Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
1min.(marta)
Tayyorlov qism 1min.(marta) Asosiy qism 1min.(marta) Yakuniy qism 1min.(marta) 1 A.S. 74 136 179 79 2 T.O. 71 129 183 77 3 B.M. 77 142 189 83 4 A.M. 78 148 187 81 5 H.F. 81 144 181 79 6 T.M. 79 139 185 83 Mashg‘ulot yakunida murabbiy S.To‘rayev bilan ochiq muloqot qilindi. Murabbiy tomonidan qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida turli darajadagi fikr va mulohazalar bildirildi. Murabbiy sportchilarga yuklama berish bilan ularning yurak urishini doimiy nazorat qilib borishini ta’kidladi. Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarga 25 C 0 dan issiq bo‘lgan haroratda, 1 hafta davomida 2 marta kuchli yuklama berish bilan ularning kuch, tezkorlik, chidamlilik, jismoniy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishi ta’kidlab o‘tildi. “Bu kuchli yuklamalar berish chog‘ida sportchilarning yurak urishi minutiga 180-190 marta, ba’zi vaqtlarda ob-havoning issiqligi tufayli bu ko‘rsatkichlar daqiqasiga 190 tadan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu vaqtlarda murabbiy e’tiborliroq bo‘lishi kerak, chunki qisqa 41 masofaga yuguruvchilarning yurak urishi daqiqasiga 190 dan oshdimi, yuklamani pasaytirish kerak, aks holda bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deydi murabbiy. Shunga ko‘ra murabbiy sportchilarda doimiy ravishda pulsametrya o‘tkazib, yuklamalarni sportchilar organizmiga qay darajada ta’sir etishini nazorat qilib borish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Qisqa masofaga yuguruvchilarga yuklama berishning eng kuchli bosqichida yurak urishi daqiqasiga o‘rtacha 180-190 marta urishi kerak. Bunday yuklamalar mikrosikl boshiga hamda mikrosikl oxiriga to‘g‘ri kelishini aytib o‘tdi. Murabbiyning fikriga ko‘ra, eng kuchli mashg‘ulot jarayonida yurak urishi 180-190 marta urishi normal holat ekan. Shuningdek, murabbiy tomonidan qisqa masofaga yuguruvchilar jismoniy sifatlarini tarbiyalashda bir qancha tavsiyalar berildi. Murabbiy S.To‘rayev fikriga ko‘ra, bu jarayon muhim ahamiyatga ega. “Haftaning dushanba, juma kunlari qisqa masofaga yuguruvchilar uchun 25 kilogrammmli yukda 30 metr masofaga 10 marta tezlikka ishlatish lozim. Shart-sharoitdan kelib chiqib, bizda rezina yo‘laklar bo‘lmaganligi sababli chimli maydonda sirg‘anuvchi chana sifat uskunaga 25 kilogrammmli yukni o‘rnatib uzunligi 2 metrcha keladigan ipda bellarga bog‘lagan holda startdan tezlik bilan texnika qo‘llagan holda 30 metr masofaga yugurish mashqlarini yuklama sifatida berib boramiz, bu esa sprinterlarning kuch jismoniy sifatlarini maqsadga muvofiq tarbiyalaydi”, - deydi murabbiy. Bunday yuklamalar har 2 oyda o‘zgarib turishi va 25 kilogrammmm yukka har 2 oyda 5 kilogrammmm yuk 42 qo‘shgan holda jismoniy imkoniyatiga qarab yuk og‘irlashtirilib borilaverishi lozim. Mashg‘ulot yakunida sportchi 3x30metr masofaga yuksiz yuguradi, bu vaqtda sportchi o‘zini juda yengil sezadi, shu o‘rinda tezlik hamda kuch jismoniy sifati juda yuqori darajada ekanligi seziladi. Kuzatish jarayonida har bir sportchi o‘zining yurak urishini mashg‘ulot paytida tekshirib turishganiga guvoh bo‘ldik. Murabbiy har bir sportchining yurak urishini o‘zi olishga o‘rgatganini ta’kidladi. Biz kuzatish bilan birga Pastdarg‘om tumanida qisqa masofaga yuguruvchilarning ish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha testlar tashkil qildik. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling