Bolalarda, Chanoq umurtqa pog‘onasi va oyoq shikastlarining xususiyatlari chanoq suyaklarining sinishI


Son suyagi diafiz qismining sinishi


Download 56.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi56.82 Kb.
#1832899
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1517~1 c434587c36b3cf407f247ca3297b77f5

 
Son suyagi diafiz qismining sinishi. Bunday jarohat ko‘p uchraydi va quyidagicha: 
ko‘st osti sohasida, yuqori, o‘rta, pastki qismlarda bo‘ladi. 
Belgilari. Ko‘pincha suyak bo‘laklari siljiydi. Singan sohada kuchli og‘riq bo‘lib, 
oyoqlarda harakat bo‘lmaydi. Suyak yuqori qismidan singan bo‘lsa, suyakning markaziy bo‘lagi 
oldinga va tashqariga, chetki qismi esa ichkariga siljiydi. Siniq diafizning o‘rta qismida bo‘lsa, 
markaziy siniq bo‘lagi tashqariga kamroq siljiydi. Agar siniq pastki qismida bo‘lsa, u holda 
chetki bo‘lak orqa tomonga egiladi. Davolash muolajalari suyak bo‘laklarining siljishiga qarab 
o‘tkaziladi. 
Jarohatlangan bemorlar og‘ir ahvolda bo‘ladilar. Shuning uchun birinchi yordam 
ko‘rsatishda shokka qarshi kurashish zarur. 
Davosi. Bolalarning yoshiga qarab belgilanadi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 
oyoklariga leykoplastir yoki kleolli tortma yopishtirilib, oyoklar vertikal holatda Shede usulida 
tortiladi. Oyoq shunday holatda 15 kundan 21 kungacha tortib qo‘yiladi. Agar bola 3 yoshdan 5 
yoshgacha bo‘lsa, u holda bolaning boldir va soniga alohida plastirli yoki kleolli tortma qo‘yilib, 
Beller shinasida 3 hafta davomida tortib qo‘yiladi. Agar bemor bola 5 yoshdan katta bo‘lsa, 
uning oyog‘iga skelet tortma qo‘yilib, Beller shinasida tortiladi. Siniq son suyagining qanchalik 
yuqorisidan o‘tgan bo‘lsa, oyoqni o‘rta chiziqdan shunchalik ko‘proq tashqariga keriladi. 
Bemorning singan suyaklarini 1—3 va 5—7-kunlari rentgen tasvirga olinadi. Tortish muddati 
tugagandan so‘ng, bemorni tortmadan tushirib, unga koksid-gipsli bog‘lam 3—5 hafta muddatga 
qo‘yiladi. 
Gipsli bog‘lam olingandan so‘ng bemorga fizioterapevtik muolajalar va jismoniy 
davolash mashqlari buyuriladi. 
Son suyagi pastki qismining sinishi. Jarohat belgilari: singan sohada og‘riq hamda 
shishdan iborat. Bunda harakat susayib, teri ostiga qon quyiladi. Agar suyaklar siljimagan bo‘lsa, 
uni to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun boldir suyagi bo‘rtig‘idan Kirshner kegayi bilan tortib 
qo‘yiladi. 

Download 56.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling