Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Talabalar mustaqil ishini baxolash
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟quv materiallari IV-semestr: Ma‟ruza 1-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar. Mavzu rejasi
Talabalar mustaqil ishini baxolash. TMI natijalari amaldagi ―Oliy ta‘lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risidagi Nizom‖ga asosan baholab boriladi. Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari: 1-Mavzu. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazaryasi va texnologiyalari fanining umumiy masalalar 2- Mavzu. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazaryasi va texnologiyalari fanining Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik va ilmiy nazariy , psixologik-pedagogik asoslari. 3- Mavzu. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazaryasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi 4- Mavzu. Sharq mutaffakirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari. 5- Mavzu.Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi. 6- Mavzu. O‘zbekistonda maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimini rivojlanishi 7- Mavzu. Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari 8- Mavzu. Tug‘ulgandan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati 9- Mavzu. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi 10- Mavzu. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalarining yoritilishi. O‟quv materiallari IV-semestr: Ma‟ruza 1-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar. Mavzu rejasi: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar. 2. Yurish,yugurish,tirmashish,sakrashlar ,uloqtirish,yugurib kelib uloqtirish,muvozanat saqlash qobilyati. 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatlarga o‘rgatish metodikasi Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog‘lik holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffakiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib etish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning uchun og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.Maktabgacha ta‘lim muassaslari uchun yaratilgan ta‘lim-tarbiya dasturi, Maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling