Bolalar sporti asoslari


Sport texnika va taktikasining takomillashuv jarayoni


Download 1.74 Mb.
bet41/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Sport texnika va taktikasining takomillashuv jarayoni
Tanlangan sport turining texnika asoslari chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichiga kelganida, o`zlashtirilgan bo`ladi, shu sababli yosh sportchi ularni samarali mustahkamlashga kirishadi. Dastlabki bosqichlarda harakatlar mustahkam ko`nikmalar darajasigacha yetkaziladi.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: turli tashqi shart-sharoitlarda sport texnikasining takomillashuv, harakatning alohida detallariga ishlov berish, yosh spoortchining texnik va taktik mahoratini takomillashuviga ko`maklashuvchi jismoniy va irodali hislatlarini tarbiyalash.
Sport texnikasini mustahkamlash va keyingi takomillashuv bosqichida harakatlardagi nisbatan kichik o`zgarishlar kuzatiladi. Bu harakat, ko`nikma va mahoratlarini ahamiyatli darajada o`zgarishini talab qilmaydi. sport texnikasi takomillashuvi bosqichida mashg’ulotlardagi uzoq muddatli tanaffuslar bo`lmasligi lozim. Ko`nikmaga aylantirilmagan harakatlar tez yo`qotiladi, shu sababli o`rgatilayotgan texnik uslubni to`g’ri bajarish qobiliyatini keyingi takomillashuv uchun muntazam tarzda mustahkamlash lozim. Bunga o`zlashtirilgan texnik uslubni ketma-ket bo`lgan bir nechta mashqlarda ko`p karrali takrorlash bilan erishish mumkin.
Texnikani mustahkamlash va bu texnikani keyingi takomillashuvi yosh sportchilar qo`ygan xatolari naqadar yaxshi bartaraf etilsa, shu qadar muvaffaqiyatliroq bo`ladi. Xato sababini aniqlash murakkabligi bir xil noto`g’ri bajarilgan harakatning turli sabablari bo`lishi mumkinligidan iboratdir. Murabbiy qanchalik tajribali bo`lmasin, xatolar sababini aniqlash uchun yosh sportchini ham jalb etish lozim. Dastlab asosiy xatolar to`g’rilanadi, chunki aksariyat hollarda ikkinchi darajali xatolar asosiylaridan kelib chiqadi.
Xatolarni to`g’rilashda yosh sportchilarni mashqni bajarilishining noto`g’ri uslubini namoyon qilib, so`ngra xatolarni to`g’rilashga kirishadi. Sport texnikasida takomillashuv jarayonida katta e’tibor tezkor joriy axborotga beriladi, masalan, yugurib uzunlikka sakrashga o`qitishda murabbiy yosh sportchini sakrashining uzunligi va rejada bo`lgan vazifani bajarganligi yoki bajarmaganligidan xabardor qiladi.
Yosh sportchilar qo`ygan xatolar aksariyat hollarda murabbiyning o`zining noto`g’ri harakatlarining natijasi bo`lishini ham qayd etish joiz, ularning eng keng tarqalganlari bu: ko`rsatish va tushuntirishni faol idrok etishga yosh sportchilar tayyorgarligi ahamiyatini etarli darajada baholamaslik, noto`g’ri ko`rsatish, haddan ziyod ko`p so`zlik tushuntirish, yosh sportchi ongiga mashqlarni bajarishda qo`ygan xatolarini etarli darajada tushuntirib bermaslik individual tushuntirishning yo`qligi.
Sportning tanlangan turida chuqurlashgan mashg’ulot bosqichida sport texnikasini takomillashuvida katta rol musobaqa uslubiga beriladi. Dastlab bu asosan, o`rganilgan harakatning sifatiga qaratilgan o`quv musobaqalar, so`ngra sonli natijalarga erishish (masalan, nafaqat to`g’ri sakrash, balki yuqoriroq yoki uzoqqa sakrash). Natijaga qaratilgan musobaqalar yosh sportchilar musobaqa harakatlari bilan bog’liq bo`lgan mushak hissiyotlarini qay darajada ongli tahlil qilish, baholash va tartibga solishlariga bog’liq va bu qanchalik yaxshi bo`lsa, natijalar shunchalik muvaffaqiyatli bo`ladi.
Yosh sportchilar texnikaning biomexanik asoslari haqida maxsus bilimlarga ega bo`lishlari lozim. Murabbiy yosh sportchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishi, ularning o`zini-o`zi nazorat qilishi, o`z harakatlari va do`stlarining harakatlarini baholashga qaratilgan faoliyatini rivojlantirishi lozim.
Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichida yosh sportchi o`z taktik qobiliyatini takomillashtiradi. Sport kurashini olib borishning uslub va priyomlariga ega bo`ladi va shu bilan bir qatorda vujudga kelayotgan vaziyatlarda harakat vazifalarini mustaqil va operativ hal qilish qobiliyatini takomillashtiradi. Mazkur qobiliyatlarni shakllantirish va kengaytirish yosh sportchining taktik tafakkurining asosi sifatida xizmat qiladi, u tufayli sportchi harakatning taktik rejalarini tuza oladi. Masalan, o`rta masofaga yugurishda taktikani to`g’ri tanlash uchun yosh sportchi raqibning va o`zining kuchini ob-havo sharoitlarini, masofa bo`limlarida kuchlarini taqsimlash grafigini oldindan bilishi lozim. Raqibning taktik rejasini u haqida musobaqadan oldin yoki sport kurashi davomida axborotni yig’ib, taktik rejasini topish mahorati katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, yosh sportchi o`z intilishlarini, o`z rejasini ham maxfiy tutishni o`rganishi lozim. Taktika bo`yicha barcha mavjud materiallarni o`zining va o`zgalarning taktik rejalari va kundaliklarini tizimli tarzda tahlil qilish va taqqoslash lozim.
Xilma-xil taktik uslublarni qo`llash yosh sportchining jismoniy, texnik va irodali tayyorgarligining rivojlanish darajasiga bog’liq. Maxsus bilimlar ham katta ahamiyatga ega. Taktik tayyorgarlikning hajmi sportning alohida turlarida ham farqlanadi. Sport o`yinlari va yakka kurashda qisqa masofaga yugurish bilan taqqoslaganda u kattaroq bo`ladi, chunki bu erda taktik imkoniyatlarning xilma-xilligi ko`pdir.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling