Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining metodik
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
1.2. Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining metodik
asoslari Respublikamizning tuman va shaharlarida qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlash borasida Respublikamizda T.S.Gladkova (Samarqand), H.Norbekov (Navoiy), M.Karimov (Samarqand), P.Varobyev (Toshkent), S.To‘rayev (Samarqand), H.Mogametrasulov (Samarqand), D.Mustafayev (Samarqand), J.Abdullayev (Samarqand), A.Iskandarov (Samarqand), V.Gasparyan (Samarqand), P.Irina (Samarqand), A.Omonova (Samarqand), S.Tog‘ayev (Samarqand), S.Ubaydullayev (Samarqand), F.Hayriddinov (Samarqand) singari 14 murabbiylar bilan R.Ruzayev (Buxoro), F.Abdujabborov (Toshkent), B.Eshonov (Navoiy) singari murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Sportchilarni tayyorlashda murabbiy asosiy e’tiborni sportchining xatti- harakatiga va jismoniy imkoniyatlariga e’tibor qaratadi. Sprinterlarni tayyorlashdan oldin ularni shu turga saralab olish va jalb qilish soha mutaxassislaridan kuchli matonat talab qiladi. Muammoning amaliyotdagi holatini o‘rganish maqsadida Samarqand shahrida 11 yildan buyon qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashda faoliyat ko‘rsatayotgan murabbiy M.Karimovning mashg‘ulot jarayonini kuzatdik. Murabbiy sportchilarga kunlik yuklamalarni berishda 60% sportchilarning xohishiga va kayfiyatiga qarashini va shu yuklama orasida reja asosidagi mashqlarni ham berib o‘tishini ta’kidladi. Mashg‘ulot jarayonida murabbiyning qattiqqo‘lligi, tegishli joyda sportchilarning ruhiyatini ko‘tarishi e’tiborimizni tortdi. Murabbiy qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlashda 30% davriy nashrlardan, 40% internet ma’lumotlaridan, 30 % o‘z tajribasidan foydalanar ekan. Muammoning amaliyotdagi holatiga yanada aniqlik kiritish maqsadida o‘smirlar va kattalar o‘rtasida sportning yengil atletika turidan Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasini kuzatdik. Muammoga oydinlik kiritish maqsadida Respublikamizning bir qancha murabbiylari fikrlari bilan o‘rtoqlashdik. Respublika yengil atletika federatsiyasi sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i F.Abdujabborov bu borada 15 bizga tegishli fikr va takliflar berib o‘tdi. “Qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlashda xorijdagi yetakchi uslublarni, ya’ni mashg‘ulot jarayonlarini internet ma’lumotlari orqali ko‘rib, o‘rganib chiqib, bizning sharoit va iqlimga mos keladigan yuklamalarni sportchilarda qo‘llashimiz kerak”, - deydi murabbiy. “Ana shundagina bizda bu borada o‘sish, keskin rivojlanishi mumkin”, - deya o‘zining mustaqil fikrini bayon qildi. Murabbiylarning ishi mashg‘ulot jarayonida samarali va yaxshi bo‘lishi uchun ilmiylikka ko‘proq e’tibor berishi kerak. Bugungi kunda yengil atletika borasida yoqlangan doktorlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalarni o‘qib o‘rganish va mashg‘ulot jarayonida qo‘llash, iqlimga qarab yuklama berish, qisqa masofalarga yuguruvchilarni bundan-da kuchli qilib tarbiyalash mumkinligini murabbiy suhbat chog‘ida ta’kidlab o‘tdi. Muammoga to‘laqonli oydinlik kiritish maqsadida qisqa masofaga yugurish bo‘yicha sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan hamyurtimiz Pyotr Varobyovning sprinterlarni tayyorlash borasidagi fikr va xulosalarini eshitdik. “Bugungi kunda qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlashda murabbiylar mashg‘ulot jarayonlarida texnika va taktikaga kam ahamiyat bermoqda. Deyarli hamma murabbiylarda bir maqsad - g‘alaba qozonishga intilish kuchli, xolos. Sportchilarni tayyorlashda yangicha usullardan foydalanish, chet el tajribalarini o‘rganib qo‘llash juda kam holatlarda murabbiylarimiz tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Natijada sprinterlarimizning jahon olimpiadasi 16 musoboqalaridan chetda qolganliklarini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlashda bir qancha qo‘llanilmagan samarali usullar kitoblar, turli ilmiy ishlarda mavjud. Ularni sprinterlarimizda qo‘llash uchun esa murabbiylarimiz kitob o‘qishi, internet ma’lumotlaridan foydalanishi kerak”, - deydi murabbiy P.Varobyov. Biz kuzatishimizdan kelib chiqib shu narsaga oydinlik kiritdikki, bugungi kunda qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashda murabbiylar ko‘proq davriy nashr, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar hamda chet el tajribalaridan foydalangan holda mashg‘ulot jarayonini tashkil qilsa, sportchilarimizni tayyorlash borasida bir qancha yuksak natijalar va marralarni ishg‘ol etishga ko‘maklashgan bo‘lar edik. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling