Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


-urinish. 150 metr-18.03  2-urinish


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

1-urinish. 150 metr-18.03 
2-urinish. 150 metr-18.01 
3-urinish. 150 metr-18.00 
4-urinish. 150 metr-18.00 
5-urinish. 150 metr-17.94 
5ta urinishni o‘rtacha vaqti chiqariladi
18.03+18.01+18.00+18.00+17.94=89.99 
89.99 natija 5 ta urunishga bo‘linadi va ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan natija kelib chiqadi. 
89.99:5=17.998 bu taqriban 18 ga teng. 


69 
Endi murabbiy 400 metrga yuguruvchini 80-90% 
kuchda 150 metr masofadagi o‘rtacha natijasi chiqarilib 
qayd qilindi. 
400metr (150) 18:150x400=48 
Demak 400 metrga qisqa masofaga yuguruvchi 
S.Baxtiyorov ertangi musobaqada 400 metr masofani 48 
soniyada bosib o‘tish mumkinligi murabbiyning hisob-
kitobi bo‘yicha chiqarildi. 
Murabbiyning qisqa masofalarga yuguruvchilarni bu 
hisoblash usuli orqali ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natijasini 
oldindan bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa 
sportchinining ish qobiliyatini oshiradi. Murabbiy qisqa 
masofaga yuguruvchilarni turli xil masofalari bo‘yicha 
imkoniyatini mana shu usul orqali tekshirishi aniqlandi. 
Mavzuni o‘rganish maqsadida musobaqa bosh kotibi 
N.T.Andreyevaning bugungi kunda qisqa masofalarga 
yuguruvchilarni tayyorlash borasidagi fikrlari eshitildi. 
Bugungi 
kunda 
bizning 
qisqa 
masofalarga 
yuguruvchilarimiz chet el sportchilaridan ancha orqada, 
chunki aynan qisqa masofalar bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli 
darajada emas. Bunda murabbiylarning qisqa masofalarga 
yuguruvchilarni tayyorlash borasidagi bilim va malakalari 
qoniqarli emasligi ta’kidlandi. Qisqa masofalarga 
yuguruvchilarni tayyorlash borasida Respublikamizda 
qilingan ilmiy ishlar, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar 
juda kam, chet el tajribalaridan foydalanish esa til bilan 
bog‘liqligi, bu esa murabbiylarimizda qoniqarli emasligi 
ta’kidlandi. Umuman olganda, murabbiylarimizni ko‘proq 
ilmiylikka 
berilishi, 
kitoblar 
va 
maqolalar


70 
dissertatsiyalardan 
foydalangan 
holda 
mashg‘ulot 
jarayoniga yangicha usullarni qo‘llab natijani o‘stirishi 
foydadan 
holi 
emas. 
Ana 
shundagina 
bizning 
sprinterlarimizning natijalari o‘sib borishi mumkin. 
N.T.Andreyeva shunday deydi: “Mening turmush 
o‘rtog‘im yoshligida yengil atletika bo‘yicha yuqori 
malakali sportchi bo‘lgan. Hozirda mening 2 nafar 
farzandim olimpiada g‘olibi. 1-o‘g‘lim L.V.Andreyev 19 
yoshida Yamaykada sportning yengil atletika bo‘yicha 
langarcho‘p bilan sakrash va ko‘p kurash turidan (2002-
yil) jahon olimpiadasi g‘olibi. 2-o‘g‘lim esa P.B.Andreyev 1 
marta qishki olimpiada o‘yinlari (2005-yil) g‘olibi, ko‘p 
kurash bo‘yicha Osiyo chempioni, 3 marta Osiyo o‘yinlari 
kumush medali sovrindori, 1 marta Osiyo o‘yinlarining 
bronza medali sovrindori. Farzandlarimning bunday natija 
ko‘rsatishida turmush o‘rtog‘imning mehnati katta, chunki 
ularning 
murabbiyi 
turmush 
o‘rtog‘im 
edi. 
Farzandlarimning mashg‘ulot jarayonidan tortib, dam 
olishi, yurish-turishi, kiyinishi, ovqatlanish ratsioni-
hammasini o‘zi nazorat qilib borardi. Bu esa o‘z natijasini 
berdi. Farzandlarim olimpiada g‘olibi bo‘ldi. Men 
aytmoqchimanki, har bir murabbiy o‘z shogirdini o‘z 
farzandidek ko‘rib tarbiyalasa, tayyorlasa, bu o‘z navbatida 
samarasini beradi”. 
Murabbiyning fikr va takliflaridan shunday xulosaga 
keldikki, qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash 
borasida murabbiylarimizda yetarlicha kamchiliklar 
mavjud, bu esa qisqa masofalarga yuguruvchilarni ilmiy 


71 
jihatdan o‘rganish va talqin qilishga ehtiyoj borligini 
ko‘rsatmoqda. 
Musobaqa jarayoni kuzatishda davom etildi. 
Samarqand viloyatining sprinterlari 200-400 metrlarga, 
110-400 metrlarga g‘ovlar osha yugurish bahslarida 
Respublikadagi raqiblarini ortda qoldirib birinchilikni 
qo‘lga kiratayotganligi tizimli ravishda kuzatildi. 
Musobaqaning ertangi kunida 4x100 metr hamda 
4x400 metr estafeta bahslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi.
Mavzuni to‘laqonli yoritish maqsadida sobiq ittifoq 
davrida (1985-yil)100 metrga yugurish va estafeta 
bahslarida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan P.V.Varobyevga 
so‘rovnoma bilan murojaat qildik: 

Sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy 
nashrlarni (jurnallar, maqolalar, kitoblar) o‘qib 
borasizmi? 

Ha.

Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni 
taklif qilasiz?

Bugungi kunda qisqa masofalarga yuguruvchilarimiz 
samarali usullarga muhtoj, ammo ularni yaratish 
uchun ko‘proq ilmiy adabiyotlarni o‘rganib, tahlil 
qilib, yangi usullarni topib, sprinterlarimizda qo‘llab 
ko‘rishimiz kerak. Buning uchun murabbiylar 
ilmiylikka e’tibor berib, adabiyotlarni o‘rganmog‘i 
zarur. 

Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda, asosan, 
nimalarga ahamiyat qaratish lozim?


72 

Sportchilarni imkoniyatiga mos ravishda tayyorlash 
kerak. 

Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni 
nimaga qaratish lozim?

Murabbiylar yakka tartibda sportchilar bilan alohida 
shug‘ullanishi har bir qisqa masofaga yuguruvchiga 
beriladigan yuklamani bajarishda oyoq paxini 
qanchalik to‘g‘ri bajarishiga alohida e’tibor berish 
natijaga erishishning negizi hisoblanadi. 
Qisqa masofalarga yuguruvchilarni 4x100 metr 
estafeta bahsini kuzatishda davom etdik. Biroz vaqt oldin 
estafeta musobaqasida ishtirok etuvchi sportchilarni 
Samarqand jamoasi murabbiyi M.Karimov, ularning 
o‘rtacha vaqtini hisoblab bergan edi. Agarda Samarqand 
jamoasi 4x100 metr estafeta bahsida xatolikka yo‘l 
qo‘ymasdan yugursalar, murabbiy M.Karimovning hisob-
kitobi bo‘yicha marra chizig‘ini raqiblarini 30-40 metr 
ortda qoldirib o‘tishi taxmin qilingan edi. Bu taxminlar 
qanchalik to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun 
musobaqani kuzatishda davom etdik. 
Musobaqaga start berildi. 1x100 metr masofani 
sportchilarimiz 2-3 metr raqiblarini ortda qoldirib, 
estafeta tayoqchasini yetkazib berdi. 2x100 metr masofani 
7-10 metr raqiblarini ortda qoldirib estafeta tayoqchasini 
yetkazdi, 3x100 metr masofani 10-15 metr raqiblarini 
ortda qoldirib estafeta tayoqchasini yetkazib berdi, oxirgi 
ishtirokchi 4x100 metr masofani 25-30 metrga raqiblarini 
ortda qoldirib, Samarqand viloyat jamoasi 1-bo‘lib marra 
chizig‘ini kesib o‘tib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Samarqand 


73 
jamoasi murabbiyi M.Karimovning taxminlariga bu natija 
qanchalik yaqin ekanligi kuzatish davomida aniqlandi. Bu 
borada murabbiyning kasbiy mahorati o‘z isbotini topdi. 
Musobaqa davomida bizni 4x400 metr masofaga 
estafeta bahsi kutmoqda edi. Yengil atletikachilarni 
tayyorlashning yangi metodlarini chuqurroq o‘rganish 
maqsadida Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida o‘tgan 
XV 
Paralimpiya 
o‘yinlarida 
O‘zbekiston 
sport 
delegatsiyasida dastlabki medalni qo‘lga kiritgan yengil 
atletikaning disk uloqtirish bahslarida 59.75 metr natija 
bilan 
paralimpiya 
o‘yinlari 
rekordini 
o‘rnatgan 
hamyurtimiz Husniddin Norbekovga so‘rovnoma bilan 
murojaat qildik. 
Yengil atletika sportini yanada rivojlanishi uchun 
hamda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash 
borasida murabbiy o‘qituvchilardan turlicha fikr va 
takliflar eshitildi. 
Husniddin Norbekov garchi sprinter bo‘lmasa-da, 
yengil atletika sportini rivojlantirish va yangi bosqichga 
ko‘tarish borasidagi fikr va mulohazalarini bildirdi: 
“Olimpiada o‘yinlarida ikkinchi bor qatnashishim edi. 
Bundan oldingi musobaqada ishtirok etib, yuqori natija 
qayd qilolmadim, juda tushkun holatda yurtimizga 
qaytgandim. Hattoki mashg‘ulot jarayonlarini davom 
ettirishga xohish va istaklarim qolmagandi, murabbiyim 
I.Shishkov meni bu tushkun vaziyatdan chiqishimga 
yordam berdi. Murabbiyim menda iste’dod va kuchli 
qobiliyat borligini, keyingi olimpiada o‘yinlarida yuqori 
natijani qo‘lga kiritishimga menda ishonch hissini uyg‘otdi. 


74 
Tinim bilmasdan Rio (2016) Olimpiadasiga kuchli 
tayyorgarlik ko‘rdik. Men esa hamma narsadan voz kechib 
faqat va faqat maqsad sari intildim. Murabbiyim meni juda 
ko‘p marta g‘olib bo‘lishga ishontirar va buning uchun 
faqat kuchli tayyorgarlik kerakligini doim uqtirib borardi. 
Saviyali va samarali mashg‘ulotdan so‘ng Rio-2016 
Paralimpiadasida faol qatnashib rekord natijani qo‘lga 
kiritdim. Men musobaqada yengil atletika sportini bundan-
da rivojlantirish kerakligini, buning uchun har bir 
murabbiy mening ustozim singari yangidan yangi 
metodlardan foydalangan holda sportchilar ustida tinmay 
ishlashi, bu o‘z samarasini berishini tushundim”. 
Suhbat so‘ngida H.Norbekovga yengil atletikachilarni
tayyorlash borasida so‘rovnoma bilan murojaat qildik: 

Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy 
nashrlarni (jurnal, maqolalar, kitoblarni) o‘qib 
borasizmi? 

Ha. 

Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni 
taklif qilasiz?

Qisqa masofalarga yuguruvchilarda kuch va tezkorlik 
1-o‘rinda turadi, kuch sifati yaxshi rivojlangan 
bo‘lmasa, 
tezkorlikni 
bajarishi 
bir 
muncha 
murakkabdir. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib kuch 
sifatlarini, asosan, qish oylarida tarbiyalash maqsadga 
muvofiq 
deb 
hisoblayman. 
Kuch 
sifatlarini 
tarbiyalashda dekabr, yanvar, fevral oylari og‘ir yukda 
shtangalar bilan ishlab, kuchni zaxira qilish samarali 
hisoblanadi. Yilning uch oyida kuchni zaxira qilish yil 


75 
davomida mashg‘ulotga yetadigan energiya zaxirasiga 
to‘g‘ri keladi. 

Sportchilarni Musobaqaga tayyorlashda, asosan, 
nimalarga ahamiyat qaratish lozim?  

Jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat qaratish lozim, 
chunki sportchilarni tayyorlashdan ularni saralab 
olish murabbiydan katta mahorat talab qiladi. 
Ularning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalamasdan 
turib, qaysi turga yo‘naltirishda bir qancha 
qiyinchilikka uchrashimiz mumkin. Shuning uchun 
jismoniy tayyorgarligiga ahamiyat qaratish, so‘ngra 
texnika va taktikaga ahamiyat berish maqsadga 
muvofiqdir. 
Jismoniy 
tayyorgarligini 
kuchli 
tayyorlamasdan turib, texnika va taktikaga ishlatish 
samarasiz hisoblanadi. 

Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni 
nimaga qaratish lozim?

Murabbiy mashg‘ulot yuklamalarini sportchilarga 
berayotgan vaqtida sportchining o‘sish darajasi 
pastdan yuqoriga qarab rivojlanishi kerak, murabbiy 
esa o‘z shogirdini shunga doim o‘rgatib, shu tariqa 
yuklamalarni berib borishi maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, qisqa masofaga yuguruvchi bugungi reja 
bo‘yicha 5x60 va 5x100 metr masofalarga yugurishi 
kerak. Har bir yugurishda sportchining natijasi 
mumkin qadar o‘sib borishi kerak, murabbiy o‘z 
shogirdini doim shunga o‘rgatib, shu tariqa tayyorlab 
borishi kerak bo‘ladi. Masalan: 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling