Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

 


76 
20-jadval 
5x60 metrga yugurish 
60 m masofa 
T/R Urinishlar Natijasi 
 
 

Urinish 
08:05 

Urinish 
08:03 

Urinish 
08:00 

Urinish 
07:91 

Urinish 
07:75 
(A chizma) 
 
Qisqa masofaga yuguruvchining 60 metr masofaga 5 
urinishi misolida ko‘rib chiqamiz. Yugurishning natijalari 
har bir urinishda mumkin qadar o‘sib boryapti. Murabbiy 
har bir sportchini mana shunday tartibda tayyorlasa, 
oxirgi 
ko‘rsatgan 
natijasidan 
yuqoriroq 
natijani 
musobaqada ko‘rsatishi mumkin (ya’ni rekord natija). 
Shuning uchun bu jarayon murabbiyga bog‘liqdir. 


77 
21-jadval
5x100 metrga yugurish 
100 m masofa 
T/R Urinishlar 
Natijasi 
 

Urinish 
12:05

Urinish 
12:03

Urinish 
12:00

Urinish 
12:03

Urinish 
11:71
(B chizma) 
 
B chizmada ko‘rinib turibdiki, qisqa masofaga 
yuguruvchining 100 metr masofaga 5 urinishda 
yugurishining natijalari 1-,2-,3-urinishlardagi natijasi 
o‘syapti, lekin 4-urinishdagi natijasi pastga tushyapti, 5-
urinishdagi natijasi esa yana o‘syapti. Bunday tartibda 
sportchilarni tayyorlab borish ayrim hollarda ijobiy natija 
beradi, ba’zida salbiy natija berishi mumkin.
Bunday tayyorgarlikda sportchilarni tayyorlash asosiy 
musobaqalarda oxirgi ko‘rsatgan natijasidan yuqori 
natijani yo ko‘rsatadi, yo umuman pastga tushib ketadi. Bu 


78 
holda sportchilarning tayyorlov davri normal holatda 
emas degan xulosaga kelish mumkin. 
Biz qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlashda 
sportchilarni A chizmadagi o‘sish darajasidagidek natija 
ko‘rsatishini taminlashimiz kerak, bu esa ijobiy samara 
berishi mumkin. 
Bu tartibda mashg‘ulotni tashkil qilish sportchining 
tayyorlov davriga to‘g‘ri keladi. Agar sportchi A 
chizmadagidek tayyorlab borilsa, oxirgi ko‘rsatgan 
natijasini yangilashga harakat qiladi va rekord natijani 
qo‘lga kiritishi mumkin. 
Suhbat so‘ngida H.Norbekov: “Qisqa masofaga 
yuguruvchi iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun 
murabbiylar, maktab, akademik litsey, kasb-hunar 
kollejlarida tanlov o‘tkazib yengil atletika sport turini 
targ‘ib qilib, qobiliyatli bolalar va o‘smirlarni saralab olish 
kerak. Ana shundagina bizning sprinterlarimiz katta 
natijalarga 
erishishi 
mumkin. 
Bugungi 
kunda 
murabbiylarimiz qo‘l ostidagi eng kuchli sportchisi bilan 
cheklanib qolyapti. Bu esa sportchilarda yulduzlik 
kasalining kelib chiqishiga zamin yaratadi. Men o‘z 
tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, 
shug‘ullanayotgan sportchilar orasida raqobatbardosh 
sportchilar ko‘p bo‘lsa, ularga men taqlid qilib natijamni 
keyingi Paralimpiya, ya’ni 2020-yilda Yaponiyaning Tokio 
shahrida bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida 
bundan-da yuqori natijani ko‘rsatib 2- bor Jahon rekordini 
qayd etishim mumkin. 


79 
Shuning uchun bizning natijalarimiz bir joyda qotib 
qolyapti. Agarda murabbiylarimiz kuchli sportchilari 
yoniga yana sportchilarni qo‘shib, raqobatlashib tayyorlab 
borsa, o‘sish bundan-da yuqori bo‘ladi. Aytaylik, ikkita 
kuchli sprinterchi bo‘lsa, yoniga yana ikkita xuddi shunga 
o‘xshash natijadagi sprinterchini tayyorlab qo‘shsa, ular 
o‘zaro raqobatbardosh bo‘lib natijasi bundan-da yuqori 
bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mana shu kamchilik 
tufayli sportchilarimiz natijasi bir joyda qotib qolyapti, bu 
esa o‘sishda bir qancha noqulayliklarni olib kelishi 
mumkin”, - deydi. 
Musobaqa jarayonining oxirgi kuni kuzatildi. 4x400 
metr estafeta bahsiga start berilishiga oz fursat qoldi. 
Samarqand jamoasining murabbiyi M.Karimovning 
estafeta bahsidan biroz oldin natija haqida fikri so‘raldi. 
Murabbiy musobaqada qatnashayotgan Samarqand 
jamoasi a’zolari xatolikka yo‘l qo‘ymaydigan sportchilar 
ekanligini ta’kidladi.
Samarqand viloyati jamoasidan 1-400 metr masofa 
uchun H.Mogametrasulov, 2-400 metr masofa uchun 
S.Baxtiyorov, 3-400 metr masofa uchun S.Tog‘ayev va 4-
400 metr masofa uchun Sh.Baratov yugurishi ma’lum 
bo‘ldi. Bu sportchilar Samarqand jamoasining eng nufuzli, 
kuchli sprinterlari ekanligi aniqlandi. Estafeta bahsiga 
start berildi. Natijalarga ko‘ra 1-400 metr masofani 
H.Mogametrasulov 2-bo‘lib, 2-400 metr masofa uchun 
yuguruvchi S.Baxtiyorovga estafeta tayoqchasini yetkazib 
berdi, S.Baxtiyorov esa raqiblarini 25-30 metr masofada 
ortda qoldirib estafeta tayoqchasini 1-bo‘lib, 3-400 metr 


80 
masofaga yuguruvchi S.Tog‘ayevga yetkazdi, S.Tog‘ayev 
esa raqiblarini 50-55 metr uzoqlikda qoldirib estafeta 
tayoqchasini 
4-400 
metr 
masofaga 
yuguruvchi 
Sh.Baratovga 1-bo‘lib yetkazib berdi, Sh.Baratov esa 
raqiblarini 80-90 metr uzoqlikda ortda qoldirib marra 
chizig‘ini 1-bo‘lib kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. 
O‘tkazilgan estafeta bahsida qisqa masofaga yuguruvchilar 
orasidan S.Tog‘ayev 51.74 natija bilan 400 metr masofani 
bosib o‘tib sport ustaligiga nomzod(KMS) natijani qayd 
etdi. 
Samarqand 
viloyatining 
qisqa 
masofalarga 
yuguruvchilari Respublikada 1-o‘rin egallashdi. 
Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan kuzatish jarayoni orqali 
muammoning amaliyotdagi holatiga oydinlik kiritildi. 
O‘tkazilgan shu musobaqa orqali Respublikamizning 
barcha viloyatlarini qisqa masofalarga yuguruvchilari 
tizimli ravishda kuzatildi. Qisqa masofalarga yugurish 
borasida Samarqand viloyati jamoasining natijalari yuqori 
o‘rinda ekanligi aniqlandi. 
O‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra qisqa 
masofalarga yugurish borasida 200-400 metrlarga, 110-
400 metr g‘ovlar osha yugurish bahsida hamda 4x100 va 
4x400 metr estafeta bahslarida Samarqand viloyati 
jamoasiga teng keladigan raqiblar topilmadi. 100 metr 
masofaga esa Farg‘ona viloyatining Dang‘ara shahri 
sportchilariga teng keladigan sportchilar topilmadi.
Sportchilarning ish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha olib 
borgan testlarimizda ishtirok etgan yuguruvchilarning 
musobaqadagi ko‘rsatgan natijasini kuzatish orqali biz olib 


81 
borgan test natijalari bilan qanchalik bog‘liq ekanligini 
aniqldik. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling