Bolalarda, Chanoq umurtqa pog‘onasi va oyoq shikastlarining xususiyatlari chanoq suyaklarining sinishI


Davolash xuddi yonbosh suyagi oldingi yuqori qirrasining sinishidagidek bo‘ladi.  Yonbosh suyagi qanotining sinishi


Download 56.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi56.82 Kb.
#1832899
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1517~1 c434587c36b3cf407f247ca3297b77f5

Davolash xuddi yonbosh suyagi oldingi yuqori qirrasining sinishidagidek bo‘ladi. 
Yonbosh suyagi qanotining sinishi. Bunday jarohatda singan joyda og‘riq, shish paydo 
bo‘ladi, teri ostiga qon quyiladi. Og‘riq qorin muskullari (qorinning ichki va tashqi qiyshiq 
muskullari) qisqarganda kuchayadi. Singan joyni paypaslaganda va sekin bosib ko‘rganda og‘riq 
kuchayadi. Suyak bo‘laklari ham siljishi mumkin. 
Davosi. Bunda ham avvalgidek singan joyga 1% li novokain eritmasidan yuboriladi. 
Qorin muskullarining tarangligini kamaytirish uchun singan tomondagi oyoqni Beller shinasiga 
qo‘yiladi. Tananing yuqori qismini ham ko‘tarib qo‘yish maqsadga muvofikdir. Agar suyak 
bo‘lagi yon tomonga siljigan bo‘lsa, albatta bemorni gamakka olish kerak. Bemorga birinchi 
kunlardanoq davolovchi jismoniy mashqlarni buyurish yaxshi natija beradi. Davolash muddati 3 
haftani tashkil etadi. 
Dumg‘aza va dum suyaklarining sinishi. Bunday bemorlarni ko‘pincha dumg‘aza 
sohasidagi og‘riq bezovta qiladi. Bu og‘riklar o‘tirganda va ich kelayotganda kuchayadi. 
Paypaslaganda og‘riqning kuchayishi va suyak bo‘laklarining siljishini aniklash mumkin. Agar 
suyak bo‘lagi oldinga siljigan bo‘lsa, bemorda siydik ushlay olmaslik ham kuzatiladi. 
Davosi. Davolashning asosiy qoidalaridan biri — singan suyak bo‘laklariga ta’sir qilishni 
to‘xtatish, ya’ni bunda o‘tirish mumkin emas. Singan joyga 1% li novokain-spirt aralashmasi 
yuboriladi. Bunday bemorlar 2 hafta davomida qorni bilan yotadilar. Keyinchalik ularga aylana 
shaklidagi maxsus kursiga o‘tirish tavsiya qilinadi. Agar konservativ muolajalar yordam 
bermasa, operatsiya o‘tkaziladi. 
Chanoq suyagi halqasi butunligining buzilmasdan sinishi. Bunday sinishlar qov va 


o‘tirg‘ich suyaklarining shoxlari singanda kuzatiladi. Og‘riq chanoq halqasining oldingi yarim 
halqasi sohasida, ya’ni qov va o‘tirg‘ich suyaklari sohasida seziladi. 
Bemorlarning umumiy holati qoniqarli bo‘ladi. Bemor oyog‘ini qimirlatmoqchi 
bo‘lganda og‘riq kuchayadi. Gabay simptomi musbat bo‘ladi, ya’ni kasal yonbosh tomonga 
qarab o‘girilmoqchi bo‘lganda singan tomondagi oyog‘ini sog‘ tomondagi oyog‘i bilan ko‘tarib 
turishga harakat qiladi. 
Davosi. Singan joy og‘riqsizlantirilgandan so‘ng bemor tekis joyga yotqiziladi. Agar 
sinish bir tomondan bo‘lsa, biroz uzoklashtirilgan holatda Beller shinasiga singan tarafdagi oyoq 
qo‘yiladi. Agar ikki tomondan sinish bo‘lsa, u holda bemor Volkovich holatida yotqiziladi. 
Davolanish muddati 18—25 kun. Shu davrda jismoniy davolash mashklarini o‘tkazish maqsadga 
muvofikdir. 

Download 56.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling