Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
nimaga qaratish lozim savoliga mashg‘ulot jarayonida har
bir sportchiga individual yondashib, mashg‘ulot jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish va kerakli tavsiyalar berish lozimligini ta’kidladi. Kuzatish so‘nggida murabbiyning ish faoliyati yaqindan o‘rganildi. Murabbiy T.Gladkova yengil atletikachilarni tayyorlash borasida 36 yildan buyon faoliyat olib borayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shu vaqt ichida 40 dan ziyod 60 O‘zbekiston chempioni, 10 dan ziyod Osiyo chempionlari tayyorlab chiqarganligini bilib oldik. Biz muammo yuzasidan kuzatishni o‘smirlar va kattalar o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasini kuzatish maqsadida Navoiy viloyatida kuzatish ishlarini amalga oshirdik. Biz Samarqand viloyati jamoasi bilan birga bir kun oldin musobaqa maydoniga keldik. U yerda Samarqandlik sportchilar hamda Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan sportchilarning kun tartibini tizimli ravishda o‘rgandik. Sportchilarni kuzatish davomida shu narsaga oydinlik kiritildiki, musobaqa oldidan deyarli barcha sportchilar musobaqa maydoniga moslashish uchun o‘z sport turlari bo‘yicha 40-50% kuchda texnika qo‘llagan holda birin- ketin yugura boshladi. Qisqa masofaga yuguruvchilarni musobaqa oldi xatti-harakatlari kuzatildi. Samarqand viloyatidan musobaqaga 6 nafar murabbiy qatnashdi. Shulardan 3 nafari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Juma shahrining 1-sonli Bolalar- o‘smirlar sport maktabi murabbiylari, 3 nafari Samarqand shahar jamoasi murabbiylari. Shuni ta’kidlash kerakki, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Samarqand shahridan alohida Juma shahri bo‘lib musobaqaga qatnashishi e’tiborimizni tortdi. Musobaqada ishtirok etayotgan barcha sprinterlar kuzatildi. Ular bilan o‘zlarining yugurish turlari bo‘yicha, 61 musobaqada asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi to‘g‘risida murabbiylar tushuntirish ishlarini olib borishdi. Samarqand jamoasi murabbiyi M.Karimov o‘zining qisqa masofaga yuguruvchilarining natijalarini vaqtga olib qayd qilayotganligi, o‘z sportchilarini ko‘proq ruhiy tayyorgarlik jihatlarini hisobga olayotganligi kuzatildi. Qisqa masofaga yuguruvchilar dastlab tanani qizdirib, so‘ngra maxsus mashqlarni bajarishga kirishdi. Murabbiyning ko‘rsatmasi bilan har bir sprinterchi 100- 200-400 metr masofalarga 40-50 % kuchda yugurishga kirishdi. Har bir sprinterchini yugurgan vaqtini murabbiy qayd qilib bordi. Murabbiy har bir sprinterchi o‘z masofasini yugurib o‘tgach, xato- kamchiliklarini to‘g‘rilab, nimalarga asosiy e’tiborni qaratish kerakligi xususida ko‘rsatmalar berib bordi. Murabbiy sportchilarning ruhiyatini va kayfiyatini tobora ko‘tarib borardi. Samarqand viloyatining har bir sportchisi o‘zlarining masofalari bo‘yicha oxirgi erishgan natijasidan yuqoriroq natijani, ya’ni ertangi musobaqada o‘rnatishi kerak bo‘lgan rekord natijani oldindan maqsad qilib kelganligi aniqlandi. Musobaqadan oldin maydonga kelib, sportchilar mashg‘ulot jarayonini yakunlagach, murabbiy M. Karimov har bir sportchiga: “Sen ertaga qanday natijada yugurishing kerak?” - deya savol berganida sprinterchilar o‘zlarining masofalari bo‘yicha (100, 200, 400m.) birin-ketin o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan rekord natijasi vaqtini aytib o‘tdi. Biz shunday xulosaga keldikki, murabbiy sportchilarni musobaqa oldidan o‘z oldiga maqsad qilib, shu maqsad sari 62 intilishga o‘rgatganligi kuzatildi. Murabbiy kechki ovqat chog‘ida sportchilarning ovqatlanishini doimiy ravishda nazorat qilib bordi. Murabbiy musobaqa oldi kuchli ovqat yeyishni sportchilariga maslahat berdi. Ovqatlanish vaqti tugagach, sportchilarni yig‘ib har bir sportchi bilan ertangi musobaqa xususida gaplashib olishga kirishdi. Sportchilaridan biriga: “Musobaqada rekord natijani qaydqilishing kerak. Bu sport ham o‘tkinchi. Vaqti kelib musobaqadagi natijani bajarishga imkoning bo‘lmasligi mumkin, lekin ertangi musobaqada yuqori natijani qayd qilish imkoniyati mavjud. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish, harakat qilish, marra sari intilish va g‘alaba qozonish kerak”, - deya ta’sirli so‘zlar bilan sportchilarni shunchalik o‘ziga jalb qildiki, har bir sportchi o‘z ustida o‘ylanib qolib, murabbiyning gaplari qanchalik to‘g‘ri ekanligini ich-ichidan his qildi. Murabbiyning gaplaridan barcha sportchilar qattiq ta’sirlanib, o‘zlariga tegishli xulosani chiqarganligi ularning xatti-harakatlaridan ma’lum edi. Murabbiy M.Karimov har bir sportchi Vatan hissi, ona tuproq tuyg‘usi bilan yashash kerakligi to‘g‘risida hayotiy misollar bilan sportchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirib borishi tizimli kuzatildi. Murabbiyning o‘z sportchilariga bo‘lgan mustahkam ishonchi yuqori darajada ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Musobaqa oldi Samarqand yengil atletika federatsiyasi bosh murabbiyi T.Gladkova sportchilarga umumiy yig‘ilish tashkil qilib, musobaqa dasturi bilan birma-bir tanishtirib chiqdi va ertangi musobaqa bo‘yicha sportchilarning taklif va xulosalari eshitildi. Musobaqa 63 kuni esa Samarqand viloyati sportchilari juda ko‘tarinki kayfiyatda maydonga kirib kelishdi. Sportchilar musobaqa oldidan yugurish turlari bo‘yicha sekin-asta yugurib, o‘zlarini qizitib olishga kirishdi, so‘ngra qisqa masofaga yuguruvchilar masofalari bo‘yicha 20-30 metrlarga 15- 20% kuchda ishlashni boshladi. Musobaqa dasturiga asosan 110 metrga g‘ovlar osha yugurishga start berildi. Natijalarga ko‘ra Samarqand viloyati sportchilaridan 1-o‘rinni E.Normurodov (SamDU talabasi), II o‘rinni N.Razzanovlar egallashdi. Ayollar bahsida esa Samarqand viloyatining qisqa masofalarga yuguruvchi qizlarining natijalari ancha pastligi kuzatildi. 400 metrga qisqa masofaga yugurishda Samarqand viloyati sportchisi S.Baxtiyorovga teng keladigan sportchi topilmadi. U 400 metr masofani 48.64 soniyada bosib o‘tib faxrli I o‘rinni egalladi. 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida Samarqand viloyati sportchisi L.Kochneva (SamDU talabasi) II o‘rinni egalladi. 100 metrga yugurish bahsida Farg‘ona viloyatining Dang‘ara shahri sportchisiga teng keladigan sportchilar topilmadi. 400 metr qisqa masofalarga yugurish qizlar bahsida Samarqand viloyatining Juma shahri II o‘rinni egalladi. 200 metrga o‘smirlar bahsida ham Samarqand viloyati sportchisi S.Baxtiyorovga teng keladigan sportchi topilmadi. 400 metr g‘ovlar osha yugurish bahsida Sh.Baratov (SamDU talabasi) 52.88 soniya natija bilan faxrli I o‘rinni egallab (MS) sport ustaligini qo‘lga kiritdi. 64 Kuzatishimiz natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida yagona sportchi (MS) sport ustaligini Sh.Baratov (SamDU talabasi) qo‘lga kiritdi. Kuzatishimiz bilan qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha Respublikamizda Samarqand viloyati jamoasi o‘zining mustahkam o‘rniga ega ekanligini aniqlandik. Biz mavzuning amaliyotdagi holatini chuqurroq o‘rganish maqsadida Respublikamizning turli viloyatlarida sprinterlarini tayyorlash borasida faoliyat yuritayotgan murabbiylarning fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida suhbat qurdik. Navoiy shahrida joylashgan “Yoshlar sport majmuasi”da sprinterlarni tayyorlashda faoliyat yuritayotgan murabbiy B.Eshonov bilan suhbatlashdik va murabbiyning bugungi kunda sprinterchilarni tayyorlash borasidagi amaliy tavsiya va fikrlari bilan qiziqdik. “Bugungi kunda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida murabbiylarimiz o‘z ustida ko‘proq ishlashi, mashg‘ulotlarni tashkil qilishdagi haftalik, yillik rejalarga tizimli o‘zgarishlar kiritib, yangicha samarali uslublardan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil qilish natijasida bizning sprinterlarimiz jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlari mumkin. Buning uchun har bir murabbiy bugungi kundagi internet ma’lumotlari, chet el tajribalaridan foydalangan holda mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilsa, natijalarimiz bundan-da yuqori bo‘lishi shubhasizdir. Murabbiylar mashg‘ulotga kelgan bolalar va o‘smirlarni yengil atletikaning qaysi turiga yaroqli 65 ekanligini bilish qobiliyatlari yaxshi bo‘lishi kerak, chunki mashg‘ulotga kelgan sportchi 1 oy mashg‘ulot jarayonida toblansa, uni qaysi masofalarga tayyorlasa bo‘ladi degan qat’iy fikrni o‘ylab ko‘rmog‘i kerak”, - deydi murabbiy. Suhbatimiz so‘nggida murabbiyga savolnoma bilan murojaat qildik: 1. Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlar (jurnallar, kitoblar, maqolalar)ni o‘qib borasizmi? savoliga murabbiy “ha” deb javob berdi. 2. Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni taklif qilasiz? Savoliga murabbiy: “Sportchilarni tayyorlashda samarali usullarni qo‘llash murabbiyning tajribasi va qobiliyatiga bog‘liq”. 3. Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda, asosan, nimalarga ahamiyat qaratish lozim? savoliga murabbiy: “Texnik-taktik tayyorgarlik va sportchini imkoniyatiga mos ravishda musobaqalarga tayyorlash kerak”, - deya javob berdi. 4. Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim? savoliga “Sportchilarni mashg‘ulot jarayonida yengil atletika inventarlaridan tog‘ri foydalanishini doimiy nazoratda ishlashi kerak, shundagina mashg‘ulot samarali tashkil qilinadi”, - deya murabbiy tomonidan fikr bildirildi. Biz mavzuga yanada aniqlik kiritish maqsadida Toshkent, Buxoro va boshqa viloyatlarining murabbiylariga so‘rovnomalar bilan murojaat qildik. Qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasidagi fikr va xulosalar yangidan-yangi takliflari eshitildi. Qisqa 66 masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bo‘limi boshlig‘i K.F.Abdujabborovning fikr va xulosalari eshitildi: “Bugungi kunda qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlashda murabbiylarimizda juda katta kamchiliklar mavjud, chunki sportchilarni tayyorlashda mashg‘ulot rejalaridan qayta- qayta foydalanish samara beradi deb o‘ylashadi. Afsuski, bu noto‘g‘ri, bugungi kunda fan va texnologiya kuchli rivojlanib borayotgani bilan bir qatorda sport ham rivojlanib chet el mamlakatlarida sportchilarni tayyorlashning yangicha usul va metodlari ishlab chiqilmoqda, bundan to‘laqonli foydalanish uchun murabbiylarimiz ilmiylikka ko‘proq e’tibor berishi kerak. Internetdan dissertatsiya, monografiya, chet el adabiyotlaridan ko‘proq foydalanib, yangicha metodlarni qo‘llagan holda mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilish natijasida taniqli qisqa masofaga yuguruvchi, bir necha bor olimpiada rekordini o‘rnatgan yamaykalik Usain Bolt bilan bahslashadigan kuchli sportchilarni tayyorash foydadan holi emas”, - deya ta’kidladi. Suhbat chog‘ida K.F.Abdujabborovga qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash borasida ishlab chiqilgan so‘rovnoma bilan murojaat qildik: 1. Siz sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishga doir davriy nashrlar (jurnallar,maqolalar, kitoblar)ni o‘qib borasizmi savoliga “ha” deb javob berdi. 2. Sportchilarni tayyorlashda qanday samarali usullarni taklif qilasiz savoliga xorijdagi yetakchi uslublardan foydalanib, bizning sharoitimizga xos 67 va mos usullarni hamda bizning iqlimimizga mos keluvchi usullardan foydalanishni tavsiya qildi. 3. Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda asosan nimalarga ahamiyat qaratish lozim? Savolga murabbiy: 1) kompleks tayyorgarligiga; 2) jismoniy tayyorgarligiga; 3) sportchi imkoniyatiga mos ravishda; 4) texnik va taktik tayyorgarlikka deya javob berdi. Chunki sportchilarni tayyorlashda yuqoridagi bo‘lim bo‘yicha tayyorlamasdan turib texnika va taktikaga o‘rgatib bo‘lmasligini ta’kidladi. 4. Mashg‘ulotni samarali tashkil qilishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozim? “ Sportchilarni imkoniyatiga mos ravishda tayyorlash borasiga alohida e’tibor berish kerak”, - deya javob berdi. Yana musobaqa jarayoni kuzatishda davom etildi. Samarqand viloyatining qisqa masofalarga yuguruvchilari musobaqada faol qatnashayotganligi yaqqol ko‘rinib turardi. Samarqand viloyati sportchilarining murabbiyi M.Karimov musobaqa davomida sprinterlarni yugurgan vaqtini qayd qilib qo‘ydi va 1-kungi musobaqa yakunida sportchilarni yig‘ib ko‘rsatgan natijalari ustida kamchilik, taklif va xulosalar berishga kirishdi. Bunda murabbiy ko‘rsatgan natijalarning tahlilini, yutuq va kamchiliklarni birma-bir ta’kidlab o‘tdi. Biz murabbiyning e’tiborga loyiq tomonini kuzatishimiz chog‘ida sezdikki, murabbiy sprinterlarni bosib o‘tgan har bir qadamidagi yutuq va kamchiliklarini sarhisob qilar 68 ekan. Murabbiy sportchilarni tayyorlashda matematik usullardan foydalanib, musobaqada qanday natija qilishini o‘ziga hisoblab berishining guvohi bo‘ldik. Musobaqa oldidan sportchilarning har biri qanday natija ko‘rsatishini maqsad qilib qo‘yganligi murabbiyning hisob- kitoblaridan aniqlandi. Masalan, murabbiy 400 metr qisqa masofaga yuguruvchini 150 metr masofaga yugurtirib, ya’ni 150 metr masofaga qayta-qayta yugurtirib sportchining shu masofadagi o‘rtacha natijasini oladi va olingan natijani 150 metrga bo‘lib, 400 ga ko‘paytiradi. Bu matematik hisoblash usuli orqali sportchilarni musobaqada qanday natija ko‘rsata olish mumkinligini oldindan hisoblab berishi kuzatildi. Bu usulni yanada chuqurroq o‘rganishga ehtiyoj sezildi.400 metrga yuguruvchini murabbiy 150 metr masofasini 5 marta yugurtirib, yugurgan natijalarini o‘rtacha vaqtini oladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling