O‘QING: Bolalarda pedikulyoz - sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari
Ko‘krak yoshidagi chaqaloqlar orttirilgan anemiya kasalligi ko‘pincha immun tizimi sust yoki oziqlanish sifati yaxshi bo‘lmagan (sun’iy oziqlantirishga erta o‘tish) bolalarda uchraydi.
Bu bosqichda davolash biroz qiyinchilik tug‘diradi, chunki chaqaloq ovqatlanish mahsulotlarini o‘zgartirishning iloji yo‘q. Faqatgina maxsus temir ko‘p saqlovchi ayrim sun’iy ozuqa moddalarni shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash mumkin.Ko‘krak yoshidagi chaqaloqlar orttirilgan anemiya kasalligi ko‘pincha immunitet tizimi sust yoki oziqlanish sifati yaxshi bo‘lmagan (sun’iy oziqlantirishga erta o‘tish) bolalarda uchraydi.
Ko‘p hollarda anemiya erta bolalik davrida aniqlanadi va davolanishi qiyin bo‘lgan hamda og‘ir shakldagi anemiyalar tashxislanadi. Genetik mutatsiyalar, nasliy omil, homiladorlik vaqtidagi patologiyalar – bularning barchasi aynan mana shu davrda aniqlanadi. Bunday bolalar 3 yoshlarga borib qon tizimida o‘zgarishlar kelib chiqadi – maishiy hayot tarzi o‘zgarishi va ovqatlanish tartibi o‘zgarishi hisobiga.
Anemiya sabablari
Bolalarda kamqonlik rivojlanishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi – tashqi va ichki, nasliy va orttirilgan, homiladadorlik va tug‘ilgandan keyingi, patologik va asosiy omillar. Ota-onalar uchun bolakaylarini anemiya holatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni bilish juda muhim hisoblanadi.
Onaning homiladorlik vaqtidagi kam qonligi, qizamiq;
Kindik tizimi va yo‘ldoshning noto‘g‘ri rivojlanishi;
Chekish;
Rezus-konflikt.
Tug‘riqdan keyingi sabablar
Tug‘riq jarayonidagi jarohatlar;
Chala tug‘ilganlik;
Tana vaznining kamligi;
Eritrotsitlarni parchalanishiga sabab bo‘luvchi nasliy kasalliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |