Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………… 4-8 I BOB. BOLALAR-O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILAR TAYYORGARLI
- ……....................................................................................
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………...
Tuzuvchi: Utayev Z. M.
Ma’sul muharir o‘qituvchi F.Axmedov Taqrizchilar: prof. J. Eshnazarov, dots. Y. Masharipov ISBN 978-9943-5372-9-3 © Samarqand davlat universiteti ,2019 3 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………………4-8 I BOB. BOLALAR-O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILAR TAYYORGARLI- GINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOS-LARI……………………….8 1.1.Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchilar tayyorgarligining nazariy asoslari…………………8-13 1.2.Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining metodik asoslari……………………………………………………………………………...13-39 II BOB. BOLALAR-O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILAR MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODLAR……………………………………………………………….39 2.1.Qisqa masofaga yuguruvchilar ish qobiliyatini oshirish metodikasi……....................................................................................39-54 2.2. Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilar mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi……………………………………………………54-94 Xulosa.................................................................................................94-97 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………...97-100 4 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, barcha sohalarda rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini belgilab oldi. Ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan noyob tizim dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori darajada baholanmoqda. Ayniqsa, Respublikamizda bolalar sportini rivojlantirish masalasida olib borilayotgan izchil islohotlar yosh sportchilarni tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda bolalar sporti tobora ravnaq topib, rivojlanib bormoqda. Bugun mamlakatimizda ikki milliondan ziyod yoshlar sportning 30 dan ziyod turi bilan shug‘ullanmoqda. Ular sog‘lom, kuchli, mard va qat’iyatli bo‘lib kamolga yetayotir. Sport orqali farzandlarimizning irodasi toblanmoqda, turmush tarzi, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida qad ko‘targan zamonaviy, barcha sharoitlarga ega sport majmualari o‘g‘il-qizlar bilan gavjum. Ular bu yerda o‘zlari istagan sport turi bilan doimiy shug‘ullanib, salomatliklarini mustahkamlamoqda, tajriba va mahoratlarini oshirish barobarida xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir, yetuk sportchilar bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko‘plab sport turlari bilan birga yengil atletika ham rivojlana boshladi va uni yanada rivojlantirishga ulkan sharoit yaratildi. Olimpiya dasturidan joy olgan yengil atletika ham mamlakatimizda tobora rivojlanib o‘g‘il-qizlar o‘rtasida 5 ommalashib borayotgan sport turlaridandir. Sportga oid qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi ko‘plab sport turlari rivojlanishi qatorida yengil atletika rivojini ham yangi bosqichga ko‘tardi [1, 2, 3, 4]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida” gi qarorida iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarni shakllantirish, ularning nufuzli musobaqalarga munosib ishtirokini ta’minlash, ko‘p yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlariga iqtidorli sportchilarni izlab topish, mashg‘ulot jarayonlarini samarali tashkil qilish, 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida esa Respublika hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarida, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi bilan Xalqaro havaskorlar yengil atletika federatsiyasi (IAAF) o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi( 2013-yil, noyabr)ga asosan 2014-2018-yillarda mamlakatimizda yengil atletikani bolalar o‘rtasida rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va musobaqalar dasturi ishlab chiqilgan. Hozirga kelib mamalakatimizda ko‘plab sport turlari rivojlandi, bular qatorida hech ikkilanmay yengil atletika 6 sport turini ham kiritish mumkin. Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida yengil atletika bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlarini tashkil qilish, xususan, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlash tobora takomillashuvga ehtiyoj sezmoqda. Buning asosiy sababini quyidagilarda ko‘rish mumkin: [5,6,7] - jamiyatda sportning o‘rni va ahamiyati ortishi; - sport sohasidagi tadqiqotlarning tez suratlar bilan rivojlanishi va yangilanishi; - bolalar sportini yangi yo‘nalish sifatida rivojlanishi. Umuman olganda, sport zaxirasini tayyorlashda sportchilarni tayyorlashning quyidagi bosqichlari amalga oshirilmoqda: boshlang‘ich tayyorlov, o‘quv mashq, oliy sport mahorati guruhlari bolalar- o‘smirlar sport maktablarida tashkil qilingan. Shu o‘rinda ushbu guruhlarda ham qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlash jarayonini tashkil qilish, bugungi kungacha erishilgan tajribalarga asoslanish, yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish va yangi istiqbol faoliyatini shakllantirish bilangina samarali amalga oshirish mumkin. Bu esa bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashda turli samarali usullardan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu o‘rinda aytishimiz mumkinki, yuqorida sanab o‘tilgan malakali sportchilarimizga zahira tayyorlash bolalar- o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni kuchli qilib tarbiyalash, yangi samarali 7 usullarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir [8,9,10]. Shu bilan birgalikda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida yengil atletika bo‘limlarida qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlash bugungi kungacha mamlakatimizda ilmiy jihatdan o‘rganilmagan. BO‘SMda sprinterlar tayyorlashning samarali usullarini ishlab chiqish va ilmiy talqin qilish mazkur masala bo‘yicha muayyan darajadagi ilmiy yutuq hisoblanadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling