Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
23-jadval
So‘rovnoma natijalari T/R Jami so‘raluvchilar soni 44 100 % 1 Ilmiy darajalilar 5 11 2 Murabbiylar 22 50 3 Soha mutaxassislari (o‘qituvchilar) 17 39 84 (24-jadval) Berilgan savollarga murabbiy o‘qituvchilarning javoblari 1) Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlarni (jurnallar, maqolalar, kitoblar) o‘qib borasizmi? T/R Javoblar Tanlangan javoblar (%) 1 Ba’zan 10 (23) 2 Ha 33 (75) 3 Yo‘q 1 (2) 2) Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda, asosan, nimalarga ahamiyat qaratish lozim? T/R Javoblar Tanlangan javoblar (%) 1 Jismoniy tayyorgarlik 1 (2) 2 Texnik taktik tayyorgarlik 2 (5) 3 Kompleks tayyorgarlik 14 (32) 4 Sportchi imkoniyatiga mos ravishda 3 (7) 5 Javob yo‘q 1 (2) 6 Hamma javoblar to‘g‘ri 23 (52) Mutaxassislar fikrini yanada keng o‘rganish maqsadida ochiq so‘rovnoma o‘tkazildi. “Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlarni (jurnal, maqolalar, kitoblarni) o‘qib borasizmi?”, - savoliga ishtirokchilar turli darajadagi javoblarni berishgan. Mazkur savolga murabbiylardan biri standart maydon va jihozda mashg‘ulot o‘tkazish hozirgi zamon talabi ekanligini aytgan bo‘lsa, yana bir murabbiy bu savolga 85 sportchilarni tayyorlashda birinchi navbatda sharoitdan kelib chiqish va shu sharoitga mos ravishda mashg‘ulot rejalarini ishlab chiqish kerakligini ma’qulladi, savolga murabbiylardan biri esa mashg‘ulot vaqtida sportchini ish qobiliyatiga qarab usullarni tanlash kerakligini bu holat sportchida zerikish alomatlarini yuzaga chiqarmasligini va sportchida xohish va qiziqishni uyg‘otishini ta’kidladi. Murabbiylardan biri mashg‘ulot jarayonida ko‘proq sportchining fikrlashiga ta’sir etuvchi usullarni qo‘llash lozimligini va bu bilan sportchi har bir mashqni bajarishda ongli ravishda yondashib, mashqlar texnikasini to‘g‘ri bajarishga harakat qilish fikrini ma’qulladi. Yana bir murabbiy mashg‘ulotlarni tashkil qilishda standart jihozlardan foydalanish kerakligini ta’kidladi. Yana bir murabbiy esa mazkur savolga javob tariqasida mashg‘ulotlarni tayyorlov, asosiy, yakuniy, qismlarida ham mashg‘ulot turiga mos ravishda milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish sportchilarda qiziqish yuqori darajada oshishini ta’kidlab o‘tdi, ayrim murabbiylar esa mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilishda aylanma metodlardan foydalanish kerakligini va bu bilan sportchilarni qay darajada jismoniy imkoniyati past va yuqoriligini aniqlash kerakligi to‘g‘risidagi fikrlarni bildirishgan. Mazkur savol yuzasidan tashkil qilingan so‘rovnomaga murabbiylar o‘zlarining mustaqil fikrlarini bildirishga harakat qilishdi. Murabbiylardan yana biri savolga sportchilarni tayyorlashdan oldin ularga nazariy ma’lumot va bilim berish kerakligini aytishgan va bu bilan sportchilar 1-navbatda mashg‘ulot yuklamalarini nazariy 86 jihatdan o‘rganib, har bir yuklamaga ongli munosabatda bo‘lishini ta’kidladi. Mazkur savol yuzasidan yana bir murabbiy jihozlar bilan ko‘proq ishlash kerak degan fikrni bildirgan, yana bir murabbiy esa berilgan savolga ilmiy yondashuvni taklif qildi. Uning fikricha, sportchilarga yuklama berishdan oldin shu yuklamalarni ilmiy jihatdan o‘rganib, keyin ularga berish kerakligi xususida fikr bergan. Mazkur savol yuzasidan murabbiylardan biri mashg‘ulotlarga samarali usullarni kiritish uchun ko‘proq xorijiy mutaxassislar bilan hamfikr bo‘lish va tajriba almashish taklifini bergan. Murabbiylardan yana biri mashg‘ulot davomida beriladigan mashg‘ulot yuklamalarini sportchi imkoniyatiga mos ravishda qo‘llash kerakligini ta’kidlagan, yana bir murabbiy esa sportchining imkoniyatiga qarab yuklama me’yorini oshirib borish kerakligini ilgari surgan. Mazkur savolga murabbiylardan biri sportchini mashg‘ulotga qiqizishini ta’minlash unda mashg‘ulotni bajarishga bo‘lgan xohish yuqori darajada bo‘lishini ta’kidlagan. Murabbiylardan ikki nafari bu savolga bir xil javob berishgan. Ularning fikricha, mashg‘ulot davomida o‘yin usulidan foydalanish sportchilarda zerikishni yo‘qotib, ish qobiliyatini oshiradi. Murabbiylardan biri mashg‘ulotning har bir elementini qismlarga bo‘lib sportchilarni jihozlarda ishlatish kerakligini ta’kidlagan. Mazkur savol yuzasidan murabbiylardan biri sport mashqini bajartirishda vaqt mazmunli o‘tishi uchun sport mashg‘ulotiga yangi usullarni kiritish lozimligini qo‘llab quvvatlagan. Murabbiylardan biri savolga sportchilarni tayyorlashda 87 ko‘proq individual tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratish samarasini ma’qullagan, yana biri esa sportchilarni tanlash jarayonlari mashg‘ulotdan oldin eng asosiysi hisoblanishini ma’qulladi. Savolga murabbiylardan biri sportchini tayyorlashda uning ijtimoiy holati bilan qiziqish sportchilarni faqat mashg‘ulot bilan emas, uning o‘qishi, kundalik hayotida sodir bo‘layotgan ishlari bilan o‘rtoqlashishga o‘rgatish sportchini professional qilib tarbiyalashda asosiy mezon bo‘lib hisoblanishi haqidagi fikrni ma’qullagan. Mazkur savol yuzasidan murabbiylarimizdan yana biri sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishda individual tayyorgarlik texnikasiga yangicha yondashish kerakligini ma’qulladi. Bunda murabbiylar chet el tajribalaridan ko‘proq foydalanish kerakligini ta’kidladi. Yuqoridagi aytilgan fikrlar sportchilarni tayyorlash borasida samarali usullardan foydalanish yoki murabbiy o‘qituvchilarning javoblaridagi aytilgan fikrlarni inobatga olgan holda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlashda mashg‘ulot jarayonida asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi xususida murabbiylarning fikr va mulohazalari o‘rganildi. Bu fikrlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligi o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlandi. Qisqa masofaga yuguruvchi bolalar-o‘smirlarni tayyorlashda murabbiy-larimiz asosiy e’tiborni yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarni inobatga olgan holda tayyorlab borsalar, sportchilarning natijalarining o‘sish saviyasi yaxshilanishi aytib o‘tilgan. 88 “Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim?” - savoliga ishtirokchilar tomonidan o‘ziga xos javoblar berilgan. Berilgan javoblar mazkur masala bo‘yicha yaxlit va umumlashgan tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Mazkur savolga murabbiylardan biri mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda texnik-taktik tayyorgarligini inobatga olishga alohida ahamiyat qaratish lozimligini, yana biri esa mashg‘ulotning samarali o‘tishida sportchi imkoniyatini inobatga olish lozimligini; ayrim murabbiylar sportchilarni tayyorlashda reja puxta ishlangan bo‘lishi kerakligi, ana shundagina mashg‘ulot samarali tashkil qilinishini; murabbiylardan biri mashg‘ulotda aniq maqsad hissini sportchilarda tarbiyalash kerakligini; yana bir murabbiy birinchi navbatda mashg‘ulot samarali bo‘lishi uchun mashg‘ulot yuklamalarini bajarishda sportchilarda qiziqish bo‘lmog‘i kerakligini; yana biri mashg‘ulot jarayonida vaqt va mazmun jihatdan mosligi va mashg‘ulotlarning sistematik tarzda ketma-ketligi rejalashtirilishi hamda o‘rgatishda detallarga bo‘lib o‘rgatish mashg‘ulotni samarali tashkil qilishiga katta yordam berishini; murabbiylardan biri sportchilarni mashg‘ulot davomida kompleks (har tomonlama) tayyorlash samarali ekanligini; murabbiylardan yana biri esa bu savolga individual tayyorgarlikka alohida e’tibor berish mashg‘ulotni samarali tashkil bo‘lishida katta yordam berishini; murabbiylardan biri mazkur savol yuzasidan mashg‘ulot samarali o‘tishida jihozlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish mashg‘ulotning bosh o‘zagi 89 ekanligini; yana biri mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda sportchilarni qiziqtira olish mashg‘ulot samaradorligini bir qancha oshirishini; murabbiylardan yana biri mashg‘ulot jarayonida har bir sportchining individual xususiyatlariga e’tibor berish mashg‘ulot samarasining eng asosiy negizi ekanligini ta’kidlashgan. Murabbiylar tomonidan bildirilgan fikrlarning bir-biriga qanchalik o‘xshashligi yuqoridagi berilgan javoblardan ma’lum. Murabbiylarning fikrlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun aniq javoblar olishga harakat qildik. Mazkur savol yuzasidan murabbiylardan biri mashg‘ulot rejasi qanchalik puxta ishlansa, shuncha samarali bo‘lishini; yana biri mashg‘ulotning samarali o‘tishida jihozlarning yetarli bo‘lishi kerakligini; murabbiylardan biri mashg‘ulot yuklamalarini berishda texnikaga alohida e’tibor berish kerakligini; murabbiylardan yana biri mazkur savol yuzasidan jihozlarning yetarli bo‘lishi kerakligi; murabbiylardan yana biri savolga sportchilarni ruhiy holatiga alohida e’tibor berish mashg‘ulot samaradorligini oshirishini; yana bir murabbiy mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni harakatli o‘yinlarga qaratish lozimigini; murabbiylardan biri yuqoridagi savolga sportchilarni mashg‘ulot vaqtida ko‘proq mustaqil shakldagi mashg‘u-lotlar, ya’ni sportchilarning xohishiga qarab yuklamalarni berishni; ayrim murabbiylar bu savolga sportchilarni mashg‘ulot vaqtida jismoniy tayyorgarligiga e’tibor qaratish mashg‘ulotni samarasiga alohida ta’sir qilishini; murabbiylardan biri bu savolga mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni ortib borishini yo‘lga 90 qo‘yish kerakligini; murabbiylarimizdan biri mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda jihozlarning yetarli bo‘lishi; murabbiylardan biri mazkur savolga mashg‘ulot jara- yonida signalli mashq sistemasidan foydalanish mashg‘ulotning samarasini oshirishini; yana bir murabbiy bu savolga mashg‘ulot jarayonlarida har bir mashqlarning texnikasini detallarga bo‘lib o‘rgatish mashg‘ulot samarasini kafolatlashini; bu savolga yana bir murabbiy mashg‘ulotda texnikani detallarga bo‘lib o‘rgatish orqali sportchilarda texnika bo‘yicha ham nazariy tushuncha va amaliy texnikaga ega bo‘lishini; murabbiylardan yana biri mashg‘ulot jarayonini tashkil qilishda sport turining maxsus mashqlariga alohida e’tibor qaratish mashg‘ulot samarasini kafolatlashini ta’kidlagan. Murabbiylardan ikki nafari bir xil javoblarni berishgan. Ular mashg‘ulot samarali o‘tishi uchun jihozlarning yetarli bo‘lishi natijaning o‘sishida muhim omil ekanligini maqullagan. Mazkur savolga murabbiylardan biri umumiy jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri tashkil qilish mashg‘ulot samarasini oshirishini qayd etgan. Murabbiy o‘qituvchilardan olingan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra bu savolga ham murabbiylar o‘zlarining fikr va takliflarini birma-bir aytib o‘tishgan. Sprinterlarni tayyorlash borasida sportchilarning qaysi jihatlariga alohida e’tibor berish o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlandi. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va BO‘SMda qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni samarali usullarda tayyorlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish bosqichidamiz. 91 Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni yuqorida aytilgan fikrlarga tayangan holda tashkil qilish samarali ekanligi e’tirof etilgan. Sprinterlarni tayyorlashda mashg‘ulot jarayoni 1-o‘rinda turishi bizga ma’lum, ammo mashg‘ulotni qay darajada tashkil qilish bu murabbiyning mahoratiga bog‘liq ekanligi va buning uchun murabbiylar nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlandi. Sprinterlarni tayyorlashda kuch sifatlarini rivojlantirish borasida shtangalardan foydalanish eng samarali ekanligi tadqiqot natijalariga ko‘ra aniqlandi. Bugungi kunda Bolalar-o‘smirlar uchun turli xil og‘irlikdagi shtangalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling