Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


-jadval  Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha o‘smirlar va


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

22-jadval 
Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha o‘smirlar va 
kattalar o‘rtasida Navoiyda o‘tkazilgan O‘zbekiston 
kubogi musobaqasi natijalari (O‘g‘illar) 
T/R Masofalar (metr) 
G‘olib viloyat va shaharlar 

100 
Farg‘ona viloyati Dang‘ara 
shahri 

200
Samarqand

400 
Samarqand  

110 g‘ovlar osha 
Samarqand 

400 g‘ovlar osha
Samarqand 

4x100 estafeta 
Samarqand 

4x400 estafeta 
Samarqand 
Musobaqa yakuniga ko‘ra Samarqand viloyati jamoasi 
O‘zbekiston kubogi musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 
Qisqa 
masofalarga 
yuguruvchilarni 
tayyorlash 
borasida 
murabbiy 
o‘qituvchilardan 
va 
soha 
mutaxassislari bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga 
ko‘ra 44 nafar ishtirokchilardan turli xil fikrlar eshitildi. 
Natijalariga ko‘ra berilgan ikkinchi savolga ishtirokchilar 
turli xil javoblarni berishgan. Ayrim ishtirokchilar 
sportchining individual tayyorgarlik darajasiga e’tibor 
qaratish va shu asosda mashg‘ulotni tashkil qilish 
lozimligini 
ta’kidlagan 
bo‘lsa, 
ularning 
fikricha, 


82 
sportchining individual tayyorgarlik darajasi mashg‘ulotni 
samarali tashkil qilishni ko‘rsatib beradi. Darhaqiqat, 
mazkur fikrlar adabiyotlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar 
bilan mos keladi. 
Bir qancha sportchilar mashg‘ulotlar vaqt va mazmun 
jihatdan uyg‘un va mos bo‘lish kerakligini aytgan bo‘lsa,
buni nafaqat bir mashg‘ulot uchun, balki butun bir 
mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshirish lozimligini 
tavsiya etgan. Shuningdek, mashg‘ulotlar tizimli va bir-
birining mantiqiy davomi bo‘lishi kerakligi ilgari surilgan. 
So‘raluvchilardan, asosan, murabbiylik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchilar 
o‘rgatish 
jarayonida 
texnik 
elementlarni detallarga bo‘lib o‘rgatishning maqsadga 
muvofiqligi, o‘rgatish jarayonida turli jihozlardan keng 
foydalanish lozimligi, ya’ni rezina bog‘ichlar, og‘irliklar va 
boshqalar bilan ishlashi lozimligi ilgari surilgan.Texnik 
elementlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish natijasida o‘rganish 
va o‘zlashtirish samarali kechishi ta’kidlangan. 
So‘raluvchilar, asosan, Oliy ta’lim muassasalari 
professor-o‘qituvchilari mazkur so‘rovda o‘ziga xos 
ravishda ishtirok etganlar. Ular tomonidan bildirilgan 
fikrlar mazkur mavzuni yoritishda alohida ahamiyat kasb 
etdi. 
Aksariyat Oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilari mazkur masalada ilmiy yondashuv 
lozimligini aytib o‘tishgan. Unga ko‘ra sportchini puxta 
o‘rganish, rejalarni maqsadga muvofiq ishlab chiqish va 
doimiy monitoring olib borish kerak. Shuningdek, turli 
jihozlardan maqsadga muvofiq foydalanish, texnikani 


83 
takomillashtirishga yo‘naltirish asosiy hisoblanishi qayd 
etilgan. 
Ayrim mutaxassislar, xususan, 10 yildan ortiq ish 
tajribasiga ega bo‘lgan va ilmiy darajali ishtirokchilar
harakatli o‘yinlardan foydalanishni tavsiya etishgan. 
Ularning 
fikricha, 
o‘yinlardan 
foydalanish 
yosh 
sportchilarning tez toliqishi va sportdan zerikishining 
oldini oladi. 
Bir qancha so‘raluvchilar sportchining individual 
xususiyatlariga mos ravishda mashg‘ulotni tashkil qilish 
lozimligini ilgari surishgan. 
So‘raluvchilarning ma’lum bir qismi sportchining 
qiziqishlari, xohish va istaklariga qaratish lozim deyishgan. 
Sportchining ruhiyati katta ahamiyatga egali-gi, dastlab 
sportchida motivatsiyani shakllantirish tavsiya etilgan. 
Respublika miqyosidagi yetakchi murabbiylar tanlash va 
sportchining ijtimoiy holatiga mos ravishda mashg‘ulot 
tashkil qilish kerakligini aytib o‘tishgan. Mashg‘ulotlarni 
puxta rejalashtirish natijalar yuqori bo‘lishini kafolatlashi 
nazarda tutilgan. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling