Suyak ko‘migi holati bo‘yicha
Qonda gemoglobin kam miqdorda bo‘lganda suyak iligi bu holatni bartaraf etishga harakat qiladi. Bunda retikulotsitlar (yangi eritrotsitlar normada 0,5-2 %) miqdori ortadi. Retikulotsitlar miqdoriga qarab quyidagi anemiya shakllari farqlanadi:
Aregenerator (aplastik) – ularning umuman bo‘lmasligi;
Giporegenerator (B12 vitamin tanqisligi, temir tanqisligi) – 0,5 % dan kam;
Normoregenerator (postgemorragik) – 0,5-2 % (norma);
Giperregenerator (gemolotik) – 2 % dan ko‘p.
Bola qonidagi retikulotsitlarning yoshga bog‘liq normal ko‘rsatkichi
O‘lchov birligi
|
1 yoshgacha
|
1-6 yosh
|
6-12 yosh
|
12-16 yosh
|
Foiz (%)
|
0,3-1,5
|
0,3-1,2
|
0,2-1,2
|
0,2-1,1
|
Promilli (%)
|
3-15
|
3-12
|
2-12
|
2-11
|
Qon ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologiyaga asoslangan klassifikatsiya.
Autoimmun gemolitik anemiya – eritrotsitlarning organizmning o‘z immune tizimi antitelolari tomonidan parchalanishi;
Postgemorragik – qon yo‘qotish natijasida kelib chiqadi;
Disgemopoetik – qizil suyak iligining funksiyasi buzilishi bilan kechadigan anemiya: eng ko‘p tarqalgan turi – Daymond-Blekfen tug‘ma anemiyasi, 90 % hollarda bolalar dunyoga kelishi bilanoq aniqlanadi;
Defitsit anemiyalar (B12 vitamin, foli kislota tanqisligi) – kerakli bo‘lgan moddalar yetishmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |