkov, 1. M. Sarkizov-Serazini va boshqa 
olimlarning tadqiqotlariga qaraganda gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlari natijasida 
yurak-tomir urishi 50-60 ga tezlashadi, qonning maksimal bosimi 5-20 mm.ga 
ko‗tariiadi, iste‘mol qilinadigan kislorod miqdori 10-30 % oshadi. Hozirgi zamon 
sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan olganda, gigiyenik gimnastika butun organizmni 
tetiklantiradi 
va 
charchoqni 
yo‗qotadi. 
Gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlarini yakka holda va shuningdek, guruh bo‗lib 
o‗tkazish mumkin. Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas, balki kunduzi ham 
(ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o‗tgach) yoki kechqurun (uxlashdan 1,5-2 soat 
oldin) shug‗ul-lanish mumkin. Bolalar, o‗smirlar va o‗rta yoshdagi kishilar 
radio orqali eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar to‗plamini bajarishlari 
mumkin. Harxil sport turlari bilan muntazam shug‗ullanadigan kishilar uchim bu 
to‗plamiar yuklama bo‗yicha yengil bo‗lishi mumkin.Har bir shaxs gimnastikani 
ba‘zi bir qoidalarni bilgan holda o‗z shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, 
umumrivojlantiruvchi mashqlar to‗plamini tuzib olsa bo‗ladi. Mashqlar to‗plamini 
tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.
1.Mashqlar shug'ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyor-garligiga mos bo‗lishi 
kerak. Agar mashqlar juda murakkab bo‗lsa, ko‗ngildagidek bajarilmaydi va ularning 
samarasi ham yuqori bolmaydi.Gigiyenik gimnastika quyidagi: xonani shamollatish, 
gigiyenik qoidalarga 
va 
kun 
tartibiga 
rioya 
qilish, 
badantarbiya 
(suvda 
chiniqish) singari 
tabiiy 
odatlarni 
tatbiq 
qilishga 
yordamlashadi. 
Ertalabki gigiyenik gimnastika odam organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega, u 
organizmning sust holati (uyqu)dan odamning mehnat faoliyati uchun zarur bo‗lgan 
faol holatga o‗tishiga yordamlashadi.Uyqu paytida bosh miya qobig‗ining asab 
hujayralari dam oladi va ularning mehnat qobiliyati tiklanadi. Uyg‗ongandan keyin 
esa hali o‗chmagan uyqu ta‘sirida bo‗lgan organizm ishga tez kirishib keta olmaydi, 
chunki asosiy tarmoq va organlarning faoliyati sust holatda bo'ladi. Ertalabki gigiyenik 
gimnastika odamning butun organ va tarmoqlarining ishga faol kirishishiga 
yordamlashadi. Faqat to‗g‗ri bajariladigan mashqlar (bunda belgilangan me‘yorga, 
ko‗lamga vamushaklarning zo‗riqishiga rioya qilish) shug‗ullanuvchilar orga-nizmiga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.Katta yoshdagi kishilar nafas to‗xtab turadigan, zo‗r 
keladigan cho‗ziladigan, sakrash va tez-tez egilib turishni talab qiladigan mashqlarni 


bajarmasliklari kerak. Ular mashqlarning ta‘sir qilish darajasi va har bir mashg‗ulotda 
mashqlar yuklamasi me‘yori to‗g‗risida shifokordan doimiy sur‘atda maslahat, 
jismoniy 
tarbiya mutaxassislaridan 
esa 
mashqlarning 
ifodasini, 
ularning 
xususiyatlari va 
qo‗llanish 
usuli 
to‗g‗risida 
maslahat 
olishlari 
darkor. 
2.
Tanlab olmgan mashqlar shug‗ullanuvchilarga har tomonlama ta‘sir ko'rsatishi 
kerak. Ularning tanasini turli qismlari uchun har xil yo‗nalishda, tezligi va mushakni 
ishga solishni o'zgartirib bajarish lozim.
3.Mashqlar to'plamiga to‗g‗ri qomat holatini his qilish, shu-ningdek, har xil nafas olish 
turlari (ko'krak, diafragma va aralash nafas olish)ga oid maxsus mashqlar kiritilishi 
zarur.
4.To‗plamga shug‗ullanuvchilaming tayyorgarligi va uni bajarish vaqtiga qarab, 8 
tadan 16 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigiyenik gimnastika 8-10 mashqdan, 
kunduzi bajariladigan gigiyenik gimnastika esa 10-15 mashqdan iborat bo‗ladi. 
Gigiyenik gimnastika bilan shug‗ullanishni endigina boshlaganlar uchun mashqlar 
miqdori oz bo‗lgani ma‘qul. 
Tanlab oiingan mashqlarni to‗plamga qo'shganda quyidagi qoidalarga binoan 
joylashtirgan ma‘qul:
1. 
Maqsadga muvofiqdir (to‗g‗ri qomatni asrash uchun buning ahamiyati 
muhim); To‗plamda birinchi va oxirgi mashqlar to‗g‗ri qomatni tarbiyalashga 
qaratilgan bo‗lishi 
2. 
To‗plamdagi 
ikkinchi muhim jihat shuki
, bunda umumiy ta‘sir ko‗rsatadigan 
va odamning barcha organ va tarmoqlarining faoliyatini yaxshilaydigan mashqlar 
(yoki ikkita mashq) bo'lishi kerak. Bular, odatda, butun tananing katta guruh 
mushaklarini ishga soladigan oddiy. sust sur‘atda bajariladigan mashqlardir. 
Bular organizmni bo'lajak kasbga tayyorlash uchun juda zarurdir; 
3. 
To'plamning navbatdagi mashqlari turli mushak guruhlari (qo‗l, yelka, bo'g‗in, 
bel, qorin pressi, oyoq) uchun zarur bo‗lgan doimiy bajariladigan mashqlardir. Bunda 
gavdaning turli qismlari birin-ketin ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning ikkinchi 
va uchinchi turkumlari jadalroq bajariladi. Mashqlar shu tarzda bajarib borilar ekan, 
yuklamani ham asta-sekin oshirib boriladi, natijada turli mushak guruhlari ishga 
kirishadi, bu esa mushak kuchi sama-radorligini oshiradi va faol dam olish uchun 
sharoit yaratadi. 
Amaliy turlar ta‘rifi:Gimnastikaning amaliy turlariga quyidagilar kiradi:
korxona (ishlab chiqarish)da gimnastika;
kasbiy-amaliy gimnastika;
sport-amaliy gimnastika; 
harbiy-amaliy gimnastika;  
davolash gimnastikasi; 
g) sharqona yakka kurash elementlari.Gimnastika tanlab olingan mutaxassislik, 
harbiy faoliyat va u yoki bu sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‗lgan 
faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish gimnas-tikasi ishchi 
xodimlarni sog‗lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi, 


shuningdek, mehnat faoliyati jarayo-nida faol dam olishni ta‘miniaydi. Davolash 
gimnastikasi esa terapevtik vositalar bilan birgalikda turli kasalliklarni davolashni va 
jarohatlanishdan keyin tez sog‗ayishning samarali vositasi sifatida qo‗llaniladi.Bu 
turlar gimnastikaning umumiy yo‗nalishini saqlagan holda insonning ma‘ium 
faoliyati vazifalarini aniqroq belgilashga va urn ijobiy hal qilishga imkon berib, 
kasbiy faoliyatga maqsadga muvofiq tayyorlanishni yoki ijodiy va yuqori ish 
unumdorligi bilan mehnat qilishni ta‘miniaydi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling