Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
"Jismoniy madaniyat" tabiat in‘omidan olingan insonning hayoti uchun zarur sifatlari,
imkoniyatlar va qobiliyatlarga ta‘sir etadiki, ular nasldan naslga o‗tadi, hamda hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari ta‘sirida avlodlararo rivojlanadi. Jismoniy madaniyat butun hayot davomida tabiiy va morfofunksional xususiyatlar o‗zgarish va shakllanish holida inson jismoniy rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog‗langan bo‗lib, jismoniy sifat va qobiliyatga asoslanadi. Jismoniy madaniyat tarixan insonning birinchi va muhim sharti bo‗lmish mehnatga bo‗lgan amaliy ehtiyoj ta‘sirida vujudga kelgan. Texnik taraqqiyot jarayonida jism, madaniyat, kasallikni oldini olish, buzilgan funksiyalarni tiklash, inson organizmining qobiliyatini saqlash va oshirish kabi samarali vosita bo‗ladi, ya‘ni jismoniy holatini yaxshilashdir. Shunday qilib, jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo‗lib, insonning jamoa tarixiy amaliyotida to‗plangan moddiy va ma‘naviy boyliklar to‗‗lamidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari (o‗yinchoqlar, sport xonalari, maydonchalar, tirlar, xavzalar va h.k.), jismoniy jihozlar, buyumlar, maxsus sport kiyimlari, poyafzal va boshqalar kiradi. Ma‘naviy boyliklarga jismoniy madaniyat haqidagi fan va san‘at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, grafika, musiqa va boshqalar) kiradi. Jismoniy madaniyat rivojlanishining har bir bosqichida ular boyliklarni tashkil etib, bunda unga yondashgan har bir shaxs uchun u o‗zlashtirish, foydalanishi, imkoni bo‗lganda kelajakdagi rivojlanish fani bo‗lib qoladi. Bu yerda gap, xususan, hozirgi kunda jismoniy madaniyatning keng tarqalgan, amaliy va boshqa bo‗limlariga kirgan gimnastika, sport, harakatli o‗yinlar, jismoniy mashqlarning ko‗‗gina turlari va to‗plamlari to‗g‗risida boradi. Rivojlanishning uzoq yo‗lida uning mazmuni va shakllari jamoat hayoti va faoliyatining turli sohalariga tatbiq etish bilan asta differensiallashib bordiki, bir qator qismlari va bo‗laklarining shakllanishida o‗z aksini to‘di. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling