Bolalar ovqatining asosiy tamoyillari


Download 102.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi102.5 Kb.
#1538333
1   2   3   4
Bog'liq
Sog\'lom ovqatlanish 1-topshiriq

Go‘sht mahsulotlari


Hammasida me’yor bo‘lgani ma’qul. Ozgina go‘sht bola uchun foydali, porsiyani katta qilish kerakmas. Istalgan go‘sht organizmda temir moddasining yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi, ayniqsa mol jigari. Yog‘siz cho‘chqa go‘shti esa bolani V1 vitamini bilan ta’minlaydi. Go‘shtni qaynatib pishirgan, dimlagan yoki toblab pishirgan ma’qul. Qovurilgan ovqat hech qanday foyda keltirmaydi.

Baliq mahsulotlari


Baliq organizmni yod moddasi bilan ta’minlovchi haqiqatan ham juda qimmatbaho mahsulot. Piksha, treska yoki losos baliqlari juda foydali hisoblanadi. Shuning uchun haftada bir marta farzandingiz baliq iste’mol qilgani ma’qul.

Yog‘larning foydasi


Bola ovqatidan yog‘larni butunlay chiqarib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi kolbasa, shokolad va pechenyeda “yashirinib” yotgan yog‘lardan qochgan ma’qul. Saryog‘ va o‘simlik moyi juda foydali, ammo ularni cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak.

Non – dasturxon ko‘rki


Non mahsulotlari bola organizmini uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va ballast moddalar bilan ta’minlaydi. Non mahsulotlarini xilma-xil qilish va ularning navini almashtirib turish ma’qul. Oddiy nonni tanlash maqsadga muvofiq. Non va myuslini yirik tortilgan undan o‘zingiz mustaqil ravishda tayyorlashga harakat qiling.

Kartoshka


Bolaning bir haftalik ratsionida kartoshkadan tayyorlangan taxminan 5-6 marta yegulik ovqatlar bo‘lishi lozim. Bu sut va saryog‘ qo‘shilgan pyure, yog‘lilik darajasi past yog‘ va ko‘katli qaynatilgan kartoshka, duxovkada baliq, go‘sht yoki sabzavotlar bilan pishirilgan kartoshka bo‘lishi mumkin. Qovurilgan, chipslar ko‘rinishidagi yoki kartoshka-fri tavsiya etilmaydi. Kartoshka guruch va makaron mahsulotlaridan ham foydaliroq hisoblanadi.

Meva va sabzavotlar


Ho‘l meva va sabzavotlar yoki ularning muzlatilgani mikroelementlarga juda boy. Ularni pishirilgan va pishirilmagan holatda iste’mol qilish mumkin. Konservalarda sog‘liq uchun zarur bo‘lgan moddalar bo‘lmaydi, ko‘p miqdordagi qand moddasi esa, bolaga kerakmas. Sabzavotlardan eng ma’quli – gulkaram, brokkoli, sabzi, arpabodiyondir. Oq karam ham foydali, ammo u qiyinroq hazm bo‘ladi. Mevalarni mavsumga qarab o‘zingiz yashaydigan joyga xos bo‘lganini tanlang.

Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling