Bolalarda, Chanoq umurtqa pog‘onasi va oyoq shikastlarining xususiyatlari chanoq suyaklarining sinishI


Download 56.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi56.82 Kb.
#1832899
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1517~1 c434587c36b3cf407f247ca3297b77f5

Boldir suyaklarining sinishi. Boldir suyaklarining sinishi barcha jarohatlarning 21,3% 
ini tashkil qiladi. Bolalarda ko‘pincha katta boldirning o‘rta va pastki epimetafizlaridan sinishi 
qayd etiladi. Ikkala boldir suyaklarining sinishi ham kuzatiladi. Ammo kichik boldir suyagining 
alohida sinishi kam uchraydi. 
Belgilari. Agar katta boldirning yuqori epimetafizi singan bo‘lsa, tizzadan pastda og‘riq, 
shish, teri ostiga qon yig‘ilishi aniklanadi. Kasal yurganda va oyog‘ini bukkanda og‘riq 


kuchayadi. Rentgen tasvir tashxisga yanada aniqnik kiritadi. 
Davosi. 165° burchak ostida tizza bukilib, oyoq panjalari uchidan sonning o‘rta 
qismigacha gips bog‘lam qo‘yiladi. 3 haftadan so‘ng bog‘lam yechilib, fizioterapevtik 
muolajalar, davolash jismoniy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 
Boldir suyaklarining diafiz qismidan sinishi. Bolalarda ko‘pincha ikkala boldir 
suyaklarining sinishi uchraydi. Ko‘proq qiyshiq va spiral sinishlar kuzatiladi. 
Belgilari. Kuchli og‘riq, oyoq shaklining o‘zgarishi, shish, teri ostida qon yig‘ilishi, 
oyoqo‘qining qiyshayishi aniqlanadi. Boldir suyaklari singanda suyak ko‘pincha siljiydi. 
Shuning uchun bunday jarohatlarni Ilizarov, Kalnberz apparatlari yordamida davolash lozim. 
Aks holda oyoq qiyshayib qoladi. 
Agar suyak bo‘laklari siljimay singan bo‘lsa, u holda 4—5 haftaga gips bog‘lamini 
qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 5—7 kun o‘tgach, albatta rentgen tekshiruvini o‘tkazish 
lozim. Ba’zan oyoq Kirshner kegayi yordamida skeletdan tortib qo‘yiladi. 
Boldir suyaklarining pastki epimetafizidan sinishi. Asosan bolalarda boldirning pastki 
qismida osteoepifizioliz va to‘siqlarning sinishi uchrab turadi. Bemorlarda kuchli og‘riq bo‘ladi. 
Ular oyoqni umuman bosa olmaydilar. Bunda shish, oyoq shaklining o‘zgarishi, teri ostiga qon 
quyilishi kuzatiladi. Agar suyak siljimagan bo‘lsa, 3 haftaga gips bog‘lam qo‘yiladi. Agarda 
siljigan bo‘lsa, to‘g‘rilanadi va 4 haftaga gips bog‘lami qo‘yiladi. 
Oyoq to‘piqlarining sinishi ko‘pincha katta bolalarda uchraydi. Ichki yoki tashqi to‘piq 
singanda bola yura olmaydi. To‘piq sohasi shishadi, teri ostiga qon quyiladi. Paypaslaganda 
og‘riq zo‘rayadi. Rentgen tasvirda esa singanlik alomatini ko‘rishimiz mumkin. Bunday 
bemorlarning suyak bo‘laklari siljigan bo‘lsa, joyiga qo‘yiladi va 2—3 haftaga gipsli bog‘lam 
qo‘yiladi. 

Download 56.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling