39
II BOB. BOLALAR-O‘SMIRLAR SPORT
MAKTABLARIDA QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILAR
MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
2.1.Qisqa masofaga yuguruvchilar ish qobiliyatini
oshirish metodikasi
Mavzuning amaliyotdagi holatini o‘rganish maqsadida
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida joylashgan
“1-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi”, Samarqand
shahrida joylashgan “1-sonli Bolalar-o‘smirlar
sport
maktabi”, Samarqand shahar “Sportning o‘yin turlari va
yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar
sport maktabi”, “Samarqand ixtisoslashtirilgan
olimpiya
zaxiralari maktab internat”larida qisqa masofaga
yuguruvchi sportchilarning mashg‘ulotlari tizimli ravishda
kuzatildi.
Pastdarg‘om tumanida joylashgan “1-sonli
Bolalar-
o‘smirlar sport maktabi”da qisqa masofaga yuguruvchi
sportchilarning mashg‘ulot jarayoni kuzatildi. Ushbu sport
maktabida 7 ta murabbiy faoliyat
olib borayotganligi
ma’lum bo‘ldi. Mashg‘ulot jarayoni qisqa masofaga
yuguruvchi sportchilarga beriladigan yuklamalar ularning
organizmiga qay darajada ta’sir qilayotganligini o‘rganish
maqsadida kuzatildi.
Mashg‘ulot jarayonida (dastlabki,
tayyorlov, asosiy,
yakuniy qismlarda) qisqa masofaga yuguruvchilarni yurak
urushi tekshirildi. Unga ko‘ra sportchilarning yurak urushi
quyidagicha ekanligi aniqlandi.