O‘quv stol-stullarining guruhlari.
-
Stol - stul
guruhlari
|
Bolaning bo`yi (sm)
|
Stolning balandligi (sm)
|
Stulning balandligi (sm)
|
Rangli
belgilari
(markirovka)
|
A
|
130-sm gacha
|
54 sm
|
32 sm
|
Sariq
|
B
|
131-145 sm
|
60 sm
|
36 sm
|
Qizil
|
V
|
146-160 sm
|
66 sm
|
40 sm
|
Havorang
|
G
|
161-175 sm
|
72 sm
|
44 sm
|
Yashil
|
D
|
176 sm va bundan baland
|
78 sm
|
48 sm
|
Oq
|
Jadvalda ko`rsatilgan 5 guruhdagi o`quv sto l- stullari 1-11 guruh bolalari uchun qo`llanadi.Bulardan tashqari sanoat o`quv partalarini ham ishlab chiqaradi.
O`quv partalari 3 guruhda bo`lib, ularning balandligi va rangli belgilari, ulardan foydalanadigan bolalarning bo`y uzunligi, o`quv stol-stullarining ABV guruhlariga to`g`ri keladi.Partalar boshlang`ich guruhlarda qo`llanadi.
Agar Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o`quv stol-stullari va partalarining guruhlari belgilanmagan, ya`ni markirovka qilinmagan bo`lsa, jadvalda ko`rsatilgan raqamlar bo`yicha ularning balandligini santimetr lenta yordamida o`lchab, rangli belgilar qo`yish (markirovka qilish) lozim.
Guruh doskasi. Doskaning uzunligi 3 metr, kengligi 1,2 metr bo`ladi. Boshlang`ich guruhlarda doskaning pastki qirrasini poldan balandligi 85 sm, o`rta va yuqori guruhlarda -95 sm bo`ladi.Doska och yashil rangli, chizmachilik xonasida-qora rangli bo`yoq bilan buyaladi.
Keyingi yillarda ikki tomoni ochilib-yopiladigan, o`rtasi esa kino va diafilm ko`rsatish uchun moslashtirilgan, guruh doskalari ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |