Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida


Bolalarning guruhdan tashqari ishlari gigiyenasi


Download 110.5 Kb.
bet6/11
Sana04.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1078097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida

Bolalarning guruhdan tashqari ishlari gigiyenasi. Bolalarning guruhdan tashqari ishlariga fan, badiiy havaskorlik to`garaklari, sport seksiyalari, jamoatchilik ishlarida qatnashishi kiradi.
Ayrim o`qituvchilar a`lochi bolalarni o`zlari o`qitadigan fanning to`garagiga qatnashishga majbur qiladilar.Guruh rahbarlari esa hamma jamoatchilik ishlarini a`lochi va faol bolalar zimmasiga yuklaydilar.
Buning natijasida a`lochi va faol bolalarni dam olib, xordiq chiqarishlari uchun imkoniyatlari qolmaydi.Natijada ular ham jismoniy, ham aqliy charchaydilar.O`ta charchash tufayli ularning sog`lig`i zaiflashadi.
O`zlashtirish va faolligi past bolalar esa, e`tibordan chetda qolib, ular yanada qoloqlashadilar.
Gigiyena talabiga binoan har bir bola faqat bitta, kamdan-kam hollarda ikkita to`garakda qatnashishi mumkin.Ularning biri fan to`garagi, ikkinchisi esa badiiy havaskorlik to`garagi yoki sport seksiyasi bo`lishi mumkin.
Shuningdek, har bir bola zimmasiga faqat bitta jamoatchilik ishi yuklatilishiga ruxsat etiladi.
To`garak va jamoatchilik ishlarini turi har bir bolaning qiziqishi va hohishiga muvofiq belgilanmog`i lozim.Bu ishlarga bolani majbur qilish mumkin emas.
Guruhdan tashqari ishlar, haftalik mashg’ulot jadvalining mashg’ulot soatlari eng kam bo`lgan kunlari, ya`ni gigiyena talabi bo`yicha to`rtinchi o`quv kuniga rejalashtirilishi lozim.
Guruhdan tashqari ishlarga bir haftada sarflanadigan vaqt, turli guruh bolalari uchun quyidagicha bo`lishi tavsiya etiladi:
1 - 4 - guruhlarda 1-2 soat;
5 - 7 - guruhlarda 3-4 soat;
8 - 11- guruhlarda 4-5 soat;
Ko`rsatilgan soatlardan ko`p bo`lishi, yuqorida qayd etilganidek, bolalarning zo`riqishiga, o`ta charchashiga, sog`lig`ini zaiflashib qolishiga sabab bo`ladi.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq atvorining hamma jihatlarini chuqur qamrab oladi. Sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya qilish, atrofdagilarga iltifotli bo‘lish, o‘zining psixik holatlarini boshqara bilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish kabilar odam o‘z-o‘zini bilishining asosiy mazmunidir.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda kun tartibi, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi, zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, giyohvandlik va hakozo) ga berilmaslik kabilar muhim ahamiyatga ega.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling