Tovon-panja suyaklarining sinishi. Bolalarda tovon suyaklarining
sinishi kattalarga
nisbatan kam uchraydi. Bunda og‘riq juda kuchli bo‘ladi, kasal oyog‘ini bosa olmaydi.
Tovonning ustki va pastki qismlari shishadi. Harakat qilganda yoki paypaslaganda bo‘g‘imda
og‘riq kuchayadi.
Tashxis qo‘yishda rentgenning ahamiyati kattadir.
Davosi. Agar suyaklar siljimagan bo‘lsa, 3—5 haftaga gipsli bog‘lam qo‘yiladi.
Keyin
bemor 6 oy davomida supinator bilan yuradi. Agar suyaklar siljigan bo‘lsa, ular to‘g‘rilanadi va
6—7 haftaga gipsli bog‘lam qo‘yiladi.
Oyoq kafti suyaklarining sinishi. Bu bolalarda panja suyaklari sinishi orasida eng ko‘p
uchraydi (55%). Ko‘proq oyoqqa og‘ir narsa tushganda yoki oyoqni urib olganda qayd etiladi.
Bemor oyoq kafti sohasidagi og‘riqdan
shikoyat qiladi, shish paydo bo‘ladi,
teri ostiga qon
quyilishi mumkin. Bemor yurganda va singan yerni paypaslaganda ogriq kuchayadi. Agar
suyaklar siljigan bo‘lsa, joyiga qo‘yiladi va 5—6 haftaga gipsli bog‘lam qo‘yiladi.
Oyoq-panja
suyaklari singanda ham singan sohada og‘riq bo‘ladi,
bemor yura olmaydi, shish kuzatiladi.
Ko‘pincha I barmoq jarohatlanadi. Agar suyaklar siljigan bo‘lsa, joyiga qo‘yiladi va 15
kunga
gipsli bog‘lam qo‘yiladi.