Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- (A chizma)
- 21-jadval 5x100 metrga yugurish 100 m masofa T/R Urinishlar Natijasi
- (B chizma) B
76 20-jadval 5x60 metrga yugurish 60 m masofa T/R Urinishlar Natijasi 1 Urinish 08:05 2 Urinish 08:03 3 Urinish 08:00 4 Urinish 07:91 5 Urinish 07:75 (A chizma) Qisqa masofaga yuguruvchining 60 metr masofaga 5 urinishi misolida ko‘rib chiqamiz. Yugurishning natijalari har bir urinishda mumkin qadar o‘sib boryapti. Murabbiy har bir sportchini mana shunday tartibda tayyorlasa, oxirgi ko‘rsatgan natijasidan yuqoriroq natijani musobaqada ko‘rsatishi mumkin (ya’ni rekord natija). Shuning uchun bu jarayon murabbiyga bog‘liqdir. 77 21-jadval 5x100 metrga yugurish 100 m masofa T/R Urinishlar Natijasi 1 Urinish 12:05 2 Urinish 12:03 3 Urinish 12:00 4 Urinish 12:03 5 Urinish 11:71 (B chizma) B chizmada ko‘rinib turibdiki, qisqa masofaga yuguruvchining 100 metr masofaga 5 urinishda yugurishining natijalari 1-,2-,3-urinishlardagi natijasi o‘syapti, lekin 4-urinishdagi natijasi pastga tushyapti, 5- urinishdagi natijasi esa yana o‘syapti. Bunday tartibda sportchilarni tayyorlab borish ayrim hollarda ijobiy natija beradi, ba’zida salbiy natija berishi mumkin. Bunday tayyorgarlikda sportchilarni tayyorlash asosiy musobaqalarda oxirgi ko‘rsatgan natijasidan yuqori natijani yo ko‘rsatadi, yo umuman pastga tushib ketadi. Bu 78 holda sportchilarning tayyorlov davri normal holatda emas degan xulosaga kelish mumkin. Biz qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlashda sportchilarni A chizmadagi o‘sish darajasidagidek natija ko‘rsatishini taminlashimiz kerak, bu esa ijobiy samara berishi mumkin. Bu tartibda mashg‘ulotni tashkil qilish sportchining tayyorlov davriga to‘g‘ri keladi. Agar sportchi A chizmadagidek tayyorlab borilsa, oxirgi ko‘rsatgan natijasini yangilashga harakat qiladi va rekord natijani qo‘lga kiritishi mumkin. Suhbat so‘ngida H.Norbekov: “Qisqa masofaga yuguruvchi iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun murabbiylar, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida tanlov o‘tkazib yengil atletika sport turini targ‘ib qilib, qobiliyatli bolalar va o‘smirlarni saralab olish kerak. Ana shundagina bizning sprinterlarimiz katta natijalarga erishishi mumkin. Bugungi kunda murabbiylarimiz qo‘l ostidagi eng kuchli sportchisi bilan cheklanib qolyapti. Bu esa sportchilarda yulduzlik kasalining kelib chiqishiga zamin yaratadi. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, shug‘ullanayotgan sportchilar orasida raqobatbardosh sportchilar ko‘p bo‘lsa, ularga men taqlid qilib natijamni keyingi Paralimpiya, ya’ni 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida bundan-da yuqori natijani ko‘rsatib 2- bor Jahon rekordini qayd etishim mumkin. 79 Shuning uchun bizning natijalarimiz bir joyda qotib qolyapti. Agarda murabbiylarimiz kuchli sportchilari yoniga yana sportchilarni qo‘shib, raqobatlashib tayyorlab borsa, o‘sish bundan-da yuqori bo‘ladi. Aytaylik, ikkita kuchli sprinterchi bo‘lsa, yoniga yana ikkita xuddi shunga o‘xshash natijadagi sprinterchini tayyorlab qo‘shsa, ular o‘zaro raqobatbardosh bo‘lib natijasi bundan-da yuqori bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mana shu kamchilik tufayli sportchilarimiz natijasi bir joyda qotib qolyapti, bu esa o‘sishda bir qancha noqulayliklarni olib kelishi mumkin”, - deydi. Musobaqa jarayonining oxirgi kuni kuzatildi. 4x400 metr estafeta bahsiga start berilishiga oz fursat qoldi. Samarqand jamoasining murabbiyi M.Karimovning estafeta bahsidan biroz oldin natija haqida fikri so‘raldi. Murabbiy musobaqada qatnashayotgan Samarqand jamoasi a’zolari xatolikka yo‘l qo‘ymaydigan sportchilar ekanligini ta’kidladi. Samarqand viloyati jamoasidan 1-400 metr masofa uchun H.Mogametrasulov, 2-400 metr masofa uchun S.Baxtiyorov, 3-400 metr masofa uchun S.Tog‘ayev va 4- 400 metr masofa uchun Sh.Baratov yugurishi ma’lum bo‘ldi. Bu sportchilar Samarqand jamoasining eng nufuzli, kuchli sprinterlari ekanligi aniqlandi. Estafeta bahsiga start berildi. Natijalarga ko‘ra 1-400 metr masofani H.Mogametrasulov 2-bo‘lib, 2-400 metr masofa uchun yuguruvchi S.Baxtiyorovga estafeta tayoqchasini yetkazib berdi, S.Baxtiyorov esa raqiblarini 25-30 metr masofada ortda qoldirib estafeta tayoqchasini 1-bo‘lib, 3-400 metr 80 masofaga yuguruvchi S.Tog‘ayevga yetkazdi, S.Tog‘ayev esa raqiblarini 50-55 metr uzoqlikda qoldirib estafeta tayoqchasini 4-400 metr masofaga yuguruvchi Sh.Baratovga 1-bo‘lib yetkazib berdi, Sh.Baratov esa raqiblarini 80-90 metr uzoqlikda ortda qoldirib marra chizig‘ini 1-bo‘lib kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tkazilgan estafeta bahsida qisqa masofaga yuguruvchilar orasidan S.Tog‘ayev 51.74 natija bilan 400 metr masofani bosib o‘tib sport ustaligiga nomzod(KMS) natijani qayd etdi. Samarqand viloyatining qisqa masofalarga yuguruvchilari Respublikada 1-o‘rin egallashdi. Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan kuzatish jarayoni orqali muammoning amaliyotdagi holatiga oydinlik kiritildi. O‘tkazilgan shu musobaqa orqali Respublikamizning barcha viloyatlarini qisqa masofalarga yuguruvchilari tizimli ravishda kuzatildi. Qisqa masofalarga yugurish borasida Samarqand viloyati jamoasining natijalari yuqori o‘rinda ekanligi aniqlandi. O‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra qisqa masofalarga yugurish borasida 200-400 metrlarga, 110- 400 metr g‘ovlar osha yugurish bahsida hamda 4x100 va 4x400 metr estafeta bahslarida Samarqand viloyati jamoasiga teng keladigan raqiblar topilmadi. 100 metr masofaga esa Farg‘ona viloyatining Dang‘ara shahri sportchilariga teng keladigan sportchilar topilmadi. Sportchilarning ish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha olib borgan testlarimizda ishtirok etgan yuguruvchilarning musobaqadagi ko‘rsatgan natijasini kuzatish orqali biz olib 81 borgan test natijalari bilan qanchalik bog‘liq ekanligini aniqldik. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling