Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA 
QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILAR 
TAYYORGARLIGINING NAZARIY-METODOLOGIK
ASOSLARI 
 
1.1 Bolalar - o‘smirlar sport maktablarida qisqa 
masofaga yuguruvchilar tayyorgarligining nazariy 
asoslari 
Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda o‘rganilayotgan 
mavzuning ilmiy-uslubiy asoslarini yoritishga doir turli 
manbaalar yuzaga keldi. Bu o‘z navbatida sport sohasidagi 
tadqiqotlar 
doirasi 
kengayishiga 
zamin 
bo‘ldi. 
Mamlakatimiz olimlaridan Sh.H. Xonkeldiyev, A.A. 
Abdullayev, R.S. Salomov, T.S. Usmonxo‘jayev, F.A. Kerimov 
kabilar o‘rganilayotgan mavzuning ilmiy-uslubiy asoslarini 
tashkil qiluvchi, turli darajadagi adabiyotlar yaratdilar. 
Chet el olimlaridan E.R. Andris, A.I. Jilkin, V.S. Kuzmin, E.V. 
Sudorchik, Yu.M. Savelev kabilar ishlarida o‘rganilayotgan 
mavzuning ayrim masalalari yoritilgan. Ayniqsa, so‘nggi 
yillarda 
asosiy 
e’tiborini 
yengil 
atletikachilar 
tayyorgarligini o‘rganish va takomillashtirishga qaratgan 
olimlar 
qatorida 
K.T.Shakirjonov, 
B.T.Haydarov, 
(O‘zbekiston), Yu.V. Verxoshanskiy (Rossiya) larni alohida 
ta’kidlash lozim. Ammo masalaning yana bir tomoni borki, 
bunda sport fani yutuqlarining jadal sur’atlar bilan o‘sib 
borayotganligini nazarda tutish kerak. Adabiyotlar tahlili 
natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, o‘rganilayotgan mavzu 
doirasida turli darajadagi adabiyotlar mavjud. Ulardan 



amaliyotda oqilona foydalanish masalasini to‘laqonli 
amalga oshirish zarurati tug‘ilmoqda. 
Har qanday tadqiqotning bosh vazifasi adabiyotlarni 
tahlil qilish hisoblanadi. Bu orqali muammoning qay 
darajada ishlanganligi ma’lum bo‘ladi.Adabiyotlarni tahlil 
qilish bugungi sport sohasidagi tadqiqotlarning muhim 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Adabiyotlarni tahlil qilish, 
ulardan foydalanish o‘z ichiga bir qator bosqichlarni 
qamrab oladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, adabiyotlar 
tahlili jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi 
[11,12]. 
Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili va ulardan 
foydalanishni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratdik: 
-rasmiy ma’lumotlar (qonun, qaror, farmon va 
boshqalar); 

darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya; 

ilmiy maqola, ma’ruza va ma’lumotnoma; 

internet ma’lumotlari. 
Bugungi kunda bolalar sportini rivojlantirishga 
qaratilgan alohida e’tibor tufayli, chekka qishloqlardagi 
yoshlarning 
ham 
iste’dodi 
yuzaga 
chiqmoqda. 
Mamlakatimiz sharafini yuksaltiradigan sportchilarimiz 
safi tobora kengaymoqda, bu qilingan ishlarning isboti 
sifatida O‘zbekiston sportchilari Olimpiada, Jahon, Osiyo 
chempionatlari va boshqa xalqaro turnirlarda ishtirok etib, 
sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga erishdilar.
O‘zbekistonda 
jismoniy 
tarbiya 
sportini 
rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor Respublikamiz ilmiy-
pedagog kadrlar va soha mutaxassislari faoliyatiga ulkan 


10 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, natijada yengil atletika bo‘yicha 
adabiyotlar yaratish, ilmiy ishlar tashkil qilish yanada 
rivojlandi. Respublikamiz olimlaridan F.A. Kerimov, T.S. 
Usmonxo‘jayev, R.S. Salomov, A.N. Abdiyev, O. Ibrohimov, J. 
Toshpo‘latov, J. Eshnazarov, E. Nuritdinov, Y. Masharipov 
kabilar jismoniy tarbiya va sportning tarixiy-nazariy 
metodologik, tibbiy, biologik va psixologik masalalari 
bo‘yicha izlanishlar olib borganlar, ular tomonidan sohani 
rivojlantirishning keng ko‘lamli asoslari yaratilgan. 
Mamalakatimizda 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sportning 
rivojlanishi (2000-2018-yillar) yosh olimlar ilmiy 
faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi [13]. Jumladan, 
Yu.Yu.Oripov (2007) uloqtirish texnikasi bo‘yicha, 
A.M.Achilov bolalar sportini rivojlantirish bo‘yicha (2008) 
izlanishlar olib borgan. 
Respublikamizda o‘tkazilgan turli darajadagi ilmiy-
amaliy anjumanlar yengil atletika rivojiga ham samarali 
ta’sir etdi. Toshkent (1992, 1997, 1999, 2002, 2018), 
Samarqand (1993, 2004, 2016), Buxoro (2000, 2006, 
2015), Andijon (2010) shaharlarida tashkil etilgan 
Respublika va xalqaro anjumanlar muhim ahamiyat kasb 
etdi. Ushbu anjumanlarda o‘zbek olimlari sohaning turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etishgan. Biz mavzuni 
yaratishda yuqorida bildirilgan va nomlari tilga olingan 
olimlar tajribalariga hamda ularning ilmiy izlanishlari 
natijalariga tayandik. Ulardan ishda unumli foydalanishga 
harakat 
qildik. 
Ilmiy 
tadqiqotlarning 
to‘laqonli 
bajarilishida xorijiy tajriba ham katta ahamiyatga egaligi 


11 
sababli yengil atletika bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ish 
tajribalarini o‘rganishga harakat qildik.
Sport amaliyotida bugungi kunda yengil atletika 
bo‘yicha Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Korea 
yetakchilik qilmoqda, ammo qisqa masofaga yugurish 
yo‘nalishida Afrika, xususan, Yamaykada o‘ziga xos maktab 
yaratilgan. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra (asosan 
sport pxisologlari), buning asosiy sabablaridan biri 
sportchilarning tana tuzilishidir. Yamayka sportchilarining 
tana tuzilishi ularga qisqa masofaga yugurish bahslarida 
yuqori 
natija 
ko‘rsatish 
imkonini 
beradi. 
(Yu.Verxoshanskiy) Bizning fikrimizcha, sprinterlar 
tayyorlashda pedagogik, psixologik va boshqa yo‘nalishlar 
ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik mutaxassislar sprinterlar tayyorlashda turli 
metodik yondashuvga tayangan. Jahonning kuchli 
sportchilarini tayyorlash, ularning shug‘ullanish rejalarini 
solishtirish, malakali sportchilarning kunlik, haftalik, oylik 
va yillik jismoniy yuklamalarining hajmi, miqdori, bajarish 
intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo‘lishi 
mumkin. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish 
kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Mashg‘ulot 
yuklamasi hajmini o‘zgartirish, mashg‘ulot rejasini 
takomillashtirish va boshqa shunga o‘xshash metodologik 
yondashuvlarga tayangan Rossiya va MDH davlatlari 
olimlari ishlarida sprinterlar tayyorlashda intensiv 
tayyorgarlikka alohida urg‘u berilgan. Bu zamonaviy 
sprinterlar tayyorgarligining samarali usuli sifatida e’tirof 


12 
etilgan. Mazkur fikrlar va xulosalar biz o‘rganayotgan 
mavzuga aynan mos keldi [14]. 
AQShlik 
mutaxassis 
T.Bompa 
(2013) 
o‘z 
tadqiqotlarida 8-17 yoshli sportchilar faoliyatini qamrab 
olgan. Uning “ Yosh chempionlarni tayyorlash” (Total 
training for young training) kitobida Bolalar-o‘smirlar 
sport mashg‘ulotlarining barcha jihatlari qamrab olingan. 
U tayyorgarlikning turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini, 
muhim amaliy tavsiyalarni berib o‘tgan. Olimning eng 
asosiy ilmiy yangiligi va o‘ziga xos jihati unda kuch 
tayyorgarligi va turli o‘zgaruvchan mashqlardan 
foydalanilganligi bo‘ldi. Ushbu mutaxassis kitoblarida 
keltirilgan o‘rgatish usullari o‘ziga xos yangilik hisoblanib, 
samarali usul sifatida talqin qilinadi.
Sprinterlar 
tayyorgarligi 
to‘g‘risidagi 
ilmiy 
mulohazalar maqolalar va dasturlar internet manbalarida 
ham ko‘plab uchraydi. Xususan, mashhur sprenterchi
Usain Boltning tayyorgarlik jarayoni haqidagi ma’lumotlari 
bunga misol bo‘ladi. (
WWW.http//coachr.org
.) Unda 
aytilishicha 
yillik 
tayyorgarlik 
dasturi 
uning 
davrlashtirilishi va bosqichlari alohida yoritilib berilgan. 
Ko‘rsatib o‘tilishicha, monosikl (bir sikl), ikki sikl, uch 
sikllik tayyorgarlik qayd qilingan. Shuningdek, mashg‘ulot 
yuklamasining umumiy hajmi, intensivligi hamda 
yuklamaning yuqori nuqtasi (Peak) davrlar va 
bosqichlarda tahlil qilingan.
Yetakchi mutaxassislar David Zaxrodnik va Povel 
Karvizning 
ishlari 
sprinterlar 
mashg‘ulotlarini 
rejalashtirish va tashkil qilishga qaratilgan, shuningdek, 


13 
davrlar va ularning mazmuni alohida yoritib berilgan va 
mashg‘ulot sikllarining asosiy komponentlari va ularning 
xususiyatlari ko‘rsatib berilgan[15,16]. 
Sprinterlar tayyorgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 
xalqaro ilmiy jurnallar va xalqaro havaskorlar yengil 
atletika federatsiyasi rasmiy saytida ko‘plab uchraydi. 
Ularda berilgan maqolalarning asosiy mazmunini 
sprinterlar tayyorgarligini yangicha yondashuvda olib 
borishni nazarda tutadi. Adabiyotlar tahlili jarayonida 
shuni aytish muhimki, muayyan usullar tizimi ma’lum 
darajadagi samarali tayyorgarlik usuli vazifasini bajarishi 
mumkin. Ma’lum sport jamoasi yoki murabbiy uchun kasb 
bo‘lgan va doimiy qo‘llaniladigan va ayni paytda boshqa 
mutaxassis 
uchun 
noma’lum 
bo‘lgan 
amaliyotda 
foydalanilmayotgan usullar samarali usul hisoblanadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling