Tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar
Teri qoplamasi, shilliq qavatlar va tirnoqlarning rangparligi;
Soch to‘kilishi;
Tirnoqlarning sinuvchanligi;
Shishlar;
Tana vaznining kamayishi.
Yuqoridagi barcha belgilar biror bir kasallik simptomlaridir. Shu sababli anemiyaga sabab bo‘layotgan kasallikni aniqlash va uni bartaraf etish kerak.
Bolalarda anemiyaga shubha qilinsa pediatr, terapevt yoki gematolog ko‘rigidan o‘tish kerak. Diagnostikaning asosi qon analizidir:
Qonning umumiy analizi – gemoglobin, eritrotsitlar soni va rang ko‘rsatkich;
Qon biokimyoviy tekshiruvi – vitamin, bilirubin va temir miqdorini aniqlash uchun;
Kam hollarda suyak ko‘migi punksiyasi.
O‘QING: Bolalarda gipotireoz - turlari, sabablari, belgilari va davolash usullari
Analizlar natijasiga asoslanib anemiya diagnozi qo‘yilganda bolalarni tor doiradagi mutaxassislar tekshiradilar – gastroenetrolog, revmatolog, nefrolog, kardiolog va boshqalar.
Anemiyani kompleks davosi to‘rt prinspga asoslanadi: ovqatlanishni yaxshilash va hayot sifatini oshirish, asosiy kasallikni davolash, maxsus dori preparatlarini qabul qilish va ehtiyotkorlik bilan xalq tabobatidan foydalanish. Bularning barchasi shifokor tomonidan buyuriladi.
Medikomentoz davo
Anemiyaning yagona davosi yo‘q, chunki kamqonlikka sabab bo‘luvchi ko‘plab kasalliklar bor. Avvalo, o‘sha kasalliklarni bartaraf etish kerak. Shunday bo‘lsa ham yordam beruvchi muolajalar mavjud.
Umumiy muolajalardan quyidagilar mavjud:
Qon quyish;
Suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish;
Gemotransfuziya;
Temirning tabletka yoki inyeksiya ko‘rinishidagi preparatlari (Ferrumlek, Sorbifer, Gemostimulin, Ferropleks, Tardiferon, Ferbitol, Ektofer);
Foli kislotasi;
B12 vitamini;
Glyukokortikoid va anabolik gormonlar;
Sanator-kurort davolanish, tog‘li joylarda dam olish: bunday sharoitda organizm ko‘proq gemoglobin sintez qilishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |