Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi


Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish


Download 259.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.01.2023
Hajmi259.53 Kb.
#1097389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi

Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish 
qonuniyatlari.  
Bolaning psixik taraqqiyoti murakkab jarayondir. Buni xal etishda bolalar 
psixologiyasi, avvalo hayotda sinalgan, tajribalarda pishib yetilgan quyidagi 
asoslarga suyanadi:
1) Taraqqiyot, o‘sish, rivojlanish qarama-qarshiliklar kurashi va 
ziddiyatlardan iboratligi;
2) bolalar kamoloti haqidagi fanga xilof nazariyalarni, qarshiliklarni 
tanqidiy taxlil qilinganligi; 
3) hozirgi kunga qadar bolalar psixologiyasida olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlar, tajribalarning natijalari;
4) komil insonni tarbiyalashda erishilgan amaliyot natijalari. 
Bularga asoslanib bolaning psixik taraqqiyoti qanday rivojlanadi, unga ta’sir 
etuvchi omillar nimadan iborat, unda biz nimalarga e’tibor berishimiz lozim degan 
murakkab masalalarni xal qilishimiz mumkin.
Ma’lumki bola psixikasining taraqqiyoti (o‘sish-miqdoriy jihatdan ortish; 
taraqqiyot ham miqdor, ham sifat jihatidan o‘zgarishdir . bola jismonan o‘sadi, 
psixik jixatdan taraqqiy qilishi) haqida 2 xil qarashlar mavjud.
1-qarashlarga muvofiq, taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, 
organizmida mavjud bo‘lgan muayyan sifatlarning shunchaki ko‘payishi yoki 
kamayishidan iborat. Bunday yo‘nalish tarafdorlari o‘z-o‘zidan shaxs 
taraqqiyotining tub sabablarini ochib bera olmaydilar.
2- qarashlarga muvofiq, taraqqiyot ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar 
kurashidan iboratdir. Bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, bola taraqqiyotini organizmning 
xususiyatlari bilan tashqi muhit sharoiti organizmga tobora yangi talablar qo‘yadi; 
organizm yangi sharoitga moslashar ekan, yangi sifatlar hosil qila boshlaydi va 
taraqqiy qiladi.


Demak, psixik taraqqiyot ham qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu 
qarama-qarshiliklar:
1-dan bolaning shu choqqacha erishgan taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari 
bilan yangi extiyojlariga orasidagi qarama-qarshiliklar, unda extiyoj oldin paydo 
bo‘ladi, lekin imkoniyat yetarli bo‘lmaydi. Misol: xali yurishga o‘rganmagan bola 
yurib ketishiga extiyoj sezadi, lekin bola o‘z muvozanatini saqlay olmagani
oyoqda tik tura olmagani uchun u yura olmaydi. 
2-dan bolaning eski xulq –atvor shakllari bilan yangi hatti-harakatlari, yangi 
tashabbuslari orasidagi qarama-qarshilk (taqlid-tashabbus). YA’ni bunda tashabbus 
oldin paydo bo‘ladi va boladan mustaqillikni talab qiladi, lekin mustaqil harakat 
qilish uchun bola kattalarga taqlid qilishdan voz kechishi va mustaqil 
harakatlanishi kerak.
3-dan, bolaning hayot mazmuni bilan uning shakli o‘rtasidagi qarama-
qarshilik. Hayot mazmuni ilgari, hayot shakli esa keyin shakllanadi. Misol: maktab 
hayotini mazmuni hammaga tanish. 1- sinfga qadam qo‘ygan bola maktab 
qoidalarini xali yaxshi tushunmaydi. Lekin maktabda tizimli ta’lim jarayoni bolani 
o‘z talablariga ko‘niktira boshlaydi, bunda bolada ko‘pgina psixologik 
qiyinchiliklar ro‘y beradi. Bola esa avvalo qiynalib, keyinchalik unga o‘rganib, 
yangi hayot shakliga o‘rganadi. 
Bolalar hayotida uchraydigan turli qiyinchliklar, qarama-qarshilik va 
ziddiyatlar bolani psixologik tomondan rivojlanib, shakllanib borishiga sabab 
bo‘ladi. 
Bolani psixik taraqqiyoti qanday shakllanishidan qat’iy nazar, u mo‘ayyan 
qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Lekin muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar (keng 
ma’noda olganda) ikkilamchidir. Chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va tarbiyaga bog‘liqdir. 
Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga notekistlik qonuni, psixika integratsiyasi 

Download 259.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling