Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

nimalarga ahamiyat qaratish lozim? savoliga murabbiy 
kompleks (har tomonlama) tayyorgarligiga alohida e’tibor 
berish kerakligini ma’lum qildi.
Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni 
nimaga qaratish lozim? savoliga murabbiy, birinchi 
navbatda, sportchilarning kayfiyatiga alohida e’tibor 
berish kerakligi hamda kayfiyatiga qarab berilgan 
yuklamalarni sportchilar bekam-u ko‘st bajarishini 
murabbiy ish faoliyatidagi tajribasiga tayangan holda aytib 
o‘tdi. “Ikkinchi navbatda, murabbiy va shogird o‘rtasida 
mustahkam aloqa bo‘lishi kerak, har bir murabbiy 
sportchining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishi kerak. 
Shundagina sportchi qay darajada yuklamani bajara oladi, 
qay darajada bajara olmaydi, buni har bir murabbiy ich-
ichidan his qilishi kerak”, - deydi murabbiy.


58 
Kuzatishimiz so‘ngida murabbiyning ish faoliyati 
haqida qiziqdik. Murabbiy yengil atletikachilarni 
tayyorlash borasida 25 yildan buyon shug‘ullanib 
kelayotganligi va shu vaqt davomida 40 dan ziyod 
O‘zbekiston chempioni, 20 dan ziyod Osiyo chempionlari 
tayyorlaganligini ma’lum qildi. Murabbiy qisqa masofaga 
yuguruvchilarni tayyorlashdan oldin ularni saralab olish 
eng asosiy masalalardan biri ekanligini hamda buning 
uchun murabbiylar chekka-chekka qishloq joylarda yengil 
atletika sport turini targ‘ib qilish kerakligi, qolaversa, ota-
onalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish eng asosiy 
vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Suhbatimiz so‘nggida murabbiy: “Bugungi kunda 
Respublikamizda 
o‘tkazib 
kelinayotgan 
har 
bir 
musobaqada bizning yengil atletikachilarimiz o‘zining 
mustahkam o‘rniga ega”, - deya javob berdi.
Biz kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, 
Samarqand 
viloyatining 
Pastdarg‘om 
tumanida 
murabbiylarning jonkuyarligi, ularning sportchilar bilan 
tinim bilmay mehnat qilishi natijasida mana shunday 
malakali sportchilar yetishib chiqmoqda. 
Mavzuning amaliyotdagi holatiga chuqurroq oydinlik 
kiritish 
maqsadida 
“Samarqand 
ixtisoslashtirilgan 
olimpiya zaxiralari maktab internati”da murabbiylik 
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan M.Karimov hamda 
T.Gladkovalarga savolnoma bilan murojaat qildik. 
Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy 
nashrlar (jurnallar, maqolalar, kitoblar) o‘qib borasizmi? 
savoliga (T.Gladkova) “ha” deb javob berdi. Murabbiy 


59 
mashg‘ulotlarni tashkil qilishda doimiy ravishda chet el 
tajribalaridan foydalanishini aytib o‘tdi.
Sportchilarni tayyorlashda qanday noan’anaviy 
usullarni taklif qilasiz? savoliga murabbiy bir nechta 
samarali usullarni taklif qildi: 
1. Qisqa masofaga yuguruvchi bolalar va o‘smirlarni 
tayyorlashda tezlik va kuch sifatlarini tarbiyalash uchun 
qo‘lbola yasalgan “Parashut” yordamida yugurish samarali 
ekanligini, ya’ni qarshilik bilan bajarilgan mashq kuch, 
tezkorlik jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirishini 
ta’kidladi. 
2. Oyoqqa qum bog‘lash, hafta davomida 3 kun qum 
bilan mahg‘ulot qilish. Bunda sportchilarning oyoq 
muskullariga kuch yig‘ilishi mumkin. 
3. Rezina jugutlarda usullarni o‘zgartirgan holda 
mashqlar bajarish samarali usullarning bir ko‘rinishi. 
Sportchilarni musobaqalarga tayyorashda, asosan, 
nimalarga ahamiyat qaratish lozim? savoliga jismoniy, 
texnik va taktik tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratish 
lozimligi ta’kidlandi. 
Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling