Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi


Bolalikni davrlarga ajratish muammolari


Download 259.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.01.2023
Hajmi259.53 Kb.
#1097389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi

Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 


Bolalikni yosh davrlarga ajratish, uni tabaqalash bolalar psixologiyasida juda 
qadimiy muammolardan biridir. Bolaning aql-idroki, fe’l-atvori, voqelikka 
munosabati, jismoniy va psixik o‘sishi, rivojlanish xususiyatlari uning 
taraqqiysi bilan o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish uning faoliyati va hayot 
kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog‘liqdir. Masalan: Hozir
tug‘ilgan bola bilan undan bir xafta ilgari tug‘ilgan bola orasida ham farq bor. 
Yangi tug‘ilgan bola gavdasining sondan bo‘yingacha bo‘lgan qismi uzun, 
oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, bo‘yni qisqa, bosh suyagi esa hali 
qotmagan bo‘ladi. U shartsiz reflekslar bilan dunyoga keladi va vaqt o‘tgan 
sari u ham jismoniy, ham psixologik tomondan shakllanib boradi. Bunday 
o‘zgarishlar turli oy va turli yoshlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sib 
ulg‘ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bo‘lsa, sifat o‘zgarishlari 
bolaning psixik tarqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bolada yuz beradigan sifat 
o‘zgarishlari birdaniga sodir bo‘lmaydi, asta –sekin yuzaga keladi. Bolalarni 
turli yosh davrlarga ajratishda ularning hayotida yuz beradigan sifat 
o‘zgarishlari, ya’ni uni psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarishlari asos qilib olinadi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda 
turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Ko‘pchilik 
olimlar bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda faqatgina jismoniy o‘sishni 
asos qilib, uni:
1) chaqaloqlik davri,
2) balog‘atga erishish davri,
3) balog‘atga erishgandan keyingi davr deb tabaqalangan bo‘lsalar, ba’zi 
birlari esa:
1) emish davri 
2) emaklash davri, 
3) ikki oyoqlab yurish davri deb davrlarga ajratishgan
yana ba’zi olimlar masalan P.P. Blonskiy 
1) tishsiz bolalik davri
2) sut tish davri


3) doimiy tish davri
4) doimiy tishni tushish davri (qarilik) deb ajratganlar. Bunday bolalikni 
davrlarga ajratishda faqat ularni fiziologik va biologik belgilarigagina suyanib, 
pisixik xususiyatlar hisobga olinmagan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga 
ajratgan: 
podsholik davri 5 yoshgacha
qullik davri (6-12 yoshgacha)
O‘rtoqlik do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda 
tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan 
bajarilishini, bola o‘zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom 
qilishni e’tiborga oladi. 6-12 yoshgacha bo‘lgan davrni qullik davri deb bejiz 
aytmagan, albatta Chunki bu davrda bolani xulq atvorga o‘rgatish, kishilar 
bilan o‘zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga 
o‘rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o‘qish, 
o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy 
an’analarimizga sadoqatli bo‘lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga 
muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davri esa bolaga do‘stlarga munosabatda bo‘lish ularni xurmat 
qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo‘lish lozimligini 
nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta 
e’tibor berilgan. Jumladan Shveytsariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql 
idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab:
1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha)
3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha);
4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.


Fransuz olmi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab 
(xomilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri- 0-6 oygacha, xis-
tuyg‘u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga 
aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish 
va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el 
psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish 
to‘g‘risida ko‘pgina materiallar to‘plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 
keskin davrga ajratilgan.
1) go‘daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o‘tishdagi inqiroz davri (3 
yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o‘smirlik davriga o‘tishi (balog‘atga yetish inqirozi 
davridir)
Bu ikki davr o‘rtasida juda katta farq va o‘xshashliklar mavjud. Jumladan xar 
ikkala davr ham o‘zining mustaqilligi va kattalar bilan o‘zaro munosabati 
jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P.Blonskiy va L.S.Vigotskiylar bolalikni davrlarga 
ajratishda bolaning yashash sharoitini o‘zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va 
usullarini o‘zgarishini ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida e’tiborga olish 
lozimligini ko‘rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida 
sifat o‘zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida turli xususiyatlarning 
shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. Shuningdek L.S. Vigotskiy 
aqliy taraqqiyotni ikki bosqichini: uzoq o‘sish bosqichi va eng yaqin o‘sish 
bosqichini ajratadi. U yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni 
vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib bolalikni quyidagi 
bosqichlarga ajratadi.
Chaqaloqlik davri -2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi. 
Go‘daklik davri -2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri. 
Maktabgacha davr -33 yoshdan 7 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr.
Maktab yoshi davri -8-12 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr.


Pubertat (jinsiy yetilish) davri -14-18 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
Keyinchalik, rus psixologi D.B.Elkonin bolalikni psixik taraqqiyot va bola 
faoliyati xarakteriga qarab 3 asosiy guruhga ajratadi.

Download 259.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling