Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
-urinish. 150 metr-18.03 2-urinish
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 400metr (150) 18:150x400=48
1-urinish. 150 metr-18.03
2-urinish. 150 metr-18.01 3-urinish. 150 metr-18.00 4-urinish. 150 metr-18.00 5-urinish. 150 metr-17.94 5ta urinishni o‘rtacha vaqti chiqariladi, 18.03+18.01+18.00+18.00+17.94=89.99 89.99 natija 5 ta urunishga bo‘linadi va ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natija kelib chiqadi. 89.99:5=17.998 bu taqriban 18 ga teng. 69 Endi murabbiy 400 metrga yuguruvchini 80-90% kuchda 150 metr masofadagi o‘rtacha natijasi chiqarilib qayd qilindi. 400metr (150) 18:150x400=48 Demak 400 metrga qisqa masofaga yuguruvchi S.Baxtiyorov ertangi musobaqada 400 metr masofani 48 soniyada bosib o‘tish mumkinligi murabbiyning hisob- kitobi bo‘yicha chiqarildi. Murabbiyning qisqa masofalarga yuguruvchilarni bu hisoblash usuli orqali ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natijasini oldindan bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa sportchinining ish qobiliyatini oshiradi. Murabbiy qisqa masofaga yuguruvchilarni turli xil masofalari bo‘yicha imkoniyatini mana shu usul orqali tekshirishi aniqlandi. Mavzuni o‘rganish maqsadida musobaqa bosh kotibi N.T.Andreyevaning bugungi kunda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasidagi fikrlari eshitildi. Bugungi kunda bizning qisqa masofalarga yuguruvchilarimiz chet el sportchilaridan ancha orqada, chunki aynan qisqa masofalar bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli darajada emas. Bunda murabbiylarning qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasidagi bilim va malakalari qoniqarli emasligi ta’kidlandi. Qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida Respublikamizda qilingan ilmiy ishlar, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar juda kam, chet el tajribalaridan foydalanish esa til bilan bog‘liqligi, bu esa murabbiylarimizda qoniqarli emasligi ta’kidlandi. Umuman olganda, murabbiylarimizni ko‘proq ilmiylikka berilishi, kitoblar va maqolalar, 70 dissertatsiyalardan foydalangan holda mashg‘ulot jarayoniga yangicha usullarni qo‘llab natijani o‘stirishi foydadan holi emas. Ana shundagina bizning sprinterlarimizning natijalari o‘sib borishi mumkin. N.T.Andreyeva shunday deydi: “Mening turmush o‘rtog‘im yoshligida yengil atletika bo‘yicha yuqori malakali sportchi bo‘lgan. Hozirda mening 2 nafar farzandim olimpiada g‘olibi. 1-o‘g‘lim L.V.Andreyev 19 yoshida Yamaykada sportning yengil atletika bo‘yicha langarcho‘p bilan sakrash va ko‘p kurash turidan (2002- yil) jahon olimpiadasi g‘olibi. 2-o‘g‘lim esa P.B.Andreyev 1 marta qishki olimpiada o‘yinlari (2005-yil) g‘olibi, ko‘p kurash bo‘yicha Osiyo chempioni, 3 marta Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori, 1 marta Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori. Farzandlarimning bunday natija ko‘rsatishida turmush o‘rtog‘imning mehnati katta, chunki ularning murabbiyi turmush o‘rtog‘im edi. Farzandlarimning mashg‘ulot jarayonidan tortib, dam olishi, yurish-turishi, kiyinishi, ovqatlanish ratsioni- hammasini o‘zi nazorat qilib borardi. Bu esa o‘z natijasini berdi. Farzandlarim olimpiada g‘olibi bo‘ldi. Men aytmoqchimanki, har bir murabbiy o‘z shogirdini o‘z farzandidek ko‘rib tarbiyalasa, tayyorlasa, bu o‘z navbatida samarasini beradi”. Murabbiyning fikr va takliflaridan shunday xulosaga keldikki, qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida murabbiylarimizda yetarlicha kamchiliklar mavjud, bu esa qisqa masofalarga yuguruvchilarni ilmiy 71 jihatdan o‘rganish va talqin qilishga ehtiyoj borligini ko‘rsatmoqda. Musobaqa jarayoni kuzatishda davom etildi. Samarqand viloyatining sprinterlari 200-400 metrlarga, 110-400 metrlarga g‘ovlar osha yugurish bahslarida Respublikadagi raqiblarini ortda qoldirib birinchilikni qo‘lga kiratayotganligi tizimli ravishda kuzatildi. Musobaqaning ertangi kunida 4x100 metr hamda 4x400 metr estafeta bahslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Mavzuni to‘laqonli yoritish maqsadida sobiq ittifoq davrida (1985-yil)100 metrga yugurish va estafeta bahslarida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan P.V.Varobyevga so‘rovnoma bilan murojaat qildik: - Sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlarni (jurnallar, maqolalar, kitoblar) o‘qib borasizmi? - Ha. - Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni taklif qilasiz? - Bugungi kunda qisqa masofalarga yuguruvchilarimiz samarali usullarga muhtoj, ammo ularni yaratish uchun ko‘proq ilmiy adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilib, yangi usullarni topib, sprinterlarimizda qo‘llab ko‘rishimiz kerak. Buning uchun murabbiylar ilmiylikka e’tibor berib, adabiyotlarni o‘rganmog‘i zarur. - Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda, asosan, nimalarga ahamiyat qaratish lozim? 72 - Sportchilarni imkoniyatiga mos ravishda tayyorlash kerak. - Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim? - Murabbiylar yakka tartibda sportchilar bilan alohida shug‘ullanishi har bir qisqa masofaga yuguruvchiga beriladigan yuklamani bajarishda oyoq paxini qanchalik to‘g‘ri bajarishiga alohida e’tibor berish natijaga erishishning negizi hisoblanadi. Qisqa masofalarga yuguruvchilarni 4x100 metr estafeta bahsini kuzatishda davom etdik. Biroz vaqt oldin estafeta musobaqasida ishtirok etuvchi sportchilarni Samarqand jamoasi murabbiyi M.Karimov, ularning o‘rtacha vaqtini hisoblab bergan edi. Agarda Samarqand jamoasi 4x100 metr estafeta bahsida xatolikka yo‘l qo‘ymasdan yugursalar, murabbiy M.Karimovning hisob- kitobi bo‘yicha marra chizig‘ini raqiblarini 30-40 metr ortda qoldirib o‘tishi taxmin qilingan edi. Bu taxminlar qanchalik to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun musobaqani kuzatishda davom etdik. Musobaqaga start berildi. 1x100 metr masofani sportchilarimiz 2-3 metr raqiblarini ortda qoldirib, estafeta tayoqchasini yetkazib berdi. 2x100 metr masofani 7-10 metr raqiblarini ortda qoldirib estafeta tayoqchasini yetkazdi, 3x100 metr masofani 10-15 metr raqiblarini ortda qoldirib estafeta tayoqchasini yetkazib berdi, oxirgi ishtirokchi 4x100 metr masofani 25-30 metrga raqiblarini ortda qoldirib, Samarqand viloyat jamoasi 1-bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Samarqand 73 jamoasi murabbiyi M.Karimovning taxminlariga bu natija qanchalik yaqin ekanligi kuzatish davomida aniqlandi. Bu borada murabbiyning kasbiy mahorati o‘z isbotini topdi. Musobaqa davomida bizni 4x400 metr masofaga estafeta bahsi kutmoqda edi. Yengil atletikachilarni tayyorlashning yangi metodlarini chuqurroq o‘rganish maqsadida Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasida dastlabki medalni qo‘lga kiritgan yengil atletikaning disk uloqtirish bahslarida 59.75 metr natija bilan paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan hamyurtimiz Husniddin Norbekovga so‘rovnoma bilan murojaat qildik. Yengil atletika sportini yanada rivojlanishi uchun hamda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida murabbiy o‘qituvchilardan turlicha fikr va takliflar eshitildi. Husniddin Norbekov garchi sprinter bo‘lmasa-da, yengil atletika sportini rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi fikr va mulohazalarini bildirdi: “Olimpiada o‘yinlarida ikkinchi bor qatnashishim edi. Bundan oldingi musobaqada ishtirok etib, yuqori natija qayd qilolmadim, juda tushkun holatda yurtimizga qaytgandim. Hattoki mashg‘ulot jarayonlarini davom ettirishga xohish va istaklarim qolmagandi, murabbiyim I.Shishkov meni bu tushkun vaziyatdan chiqishimga yordam berdi. Murabbiyim menda iste’dod va kuchli qobiliyat borligini, keyingi olimpiada o‘yinlarida yuqori natijani qo‘lga kiritishimga menda ishonch hissini uyg‘otdi. 74 Tinim bilmasdan Rio (2016) Olimpiadasiga kuchli tayyorgarlik ko‘rdik. Men esa hamma narsadan voz kechib faqat va faqat maqsad sari intildim. Murabbiyim meni juda ko‘p marta g‘olib bo‘lishga ishontirar va buning uchun faqat kuchli tayyorgarlik kerakligini doim uqtirib borardi. Saviyali va samarali mashg‘ulotdan so‘ng Rio-2016 Paralimpiadasida faol qatnashib rekord natijani qo‘lga kiritdim. Men musobaqada yengil atletika sportini bundan- da rivojlantirish kerakligini, buning uchun har bir murabbiy mening ustozim singari yangidan yangi metodlardan foydalangan holda sportchilar ustida tinmay ishlashi, bu o‘z samarasini berishini tushundim”. Suhbat so‘ngida H.Norbekovga yengil atletikachilarni tayyorlash borasida so‘rovnoma bilan murojaat qildik: - Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlarni (jurnal, maqolalar, kitoblarni) o‘qib borasizmi? - Ha. - Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni taklif qilasiz? - Qisqa masofalarga yuguruvchilarda kuch va tezkorlik 1-o‘rinda turadi, kuch sifati yaxshi rivojlangan bo‘lmasa, tezkorlikni bajarishi bir muncha murakkabdir. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib kuch sifatlarini, asosan, qish oylarida tarbiyalash maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Kuch sifatlarini tarbiyalashda dekabr, yanvar, fevral oylari og‘ir yukda shtangalar bilan ishlab, kuchni zaxira qilish samarali hisoblanadi. Yilning uch oyida kuchni zaxira qilish yil 75 davomida mashg‘ulotga yetadigan energiya zaxirasiga to‘g‘ri keladi. - Sportchilarni Musobaqaga tayyorlashda, asosan, nimalarga ahamiyat qaratish lozim? - Jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat qaratish lozim, chunki sportchilarni tayyorlashdan ularni saralab olish murabbiydan katta mahorat talab qiladi. Ularning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalamasdan turib, qaysi turga yo‘naltirishda bir qancha qiyinchilikka uchrashimiz mumkin. Shuning uchun jismoniy tayyorgarligiga ahamiyat qaratish, so‘ngra texnika va taktikaga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tayyorgarligini kuchli tayyorlamasdan turib, texnika va taktikaga ishlatish samarasiz hisoblanadi. - Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim? - Murabbiy mashg‘ulot yuklamalarini sportchilarga berayotgan vaqtida sportchining o‘sish darajasi pastdan yuqoriga qarab rivojlanishi kerak, murabbiy esa o‘z shogirdini shunga doim o‘rgatib, shu tariqa yuklamalarni berib borishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, qisqa masofaga yuguruvchi bugungi reja bo‘yicha 5x60 va 5x100 metr masofalarga yugurishi kerak. Har bir yugurishda sportchining natijasi mumkin qadar o‘sib borishi kerak, murabbiy o‘z shogirdini doim shunga o‘rgatib, shu tariqa tayyorlab borishi kerak bo‘ladi. Masalan: Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling