Bolalar sporti asoslari


Jismoniy sifatlarni tarbiyalash


Download 1.74 Mb.
bet42/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichida yosh sportchilarda tezlik hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor qaratish lozim. Mazkur bosqichda tor ixtisoslashgan tezlik tayyorgarligi amalga oshirilishi noto`g’ri. Tezlik hislatlarini tarbiyalash maqsadida qiyinlash­tirilgan sharoitlarda bajarilgan tezlik-kuch mashqlari, tezlik harakatlarni keng qo`llash lozim, bunda bevosita tezlik mashqlarini ham kichikroq hajmda bajarib, uyg’unlashtirish lozim. Tezlik hislatlarni tarbiyalashning asosiy vositalari sakrash, og’irlik bilan yoki og’irliksiz sakrash mashqlari, maxsus yugurish mashqlari, qum bilan to`ldirilgan koptok va qoplarda mashqlar, shtangga, tosh, gantellar bilan mashqlar, barcha turidagi sprinter yugurish, tepaga toqqa qarab yugurish, qumli joyda yugurish va h.k.lar.
Tezlik darajasining barqarorlashuvi, “tezlik to`sig’i” paydo bo`lishini oldini olish hamda chuqurlashtirilgan mashg’ulot jarayonining samaradorligini oshirish uchun tezlik hislatlarini tarbiyalashning quyidagi uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq: musobaqa mashqiga tuzilmali jihatdan o`xshash bo`lgan tezkor-kuch mashqlarning takroriy qo`llanilish uslubi (takroriy dinamik say’-harakatlar uslubi), bunda chegarali, kuchli keskinlashuv nisbatan engil yukni maksimal tezlikda olib borish yo`li bilan bajariladi, yosh sportchi ixtisoslashgan asosiy tezlik mashqini takroriy bajarish uslubi, uni maksimal tez sur’atda harakatning optimal amplitudasini saqlab qolganda bajarish lozim; engillashtirilgan sharoitda tezlik mashqini bajarish uslubi; harakat tezligini oshish jarayonidagi tuzilmaviy jihatdan musobaqa mashqiga o`xshash bo`lgan tezlik-kuch mashqlarni takroriy qo`llash uslubiga tegishli bo`lishi lozim.
Kuch tayyorgarligining asosiy vazifalari shug’ullanayotganlarning butun harakat apparatining mushak guruhlarini mustahkamlash, asosiy mushak say’-harakatlarini namoyon qilish mahoratini tarbiyalash (dinamik va statik xarakterdagilarni), bundan tashqari, mushak kuchini turli sharoitlarda ratsional qo`llash qobiliyatini shakllantirishdir.
Sportning tanlangan turida say’-harakatlarni namoyon qilish uchun tuzilmali muhim bo`lgan mushak guruhlariga tanlab ta’sir etish imkoniyatini beruvchi kuch mashqlariga tobora katta o`rinni ajratish lozim. bu mashqlarni tanlash yosh sportchi ixtisoslashgan sport turining xususiyatlari bilan shartlanadi. Bunday mashqlarga asosiy musobaqa mashqlar bilan tuzilmasi va xarakteri bo`yicha o`xshash asab-mushak say’-harakatlarga ega mashqlar hamda sportning tanlangan turini yaxlit harakatini bajarishda asosiy yuklamaga ega bo`lgan mushak guruhlarining rivojiga qaratilgan mashqlar mansubdir.
Yosh sportchilarda mushak kuchini tarbiyalashning asosiy uslublari chegaradosh va chegara vaznidagi og’irlik bilan kuch mashqini takroriy bajarish uslubi (maksimal say’-harakatlar uslubi); tezlik-kuch mashqini takroriy bajarish uslubi (dinamik say’-harakatlar uslubi); statik kuch mashqini takroriy bajarish uslubidir.
28-jadvalda 15-16 yoshli va 1-2 yil sport mashg’ulotlari stajiga ega bo`lgan sportchini kuch tayyorgarligi bo`yicha tavsiyalar keltiriladi. Bu tavsiyalar sportning Og’ir atletika turi ixtisosligida bo`lmagan yosh sportchilar uchun mo`ljallangan. Shug’ullanayotganlarning kuch qobiliyatlariga ko`p tomonlama ta’sir va mashg’ulotlar emotsionalligini oshirish maqsadida qarama-qarshi kuch ko`rsatadi juft va guruh mashqlar, “koptok uchun kurash” o`yishi, akrobatika, gimnastik mashqlar, snaryadlarda mashqlar kabilarni qo`llash lozim.
28-jadval

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling