kuchayadi. Rentgen tasvir tashxisga yanada aniqnik kiritadi.
Davosi. 165°
burchak ostida tizza bukilib, oyoq panjalari uchidan sonning o‘rta
qismigacha gips bog‘lam qo‘yiladi. 3 haftadan so‘ng bog‘lam
yechilib,
fizioterapevtik
muolajalar, davolash jismoniy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Boldir suyaklarining diafiz qismidan sinishi. Bolalarda ko‘pincha
ikkala boldir
suyaklarining sinishi uchraydi. Ko‘proq qiyshiq va spiral sinishlar kuzatiladi.
Belgilari. Kuchli og‘riq, oyoq shaklining o‘zgarishi, shish, teri ostida qon yig‘ilishi,
oyoqo‘qining qiyshayishi aniqlanadi. Boldir suyaklari singanda suyak ko‘pincha siljiydi.
Shuning uchun
bunday jarohatlarni Ilizarov, Kalnberz apparatlari yordamida davolash lozim.
Aks holda oyoq qiyshayib qoladi.
Agar suyak bo‘laklari siljimay singan bo‘lsa, u holda 4—5 haftaga gips bog‘lamini
qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 5—7 kun o‘tgach, albatta rentgen tekshiruvini o‘tkazish
lozim. Ba’zan oyoq Kirshner kegayi yordamida skeletdan tortib qo‘yiladi.
Boldir suyaklarining pastki epimetafizidan sinishi. Asosan bolalarda boldirning pastki
qismida osteoepifizioliz va to‘siqlarning sinishi uchrab turadi. Bemorlarda kuchli og‘riq bo‘ladi.
Ular oyoqni umuman bosa olmaydilar. Bunda shish, oyoq shaklining o‘zgarishi, teri ostiga qon
quyilishi kuzatiladi. Agar suyak siljimagan bo‘lsa, 3 haftaga gips bog‘lam qo‘yiladi.
Agarda
siljigan bo‘lsa, to‘g‘rilanadi va 4 haftaga gips bog‘lami qo‘yiladi.
Oyoq to‘piqlarining sinishi ko‘pincha katta bolalarda uchraydi. Ichki yoki tashqi to‘piq
singanda bola yura olmaydi. To‘piq
sohasi shishadi, teri ostiga qon quyiladi.
Paypaslaganda
og‘riq zo‘rayadi. Rentgen tasvirda esa singanlik alomatini ko‘rishimiz mumkin.
Bunday
bemorlarning suyak bo‘laklari siljigan bo‘lsa, joyiga qo‘yiladi va 2—3 haftaga gipsli bog‘lam
qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: