Bolalar sporti asoslari
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg‘ulot bosqichida yosh sportchilarda tezkorlik sifatini tarbiyalashga katta e’tibor qaratish lozim. Mazkur bosqichda tor ixtisoslashgan tezlik tayyorgarligi amalga oshirilishi noto‘g‘ri. Tezkorlik sifatini tarbiyalash maqsadida qiyinlashtirilgan sharoitlarda bajarilgan tezkor-kuch mashqlari, tezlik harakatlarni keng qo‘llash lozim, bunda bevosita tezlik mashqlarini ham kichikroq hajmda bajarib, uyg‘unlashtirish lozim. Tezkorlik sifatini tarbiyalashning asosiy vositalari sakrash, og‘irlik bilan yoki og‘irliksiz sakrash mashqlari, maxsus yugurish mashqlari, qum bilan to‘ldirilgan koptok va qoplarda mashqlar, shtangga, tosh, gantellar bilan mashqlar, barcha turidagi sprinter yugurish, tepaga toqqa qarab yugurish, qumli joyda yugurish va h.k.lar. Tezkorlik darajasining barqarorlashuvi, “tezlik to‘sig‘i” paydo bo‘lishini oldini olish hamda chuqurlashtirilgan mashg‘ulot jarayonining samaradorligini oshirish uchun tezlik sifatini tarbiyalashning quyidagi uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq: musobaqa mashqiga tuzilmali jihatdan o‘xshash bo‘lgan tezkor-kuch mashqlarning takroriy qo‘llanilish uslubi (takroriy dinamik say’-harakatlar uslubi), bunda chegarali, kuchli keskinlashuv nisbatan engil yukni maksimal tezlikda olib borish yo‘li bilan bajariladi, yosh sportchi ixtisoslashgan asosiy tezlik mashqini takroriy bajarish uslubi, uni maksimal tez sur’atda harakatning optimal amplitudasini saqlab qolganda bajarish lozim; yengillashtirilgan sharoitda tezlik mashqini bajarish uslubi; harakat tezligini oshish jarayonidagi tuzilmaviy jihatdan musobaqa mashqiga o‘xshash bo‘lgan tezkorkuch mashqlarni takroriy qo‘llash uslubiga tegishli bo‘lishi lozim. Kuch tayyorgarligining asosiy vazifalari shug‘ullanayotganlarning butun harakat apparatining mushak guruhlarini mustahkamlash, asosiy mushak say’-harakatlarini namoyon qilish mahoratini tarbiyalash (dinamik va statik xarakterdagilarni), bundan tashqari, mushak kuchini turli sharoitlarda ratsional qo‘llash qobiliyatini shakllantirishdir. Mavzu: SARALASH VA SPORT TURLARIGA YO‘NALTIRISH Reja. 1.Sport maktablariga saralash tizimining tashkiliy asoslari. 2. Sport maktabiga saralash mezonlari. 3.Sport mashg‘ulotini rejalashtirish. Yosh sportchi tanlangan harakat faoliyatini muvaffaqiyatli namoyon etish uchun zarur bo‘lgan barcha sifatga ega bo‘lishi lozim, faqatgina shu holatda uni oliy sport mahoratini shakllanish jarayonida keyingi rivojini ta’minlash mumkin. Yurtimiz va xorijiy olimlarning tadqiqotlar jarayonida to‘plangan ma’lumotlar individning morfofunktsional xususiyatlari, harakat va ruhiy funktsiyasini tavsiflovchi alohida ko‘rsatkichlar, uning sport jihatidan moslik, muvofiqligi darajasini oldindan bashoratini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Saralash va sport turlariga yo‘naltirishning ratsional tizimi bolalar va o‘spirinlarni iste’dod va qobiliyatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning potentsial imkoniyatlarini to‘liq ochib berish uchun sharoitlarni yaratish, ruhiy va jismoniy barkamollikka erishish imkoniyatini beradi va bu asosda sport mahoratining oliy cho‘qqilariga ega bo‘lish sharoitini yaratadi. Yosh sportchi individual qobiliyatlarini ob’ektiv baholash, bola, o‘spirin, yosh yigit-qizlarni kompleksi tadqiq etish yo‘li bilan berilishi mumkin. Sport maktablariga bolalar va o‘spirinlarni saralash jarayonida ularning jismoniy va sport texnik tayyorgarligining nafaqat dastlabki darajasi, balki jismoniy sifatlarning rivojlanish hamda sport texnik mahoratini shakllantirish sur’atlari ham hisobga olinishi lozim. Yosh sportchilarni saralash muammosi majmuali tarzda tadqiqotning pedagogik, tibbiy-biologik, psixologik, sotsiologik uslublar asosida hal qilingan. Tadqiqotning pedagogik uslublari jismoniy sifatlar, koordinatsion qobiliyatlar hamda sport texnik mahorati darajasini baholash imkoniyatini berdi. Tibbiy-biologik uslublar asosida sportchi organizmining morfofunktsional xususiyatlari, organizmning analizator tizimining holati, jismoniy rivojlanish darajasi aniqlangan. Tadqiqotning ruhiy uslubida sport kurashi davomida individual va jamoa vazifalarni hal etishga ta’sir etuvchi sportchi ruhiyatining xususiyatlari o‘rganildi hamda jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sportchilarning ruhiy bir-biriga mos kelishi aniqlandi. Bundan tashqari, bola va o‘spirinlarni saralash bo‘yicha sport maktablari murabbiylarining ish tajribasi umumlashtirildi va maktab yoshidagi bolalar va yosh sportchilarning ommaviy tekshiruvlari amalga oshirildi. Sotsiologik tadqiqotlar asosida sportning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishda bolalar va o‘spirinlarning sportga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi, bundan tashqari, mazkur qiziqishlarni shakllantirishning samarali vosita va uslublari, maktab yoshidagi bolalar orasida munosib tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot ishi shakllari aniqlanadi. Ko‘p sonli tadqiqotlar natijalarining tahlili va natijaviy umumlashtiruvi saralash va sport turlariga yo‘naltirish nazariya va uslubiyatining asosiy qonunlarini shakllantirish imkonini beradi. Saralash - bu majmuaviy xarakterdagi tashkiliy-uslubiy tadbirlar uslubi bo‘lib, o‘z ichiga tadqiqotning pedagogik, sotsiologik, ruhiy va tibbiy-biologik uslublarini kiritadi, ular asosida bola, o‘spirin va yoshlarni sportning ma’lum turida ixtisoslashuvi uchun qobiliyat va iste’dodlari aniqlanadi. Tanlovning asosiy vazifasi iste’dod va qobiliyatlarni hamma tomonlama o‘rganish asosida aniqlash va sportning u yoki bu turiga qo‘yiladigan talablarga eng yuqori darajada muvofiqni belgilab berishdir. Ba’zi mutaxassislar tanlov atamasi o‘rniga “sportga layoqatlilik” atamasidan foydalanadilar. Bu atama sportning tanlangan turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan individning qobiliyat va iste’dodlarini aniqlashning vosita va uslublarining tizimi sifatida tavsiflanadi. Sport turiga yo‘naltirilish – bu majmuaviy xarakterdagi tashkiliy, uslubiy tadbirlar uslubi bo‘lib, uning asosida individni sportning ma’lum turidagi tor ixtisoslashuvi belgilanadi. Sport maktabiga boshlang‘ich saralash jarayoni 3 bosqichga bo‘linadi (42-jadval): bolalar va o‘spirinlarni dastlabki saralash bosqichi sportning tanlangan turiga ixtisoslashuvi; talabalarga dastlab tanlangan shug‘ullanayotganlarning kontingentini muvofiqligining chuqurlashtirilgan tekshiruvi; sport turiga yo‘naltirilganlik bosqichi. Saralashning birinchi bosqichi yakunida sportning tanlangan turlari bo‘yicha ko‘rik saralashlar nazorat sinovlar va musobaqalar nazarda tutilishi lozim. Mazkur tadbirlarni o‘quv yili yakunida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir qator holatlarda tanlangan o‘quvchilar sport oromgohlariga yuboriladilar, bu yerda ular sport maktabi murabbiylari rahbarligi ostida shug‘ullanadilar. Sport maktabida bo‘lganida murabbiylar bolalar va o‘spirinlarning qobiliyatlarini nazorat sinovlari va pedagogik kuzatuvlar asosida aniqlaydilar. Bolalar va o‘spirinlarning potentsial imkoniyatlarini ehtimolning yuqori darajasi bilan aniqlash uchun ularning tayyorgarligining nafaqat dastlabki darajasi, balki o‘sish sur’atini ham aniqlash maqsadga muvofiqdir. Saralashning ikkinchi bosqichi – dastlab tanlangan kontinentni tanlangan sport turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuviga muvofiqligini chuqurlashtirilgan tekshiruvi, bu birlamchi o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. 3-6 oy mobaynida shug‘ullanayotganlarning imkoniyatini chuqur o‘rganib va ularning eng qobiliyatli va iste’dodlaridan o‘quv guruhlarini shakllantirish lozim. Tanlovning ikkinchi bosqichi yakun topgandan so‘ng, sport maktabi direktori raisi ostidagi komissiya, ota-onalar arizalari, kirayotganlarning shaxsiy ishlarini o‘rganib chiqib, sport maktabiga qabul ilish haqidagi masalani hal qiladi. Musobaqa natijalari, nazorat sinovlari, murabbiyning tavsifi va shifokorning xulosasi bola va o‘spirinlarni sport maktabiga hal qilish haqidagi masalani hal qilishda asosiy bo‘lishi lozim. Saralashning bunday tizimi yaxshi sport qobiliyat va iste’dodiga ega bo‘lib, saralashning 2 bosqichidan o‘ta olmagan bolalarni ham qabul sinovida ishtirokini istisno qilmasligi lozim. Saralashning uchinchi bosqichining vazifasi – sport maktabi o‘quvchining har biri ko‘p yillik tizimli o‘rganishdir, buning maqsadi bu o‘quvchini individual sport ixtisoslashuvini yakuniy natijasini aniqlashdir. Yosh sportchini uzoq muddatli va batafsil o‘rganish jarayoni, uni sport qobiliyatlarini eng yaxshi tarzda belgilash imkoniyatini berib, u uchun muvofiq bo‘lgan sport turini saralash imkoniyatini beradi. Mazkur bosqichda pedagogik kuzatuvlar, nazorat sinovlar, tibbiy-biologik va ruhiy tadqiqotlar amalga oshiriladi, ularning maqsadi shug‘ullanayotganlarning tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashdir. Bu davrda shug‘ullanayotganning ratsional tarzda o‘ziga mos bo‘lgan sport turini saralash haqidagi masala hal qilinadi. Sport har biri sportchining jismoniy tayyorgarligi va qobiliyatiga alohida o‘ziga xos talablar qo‘yadi. 43-jadvalda sport maktablariga bolalar va o‘spirinlarni saralash jarayonida hisobga olinishi kerak bo‘lgan va shug‘ullanayotganlarga qo‘yiladigan talablar me’zonlari berilgan. Antropometrik tadqiqotlar jarayonida sport maktabiga sportning mazkur turi uchun mashhur vakillariga xos bo‘lgan morfologik turga qay darajada nomzodlar muvofiqligini aniqlash lozim. Sport amaliyotida sportchilarning morfologik turi (bo‘yi, vazni, tana tipi va h.k.)lar haqida ma’lum tasavvurlar shakllangan. Masalan, basketbol, engil atletika, akademik eshkak eshishda yuqori bo‘y muhimdir, marafon yugurishda, chang‘i sportida bo‘y muhim ahamiyatga ega emas. Tibbiy-biologik tadqiqotlar asosida maktab o‘quvchilarning sog‘lig‘i, jismoniy tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga baho beriladi. Sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalarga ega bolalar va o‘spirinlar aniqlanadi. Alohida e’tibor maktab yoshidagi bolalarda katta mashg‘ulot yuklamalari bajarilgandan so‘ng, tiklanish jarayonining davomiyligi va sifatiga qaratilishi lozim. Shifokor tadqiqotlari har bir muayyan holatda sport maktabida o‘qish uchun zaruriy sifatlarga ega bo‘lgan bola va o‘spirinlar qanday davolash profilaktik tadbirlarga muhtoj ekanligini aniqlash uchun ham zarurdir. Bundan tashqari, sport maktabiga kirishda tibbiy ko‘rik, keyingi tibbiy ko‘riklar kabi yosh sportchini Sport saralashning birinchi bosqichida musobaqa va nazorat sinovlarida umumta’lim maktabi shifokori tomonidan ko‘rikdan so‘ng olingan sog‘liq holati haqidagi xulosaga ega bolalar qatnashishi mumkin. Ma’lumotnomada maktab o‘quvchisi o‘z sog‘lig‘i holati asosida musobaqa va nazorat sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qilmaydigan, sog‘liqning ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bo‘lganida, umumta’lim maktabining shifokori ma’lumotnomada tashxisni ko‘rsatadi. Maktab shifokorining xulosasi bola va o‘spirinlarni sport maktabida o‘qishining birinchi 3 oyida amalda bo‘ladi. Sport saralashining 2 bosqichida tibbiy xulosa muayyan shart-sharoitlarga ko‘ra, sport maktabi, tuman, shahar shifokori nazorati xonasidagi shifokor yoki jismoniy tarbiya dispanseri shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Sinov muddati (3 oydan 6 oygacha) shug‘ullanayotganlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Bu ko‘rik o‘quvchining organizmida sport maktabi dasturida nazarda tutilgan hajmda sport bilan to‘liq shug‘ullanishga to‘sqinlik qiluvchi patologik o‘zgarishlar yo‘qligini istisno qilishi mumkin. Shifokor ko‘rigi shifokor jismoniy tarbiya dispanserlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Pedagogik kuzatuvlar asosida bolalar va o‘spirinlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Masalan, murabbiy tizimli kuzatuvlar yo‘li bilan yosh sportchini murakkabligi, hajmi va intensivligi bo‘yicha mashg‘ulot dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyatini qayd etadi, bu esa ko‘p jihatdan yuqori sport natijalarga erishish imkoniyatini belgilab beradi. Pedagogik nazorat, sinovlar (testlar) ham katta rol o‘ynaydi, ularning natijalariga ko‘ra, sportning u yoki bu turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv zaruriy bo‘lgan individning jismoniy sifat va qobiliyatlarining mavjudligi haqida fikr yuritadilar. Masalan, tezlik rivojining darajasini aniqlash uchun startdan yoki turgan holda 30 m.dan yugurishni, kuchni rivojlanish darajasini aniqlash kaft dinamometrdan foydalanadilar. 44-jadvalda bolalar va o‘spirinlar sport maktabiga jismoniy sifatlar rivojlanish ko‘rsatkichi asosida saralash uchun namunali me’yorlar keltiriladi. Nazariy va nazorat ishlanmalarining tahlili sport maktablariga bolalar va o‘spirinlarni tanlashda quyidagi pedagogik mezonlarni shakllantirish imkoniyatini beradi: jismoniy sifat va sport mahorati rivojining darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, ularning shakllanish sur’atlari, bolalar va o‘spirinlarning koordinatsion imkoniyatlarini namoyon qiluvchi ko‘rsatkichlar. Yosh sportchilarni keskin sport kurashi sharoitida harakat vazifalarini samarali hal qilishga bo‘lgan qobiliyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Saralashning tibbiy-biologik tizimi o‘z ichiga morfofunktsional xususiyatlar, organizmning analizator va funktsional tizimlarining holati, oliy asab faoliyatining individual xususiyatlari, sportchi sog‘lig‘ini o‘z ichiga kiritishi lozim. Bolalar va o‘spirinlarni tanlashning ruhiy mezonlari tizimi o‘z ichiga individni sport turi talablariga ko‘ra, turli ruhiy holatlarni takomillashtirishga bo‘lgan xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni kiritadi, bundan tashqari, irodali sifatlar – xarakter temperamenti darajasini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Tanlashning sotsiologik mezonlar tizimiga sport manfaatlarining motivatsiyasi, ularni shakllanish uslublari va shu kabi ma’lumotlar kirishi lozim. Sport turlarining quyidagi 4 guruhida tanlov mezonlarini umumiy tarzda tavsiflab beramiz: sportning siklik turlari, texnik jihatdan murakkab sport turlari; sport yakka kurashlari, sport o‘yinlari. Qisqa masofaga yugurish kabi sportning siklik turida saralash jarayonida qolgan sharoitlarning barchasi teng bo‘lsada, bo‘yi baland, mushaklari yaxshi rivojlangan va qulay konstitutsion xususiyatlar (oyoq va tana uzunligining mutanosibligi)ga ega o‘spirin va yoshlarni afzal deb topish lozim. Tanlov jarayonida start signaliga reaktsiyaning vaqti, tezkor-kuch sifatlarining rivojlanish darajasi maktab yoshidagi bolalarning koordinatsion imkoniyatlar darajasi ham hisobga olinishi lozim. Mashg‘ulot mashqlarining 1,5 yillik davomida bola va o‘spirinlarning yetakchi jismoniy sifatlarni o‘sishining yig‘indi sur’atlari bilan tavsiflanadigan integral ko‘rsatkichni ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bo‘lg‘usi sprinterchini zaruriy imkoniyatlari jismoniy sifatlarning dastlabki darajasidan kichikroq darajaga bog‘liq, ammo bu sifatlarni rivojlanish sur’atlariga kattaroq darajada bog‘liqdir. Yetakchi jismoniy sifatlarni rivojlanish sur’atlari yosh sportchilarni rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan holdagina, istiqbollikni taxmin qilishda birinchi darajada ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. Agarda ularning dastlabki darajasi past bo‘lsa, rivojlanishning hattoki yuqori sur’atlari sport natijani bola va o‘spirinlarni rivojlanishining ma’lum yosh davrida talab qilinadigan zaruriy darajasigacha ko‘tarish imkoniyatini bermaydi. Bolalar va o‘spirinlarni tanlash jarayonida sport ko‘rsatkichlarini o‘sish sur’atlarini hisobga olish bola va o‘spirinlarning biologik yoshini individual xususiyatlarini hisobga olgan sharoitida o‘zini oqlaydi. Shunday qilib, faqatgina jismoniy sifatlarni rivojlanishining nisbatan yuqori dastlabki darajasi va biologik yoshni hisobga olgan holda, ularning rivojlanishining optimal sur’ati u yoki bu sportchining istiqbolliligi haqida ishonchli taxmin qilishda oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Eksperimental yo‘l bilan sportning tezlik va tezkor-kuch turlarida (xususan, sprintda) ixtisoslashadigan yosh sportchilar uchun mashg‘ulotlarning birinchi 1,5 yilligida tezlik va sakragich sifatlarini o‘sishining optimal sur’atlari 10,5-12,5% ga teng ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Sportning suzish turida istiqbolli sportchilarni tanlash maqsadida tadqiqotning pedagogik va tibbiy-biologik uslubida aniqlangan ko‘rsatkichlarning kompleksidan foydalanish lozim. Boshlang‘ich bosqichda tanlov mezonlari sifatida bolaning morfologik xususiyatlari, uning umumiy koordinatsion qobiliyatlari, bo‘g‘inlarda harakatchanlik darajasi, sog‘liq holati inobatga olinadi. Bolalarni tanlashda tananing eng total o‘lchovlarning mutanosibligi, tashqi nafas olish apparatining rivojlanganligi, suyak va mushaklarning xususiyatlari va yog‘larning mavjudligi tana proportsiyalarini hisobga olish lozim. Suzishda morfofunktsional xususiyatlarga ixtisoslashuvning bog‘liqligi bola yoshidayoq namoyon bo‘ladi. Sprinter-suzuvchilar o‘rta va uzun masofaga suzuvchilardan tanasining uzunligi va vaznining, ko‘krak qafasining hajmi bo‘yicha ahamiyatli darajada farqlanadi, ularda bu ko‘rsatkichlar eng yuqori bo‘ladi. Ma’lum bo‘lganidek, tana vazni kuch ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Demak, spinterlarning tanasining yirik total o‘lchovlari ularga energiya ta’minlovining anaerob hududida Tezkor-kuch ishini bajarish uchun optimal sharoitlarni ta’minlab beradi. Tananing total o‘lchovlarining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha stayerlar sprinterchilardan ortiqroq bo‘ladi. Sprinterda muvaffaqiyatni belgilab beruvchi tezlik sifatlar o‘rniga energiya ta’minlovining aerob hududining yuqori yutuqlarni shartlab beruvchi suzuvchining jismoniy sifati o‘rnini bosadi. Ularga birinchi navbatda, o‘pkaning hayotiy hajmi, nisbatan bo‘y va tananing kichik vazni hamda yelka, tizza, bo‘g‘inlardagi harakatchanlik kiradi. O‘rta masofada ixtisoslashgan suzuvchilar sprinter va stayerlar o‘rtasida oraliq holatda bo‘ladi. Xususan, o‘rta va uzun masofaga suzishda ixtisoslashgan yosh sportchilar nisbatan kichik bo‘y va vaznga ega bo‘lib, katta intensivlikdagi uzoq muddatli ishga moslanganlar va yuqori anaerob ishlab chiqarishga egadirlar. Turli masofalarda harakat faoliyati rejimining ta’siri suzuvchilar tanasi tarkibida ham bilinadi: faol ommaning katta foizi, ya’ni mushak to‘qimasining katta soni sprinterlarda, kichik soni esa stayerlarda bo‘ladi. Suzuvchilarning koordinatsion qobiliyatlari quruqlik va suv muhiti sharoitida maxsus testlar yordamida baholanadi. Tadqiqotning instrumental uslublari yordamida analizatorlarning psixo-analitik tavsifi aniqlanadi (masalan, teri va vibrotaktil sezuvchanlik). Keyingi bosqichlarda tanlovning muhim mezoni yosh suzuvchining maxsus chidamliligidir, u maxsus tetstlar yordamida hamda suvdagi yuklamalarning yig‘indi qiymati va turli uzunlikdagi masofa va bo‘limlarda (4x50 m masofa bo‘limlarini suzib o‘tishning yig‘indi vaqti, 400 va 800 m.ga suzishdagi natijalar) suzishning tezligi mutanosibligi asosida aniqlanadi. N.J. Bulgakova (1977) ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p ma’lumot beruvchi, yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar bu antropometrik ko‘rsatkichlardir, bo‘g‘imlardagi harakatchanlik suvda og‘irlik kuchidir. Suzishda tanlov tizimi yosh sportchilar tizimining keyingi yo‘naltirilganligi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli suzishdagi baza mashg‘uloti kichik yosh guruhlardagi bolalar uchun eng muvofiq bo‘lgani bu aerob yo‘naltirilganlikdir, chunki anaerob imkoniyatlar yoshi jihatidan keyinroq suzuvchi tana tana vazni oshgani sari rivojlanadi. Sportning texnik jihatdan murakkab turi uchun eng ma’qbuli bu sport gimnastikasidir. Gimnastikachining potentsial imkoniyatlari, uning istiqbolligini ob’ektivlikning yuqori darajasi bilan quyidagi omillarni hisobga olgan holda aniqlash mumkin: organizmning morfologik xususiyatlari, sport texnik mahorat, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, sportchining ruhiy xususiyatlari. Gimnastikachi yigit-qizlarning tana tuzilishining xususiyatlari nasliy xarakterdagi omillar bilan yuqori darajada shartlangan. Oliy toifadagi gimnastikachilarning ma’lum morfologik turi aniqlangan, masalan, erkaklar tana tuzilishining asosiy tiplari – bu mushak (Voronin) yoki ko‘krak mushakli (Andrianov, Klimenko). Ikkala jinsdagi yuqori toifadagi gimnastikachilar o‘rta bo‘yli, tana vazni nisbatan kichik hamda yuqori yelka qismining mushaklari rivojlangan bo‘ladi. Katta yoshli gimnastikachilarda aniqlangan tana tuzilishi tiplarini bola yoshidayoq aniqlab olish mumkin. Yosh gimnastikachilarning morfofunktsional ko‘rsatkichlarini baholashning asosiy mezonlari ishlab chiqilgan. Gimnastikachilarning qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga har bir yosh guruhida o‘ziga xos maxsus jismoniy sifatlarni o‘sish darajasi va sur’atini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Bular qatoriga kuch, tezkor-kuch sifatlar, kuch chidamliligi, egiluvchanlik kiradi. E.Yu. Rozin va E.I. Yatskevichlarning tadqiqotlari tomonidan (1971, 1973) sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish uchun bolalarni tanlashda nisbiy mushak kuchi va egiluvchanlikning konservativligi ularni yuqori bashoratlilik ahamiyati aniqlangan. Turli yosh guruhlardagi alohida gimnastikachilar xalqaro toifadagi sport ustalari kabi nisbiy mushak kuchi, bo‘g‘imlarda harakatchanligining xuddi shunday ko‘rsatkichlariga ega ekanligi eksperimental tarzda isbotlangan. Bu ko‘rsatkichlar sport texnik mahoratning o‘sishi bilan uzviy korelyatsion aloqada bo‘lib, o‘z ahamiyatini turli yosh davrlarida ham saqlab qoladi, ular gimnastikachilarning istiqbolliligini aniqlashda ishonchli mezon sifatida xizmat qiladi. Gimnastikachining sport texnik mahorati tasnifiy dastur bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar natijasi asosida, hamda sport texnik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat sinovlari natijalari asosida aniqlanadi. Nazorat sinovlari dasturiga testlar kiradi, ya’ni gimnastikachi maktabini belgilab beruvchi profilli unsurlar. Sport malakasini oshirgan holda nazorat sinovlariga tobora katta ahamiyat beriladi. Gimnastikachilar koordinatsion imkoniyatlarining darajasi harakat modeli va koordinatsiyaga qaratilgan mashqlar tizimi yordamida aniqlanadi. Testlarni bajarishda harakatlar koordinatsiyasini individual namoyon bo‘lishi haqida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi asosiy ko‘rsatkichlar harakatlarning aniqligi (berilgan dasturga ularning muvofiqligi), harakat ko‘nikmasining barqarorligidir. Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida sport o‘yinlarida harakat faoliyatini shartlab beruvchi sifat tavsiflari nisbatan mustaqildir. Mazkur mezonlar asosida bolalarning qobiliyatini aniqlashda differentsiyalangan yondashuvga rioya qilib, sport o‘yinlarida muvaffaqiyatli ixtisoslashuv uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan har bir sifatning rivojidagi individual o‘zgarishlarni o‘rganish lozim. Qolgan barcha qulay sharoitlarda sport o‘yinlarida individual barkamollikning qulay istiqbolini keskin sport kurashining o‘zgarayotgan sharoitlarida harakat vazifalarini tez va aniq hal qilishga bo‘lgan qobiliyat belgilab beradi. Voleybol va basketbol sport maktablariga saralashda quyidagi nazorat testlari va me’yorlarini qo‘llashlari mumkin (49-50-jadval). Sport zaxiralarini tayyorlash uchun tuman, shaxar, Respublika, DSO va muassasalarning terma jamoalarining o‘spirin va yosh sportchilarni tanlash tizimi katta ahamiyatga ega. Terma jamoalarga nomzodlarning istiqbolliligi harakat potentsialini, jismoniy harakatlarni yanada rivojlantirish imkoniyati, sportchi organizmining funktsional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, yuqori mashg‘ulot mashqlarini bajarishga bo‘lgan qobiliyati hamda musobaqalarda sportchilarning ruhiy barqarorligi kabilarni hisobga olish asosida belgilanadi. Xulosa qilib qayd etish joizki, yosh sportchilarni tanlash – bu bola, o‘spirin, yosh yigit-qizlarning jismoniy tayyorgarligi, morfofunktsional ruhiy xususiyatlarni turli tomonlarini hamma tomonlama tahlil qilishning murakkab jarayonidir. Tanlov bir marotabalik tadbir emas, bu nisbatan davomiy jarayon bo‘lib, yosh sportchining ko‘p yillik tayyorgarligining barcha bosqichlarida tadqiqotning pedagogik, tibbiybiologik, ruhiy va sotsiologik uslublarini nazarda tutuvchi, sportchi shaxsini. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling