17
Shuningdek,
ushbu olimlar fikricha, mutaxassislar
ham turli maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ularni
quyidagicha izohlab o‘tish mumkin:
1.
Moslashtiruvchi mikrosikllar.
Ularning asosiy
xususiyati va vazifasi - sportchi organizmini dastlabki
yuklamaga tayyorlash yoki moslashtirish. Umuman olganda,
ushbu mikrosikllar sport amaliyotida keng qo‘llaniladi.
2. Rivojlantiruvchi mikrosikl. Odatda mashg‘ulotlar
jarayonidagi eng katta yuklamalarga organizm ta’sirini
xarakterlaydi. Rivojlantiruvchi mikrosikllarning asosiy
vazifasi - sportchining yuqori sport
mahoratiga erishishini
ta’minlash.
3. Stabillashtiruvchi mikrosikllar. Uning asosiy
xususiyati - sportchi organizmini jismoniy yuklamalarga
moslashganlik
darajasini saqlab turish, yuqori jismoniy
yuklamalar hajmini barqaror ushlab turish.
4. Nazorat mikrosikllari. Sportchining kompleks
tayyorgarligi va mahoratini nazoratdan o‘tkazish.
Bunda
asosiy e’tibor sportchi mahoratini baholash va saqlab
turishga qaratiladi.
5.
Passiv
mikrosikl(dam
oldiruvchi)
asosan
musobaqalardan keyin yuklamalar hajmi past bo‘lgan
hollarda qo‘llaniladi. Uning asosiy xususiyati sportchining
kelgusi
tayyorgarlik
rejasini
amalga
oshirishga
ko‘maklashadi [17,18,19].
Bugungi
kunda sportda, xususan, bolalar - o‘smirlar
sportida rejalashtirish va davrlashtirish ilmiy muammo
sifatida aks etmoqda. Uni turli olimlar turlicha talqin qilib,
o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. (L.P. Matveyev 1997-1991., Yu.V.
18
Verxoshanskiy 1997-2000-2002., F.A. Kerimov 2004., R.S.
Salomov 2005)
Biz tomonimizdan o‘tkazilgan
tadqiqot va kuzatishlar,
mutaxassislar fikrlarini o‘rganish va adabiyotlarni tahlil
qilish Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sprinterlar
tayyorlash quyidagicha ekanligini ko‘rsatdi:
Do'stlaringiz bilan baham: