Bolalarda, Chanoq umurtqa pog‘onasi va oyoq shikastlarining xususiyatlari chanoq suyaklarining sinishI
Chanoq suyagi halqasi butunligining buzilishi bilan sinishi
Download 56.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1517~1 c434587c36b3cf407f247ca3297b77f5
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Orqa yarim halqaning sinishi.
Chanoq suyagi halqasi butunligining buzilishi bilan sinishi. Bunday sinishlar
bemorlarda og‘ir kechadi. Ular shok holatida bo‘lishlari mumkin. 1. Oldingi yarim halqaning sinishi. Bu holatda bemorlarni qov va chanoqning oldingi va oraliq sohasidagi ogriq bezovta qiladi. Oyoqni qimirlatish og‘riqni kuchaytiradi. Bemorlar oyoqni yarim bukilgan va tashqariga chiqarilgan holatda ushlaydilar, bu Volkovich holati deb ataladi. Singan joyni paypaslaganda va ehtiyotlik bilan bosib ko‘rganda og‘riq kuchayadi. Tashxis rentgen tasvirda siniq bo‘laklarining joylashuviga qarab qo‘yiladi. Davosi. Bemorlarni davolashda albatta og‘riqsizlantirishga katta e’tibor beriladi. Shokka qarshi kurash bilan bir qatorda chanoq sohasi Shkolnikov uslubida mahalliy og‘riqsizlantiriladi. Bemor tekis yerga yotqiziladi, keyin Volkovich holatiga o‘tkaziladi. Birinchi haftadanoq jismoniy davolash mashqlari o‘tkaziladi, yotish muddati 5—6 haftagacha davom etadi. Fizioterapevtik muolajalar qilish maqsadga muvofiqdir. Agar bemorda oldingi halqalar ikki tomonlama bo‘lsa, u holda singan suyakning yuqoriga siljishi kuzatiladi. Bunday paytda qorinning to‘g‘ri muskulini bo‘shatish uchun Volkovich holatidan tashqari bemorning bosh tomoni ko‘tariladi. Bu holatda ham U-simon suyakning singan bo‘lagini pastga tushirish uchun ikkala oyoqqa tosh osib qo‘yiladi. Agar jarohatlanish simfiz sohasida bo‘lib, qov suyaklari bir- biridan uzoqlashgan bo‘lsa, u holda bemor gamakka olinadi. Agar konservativ davo yordam bermasa, bemorlar operatsiya usulida davolanadilar. Operatsiya vaqtida qov suyaklarini bir- biriga yaqinlashtirib bog‘lab qo‘yiladi, yosh bolalarda esa tikib qo‘yish mumkin. 2. Orqa yarim halqaning sinishi. Bu holda bemorlarda dumg‘aza-yonbosh sinxondrozi uzilishi yoki yonbosh suyagi sinishi mumkin. Bemor chanoq suyagining sinmagan tomonida yotishga harakat qiladi. Singan oyoqda og‘riq kuchayadi. Jarohatni ehtiyotlik bilan bosib ko‘rilganda og‘riq kuchayadi. Tashxis qo‘yishda rentgen tesviri katta yordam beradi. Davosi. Bemorlarni albatta gamakka yotqizib qo‘yiladi, chunki gamak singan va jarohatlangan yuzalarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bunday bemorlarga ham og‘riqsizlantirish o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar suyaklarning singan yeridan ularning o‘zaro siljishi kuzatilsa, u holda albatta oyoqni tortib qo‘yish lozim. Bemorlar 4—5 hafta davomida davolanadilar. Download 56.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling