Anemiya mustaqil kasallik emas, u biror bir kasallik natijasida kelib chiqadi. Aynan mana shunga asoslanib quyidagi klassifikatsiya tuzib chiqilgan.
Infeksion anemiya:
Sil;
Bakterial endokardit;
Bronxoektatik kasallik;
O‘pka absessi;
Brutsellyoz;
Piyelonefrit;
Osteomiyelit;
Mikoz.
Kollagenoz anemiyalar:
Tizimli qizil yugurik;
Revmatoid artrit;
Tugunli poliartrit;
Xorton kasalligi.
Qonning yoshga bog‘liq o‘ziga xosligi
Bola dunyoga kelishi bilan uning qon tarkibi rivojlanib borgani sari o‘zgarib turadi. Uning qon tizimi yangi sharoitga moslashib boradi. Gemoglobin va eritrotsitlar miqdori doimo o‘zgarib turadi, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan davrda. Shu sababli kamqonlikning ham yoshga bog‘liq jihatlari bor.
Chaqaloqlardagi anemik holatlar homiladorlikning qiyin kechganligi yoki tug‘ma irsiy omil natijasida kelib chiqadi. Chala tug‘ilgan bolalardagi anemiya XX asrdayoq bayon qilib o‘tilgan va ular turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |