Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
25-jadval Qisqa masofalarga yuguruvchilarning shtangalar bilan ishlash texnikasi Bolalar-o‘smirlar uchun tavsiya (shtanganing og‘irligi 20-25 kilogrammm) T/R Dushanba va juma kunlari 1 3 kilometr masofaga yugurish 2 Oyoqlar yelka kengligidan biroz kengroq, og‘irlik oyoqlar uchiga tushishi uchun tovonlar tagida 5-10 santimetr balandlikda biror narsa qo‘yiladi, shtanga bosh orqasidan yelkaga olinadi va o‘tirib turiladi, 4-5 marta 92 3 Shtangani oldinga ko‘krak barobarida ko‘tarib, har siltab yuqoriga ko‘tarish bilan o‘ng yoki chap oyoq navbati bilan birgalikda oldinga harakat qilinadi. 4-5 marta 4 Oyoqlar yelka kengligida shtanga bosh orqasidan yelkaga qo‘yiladi va oldinga engashib turiladi. 4-5 marta 5 Shtangani boshning orqa qismidan yelkaga qo‘yib tizzalarni balandga ko‘targan holda 10-15 sekund joyida tez yuguriladi, 4-5 marta. Shtanganing og‘irligi 20-25 kilogramm 6 Shtanga bosh orqasidan yelkaga qo‘yiladi. 40-50 santimetr balandlikdagi stulga o‘tirib, o‘ng va chap oyoqda navbati bilan 25-30 marotaba (har bir oyoqda) o‘tirib turiladi. 4-5 marta 7 Shtanga bosh orqasidan yelkaga qo‘yiladi va oldinga yugurgan holatda 10-15 sekund joyida yuguriladi. 4-5 marotaba 8 40 metr masofaga 70-80 % tezlikda 5-6 marta yugurish 9 80 metr masofaga yengil texnika qo‘llagan holda yugurish. 3 marta 10 100 metr masofaga yengil texnika qo‘llagan holda yugurish. 3 marta Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlashda shtangalardan foydalanish jarayonlarini murabbiylar to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Chunki yuklamalarni sportchilar imkoniyatiga mos 93 ravishda bermasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin [25]. 25-jadvalda shtangalar bilan ishlash rejasi ishlab chiqilgan. Bu rejaga muvofiq mashg‘ulot jarayonlari tashkil qilinsa, sportchilarni kuch va tezkorlik jismoniy sifatlari, ayniqsa, kuch sifatlari saviyali darajada rivojlanadi. Shtangalardan foydalanishda murabbiyning mahorati ko‘p narsaga bog‘liq. Murabbiy sportchilarning imkoniyatini oldindan ko‘ra bilishi shart. Aks holda mashg‘ulot yuklamasi sportchida zerikish hosil qilib, sportdan sovish, jarohat olish darajalariga olib kelishi mumkin. 94 XULOSA Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlash jarayonlarini kuzatish, ilmiy pedagogik tahlil etish, mazkur masala bo‘yicha faoliyat yurituvchi mutaxassislar fikrlarini o‘rganish qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga imkon berdi. Adabiyotlardagi ilmiy ma’lumotlar, so‘rovnoma natijalari, mashg‘ulot hamda sprinterlar musobaqa faoliyatini kuzatish ushbu mavzu bo‘yicha yaxlit tasavvur hosil qilish imkoniyatini yaratdi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning samarali usullari murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Sprinterlar tayyorlashda bunday yondashuv o‘zida bir qancha omillarni birlashtiradi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashda quyidagi samarali usullarni tavsiya etamiz: 1. BO‘SM larga sprinterlar tanlash jarayonlarini takomillashtirish zarurati mavjud. Bu jarayonda, albatta, ilmiy yondashuv va puxta o‘ylangan maqsadli reja zarur. 2. Rejalashtirish jarayonlarini takomillashtirish, yillik, yarim yillik va qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalarni mukammal darajada ishlab chiqish lozim. Rejalar sportchi imkoniyatlariga to‘la mos kelishi kerak. 3. Tayyorgarlik jarayonida bir butun texnikani muayyan qismlarga bo‘lib o‘rgatish va bu faoliyatni mashg‘ulotning birlamchi vazifasi sifatida amalga oshirish lozim. 4. Startdan chiqish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilish, sportchilarning qo‘zg‘alish jarayonini tezlashtirish maqsadida signal vositasidan foydalanish kerak. Bunda 95 sportchiga odatdagidan ko‘ra boshqacharoq qo‘zg‘alish reaksiyasini beruvchi signallar berish lozim. 5. Tayyorgarlik jarayonida turli jihozlardan (rezina, arqon va h.) foydalanish kerak. Asosan, sportchining musobaqa faoliyatida yuzaga keladigan qarshilikni shakllantiruvchi vositalar va jihozlar qo‘llash lozim. 6. Tayyorgarlik jarayonini bir butun deb tushunish, uning barcha qismlarini bir-biriga bog‘lash lozim. Shuningdek, sportchining ijtimoiy holati, turmush tarzi va uning qiziqishlari inobatga olinishi kerak. 7. Mashg‘ulotlar jarayonida sportchi imkoniyatlarini va uning ko‘rsatkichlarini muntazam oshirib borish kerak. Yuklamalar va sportchi oldiga qo‘yilayotgan vazifalar barqaror ravishda o‘sib borishi lozim. 8. Tayyorgarlik jarayonida sportchining mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishi, uning jismoniy, texnik, taktik va ruhiy imkoniyatlari va ularning o‘sishi doimiy nazorat qilib borilishi lozim. Ushbu monografiyani yoritishda shu narsa aniq bo‘ldiki, kelgusida mazkur mavzu bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini yanada oshirish imkoniyati mavjud. Mavzuning hali o‘rganilmagan va yoritib berilmagan jihatlari bor. Yaqin kelajakda yuqoridagi mavzu bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va uning natijalarini amaliyotga izchil tatbiq etish sport natijalari o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Monografiyani yoritishda yaqindan yordam bergan yetakchi mutaxassis professorlar J. Eshnazarov, E. Nuritdinov, B. Haydarov, dotsentlar Y. Masharipov, B. Kipchakov, Z. Boltayev hamda M. Mamadiyorovlarga o‘z minnaddorchiligimni bildiraman. Ularning maslahatlari va amaliy tajribalari monografiyani yoritishda katta ahamiyat kasb etdi. 96 Shuningdek, muallif kelgusida mazkur mavzu yuzasidan maqsadli tadqiqotlar o‘tkazish niyatini ham ma’lum qiladi va ilmiy hamkorlik taklifini qadrlaydi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling