Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida


Download 110.5 Kb.
bet2/11
Sana04.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1078097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida

Guruh xonaning yorug‘ligi. Ma`lumki guruhdagi o‘quv va yozuv mashg‘ulotlari ko‘rish bilan bo‘g‘liq. Yorug‘lik qancha yuqori darajada bo‘lsa, ko‘z shunchalik tez charchamaydi va o‘quvchilarning ko‘rish o‘tkirligi yaxshi saqlanadi. Aksincha guruh xonasida yorig‘likning past darajada bo‘lishi, o‘quvchilar ko‘zini tez charchashiga, ish qobiliyatini pasayishiga va asta-sekin yil davomida ko‘zning xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Guruh tabiiy va sun`iy usullar yordamida yoritiladi.Tabiiy yoritish derazalar orqali ta`minlanadi.Guruhning tabiiy yorug‘lik koeffitsiyenti 1:4, kamida 1:5 ga teng bo‘lishi kerak, ya`ni guruhdagi hamma derazalarning umumiy sathi, guruhning pol sathini to‘rtdan yoki beshdan bir qismiga teng bo‘lishi lozim.Demak, guruhning pol sathi gigiyena qoidasiga binoan 50 m² bo‘lib, derazalarning umumiy sathi 12,5 m², kamida 10 m² bo‘lishi talab etiladi.
Derazadan tushadigan yorug‘lik uning to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ham bog‘liq. Derazaning pastki qismi poldan 80 sm baland bo‘lsin. Bundan baland o‘rnatilsa deraza yonidagi partalarga yorug‘likning tushishi kamayadi. Derazaning yuqori qismi tom shipidan 20-30 sm pastroqda bo‘lishi kerak. Agar bu masofa 30 smdan ko‘p bo‘lsa, guruhning derazaga qarama-qarshi tomonidagi partalarga yuqoridan yorug‘lik kam tushadi.
Guruhning tabiiy yorug‘ligi yaxshi bo‘lishi ma`lum darajada bo‘yoqlarning rangiga ham bog‘liq.Qora, ko‘k, to‘q yashil, jigar-rang kabi rangli bo‘yoqlar yorug‘likni kamaytiradi.Gigiyena qoidasiga binoan guruhning devori och sariq yoki och pushti, ship oq, deraza va eshik oq yoki havorang, parta (stol)larning ustki qismi och yashil,yon tomoni va o‘tirg‘ichlari oq rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
Derazaga o‘rnatilgan tuvaklardagi gullar yorug‘likni to‘sib, uni 20-30 foizgacha kamaytiradi. Shuning uchun tuvakdagi gullar guruh burchaklariga va derazadan qarshi tomonga maxsus stolchalarga o‘rnatilgani ma`qul.
Guruh derazalariga tutiladigan pardalar ham yorug‘likni to‘sadi. Estetik ko‘rinish maqsadida tutilgan och sariq yoki och pushti rangli uzun pardalar derazaning ikki chetiga surib qo‘yilishi kerak. Faqat yozning issiq kunlari quyosh nurini to‘sish uchun parda quyosh tushayotgan derazaga surib qo`yiladi.Derazadan quyosh o`tgach, parda ya`na chetga suriladi.
Ba`zi Maktabgacha ta’lim tashkilotilarda mashg’ulot paytida o‘quvchilarning e`tibori bo‘linmasin degan maqsadda, deraza oynalarining pastki qismiga bo‘yoq surtib qo‘yishadi. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas.Chunki, birinchidan bo‘yoq surtilgan oyna yorug‘likni kam o‘tkazadi; ikkinchidan esa, mashg’ulot paytida o‘quv-yozuv mashg‘ulotlari o‘quvchilar ko‘zini charchatadi, ko‘zning ichidagi bosimi oshadi, shuning uchun har 10-15 minutda o‘quvchi e`tiborini o‘qituvchiga qaratgani holda, u deraza oynalaridan uzoqqa qarab, ko‘zini dam oldirishi kerak.Bunda ko‘z qorachig‘i torayib, ko‘z ichidagi bosim pasayadi va ko‘zi dam oladi.Shu sababdan derazaga qaragan o‘quvchiga, o‘qituvchi tanbeh bermasligi va aksincha, shunga odatlanishga o‘quvchilarni o‘rgatishi lozim.
Guruhning sun`iy yorug‘lantirilishi elektr chiroqlari yordamida bo‘ladi.Oddiy, ya`ni spirallik chiroqlar qo‘llanilganida guruh pol sathining 1m² ga 18 vt elektr quvvati to‘g‘ri kelishi kerak.Demak, guruhning pol sathi 50m² bo‘lgani uchun, uning yoritilishiga 900 vt elektr quvvati talab etiladi.Buning uchun har biri 100 vt lik 9 ta elektr lampalar 2 qator qilib ilinadi, bittasi doska ustiga ilinadi.
Lyuminessent lampalar qo‘llanadigan bo‘lsa, elektr quvvati 2 marta ko‘p talab qilinadi, ya`ni 1m² pol sathiga 36 vt, jami 1800 vt quvvatga ega bo‘lgan lyuminessent lampalar guruh shipiga 2 qator qilib o‘rnatiladi.
Guruh doskasini yoritish uchun maxsus oyna o‘rnatilgan LPO-13 tipidagi lyuminessent lampa qo‘llanadi.
O‘quv stol-stul (parta)lariga gigiyenik talab. O`quv stol va stul (parta)lari quyidagi 3 ta gigiyenik talabga javob berishi zarur:
1.O‘quvchining bo‘yiga mos bo‘lsin.
2.O‘quvchining o‘quv-yozuv mashg‘ulotlarini bajarishi uchun qulay bo‘lsin.
3.O‘quvchi organizmining normal o‘sishi va rivojlanishiga zarar yetkazmasin.
O‘quv stol va stullari ikki tipda bo‘ladi:
1.Doimiy, ya`ni o`lchami o‘zgartirilmaydigan bir xil o‘lchamdagi stol va stullar.
2.Maxsus vintlar yordanida baland yoki past qilib o‘lchami o‘zgartiriladigan stol va stullar.
Stol va stullarning kerakli guruhini aniqlash qulay bo‘lishi uchun, ularga rangli bo‘yoqlar bilan belgi qo‘yiladi (markirovka qilinadi).Buning uchun stolning ikkala yon tomoniga va stul o‘tirg‘ichining pastki yuzasiga 2 sm uzunlikda va kenglikda A guruh stol va stullariga sariq, B guruhga-qizil, V guruhga-havorang, G guruhga- yashil, D guruhga – oq rangli belgi qo‘yiladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling